Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Xabbl qonunining mazmuni qanday?

E-mail Chop etish PDF

Xabbl qonuning mazmuni qanday?

Edvin Xabbl Andromeda galaktikasi fotosurati bilan. ©AP Archive.

Xabbl qonuni bizdan olisdagi galaktikalarning uzoqlashish tezligi hamda ulargacha bo'lgan masofa orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydi. Unga muvofiq, bizdan ikki barobar olis masofada joylashgan galaktika, bizdan ikki xissa kattaroq tezlik bilan uzoqlashayotgan bo'ladi.

Ushbu qonuni XX-asrning 20-yillarida, o'sha paytda unchalik ham aniq bo'lmagan va miqdoran kam sonli o'lchashlar asosida, AQSHlik astronom Edvin Xabbl tomonidan shakllantirilgan edi. Galaktikalargacha bo'lgan masofani undagi nisbatan yorqin yulduzlarning yarqiroqligiga ko'ra baholash va baholash natijalarini avvaldan ma'lum bo'lgan boshqa galaktikalarning tezliklari bilan qiyoslash orqali, Xabbl ushbu tezliklar orasidagi chiziqli munosabatni aniqladi. Lekin bunda tezlik va masofa orasidagi o'zaro bog'liqlikni ifodalovchi proporsionallik koeffitsiyenti, masofani chamalashdagi tizimli ravishda yo' qo'yilgan xatolik tufayli, anchayin past ko'rsatkich bilan aniqlangan edi. Xabbl nisbatidagi proporsionallik koeffitsiyentini Xabbl doimiysi deb atash urfga kirgan. Xabbl doimiysiga aniqlik kiritish hozirda ham davom etmoqda. Bugungi davrdagi ushbu doimiynining nisbatan katta aniqlik bilan belgilangan qiymati har bir megaparsekka (Mpk) 70 km/soniyani tashkil qiladi. (1 Mpk taxminan 3 million yorug'lik yiliga teng). Masalan biror galaktika bizdan aytaylik 100 Mpk masofada joylashgan bo'lsa, demak u bizdan taxminan 70×100=7000 km/soniya tezlik bilan uzoqlashmoqda ekan deb xulosa qilinadi.

Yangilаndi: 03.02.2025 09:10
 

Hijriy taqvim haqida

E-mail Chop etish PDF

Hijriy taqvim haqida

Musulmon olami muqaddas Ramazon oyini qarshilash arafasida turibdi. Kunning yorug' qismida yeyish-ichishdan tiyilib, ibodatga yanada kuchli rag'bat qilinadigan ushbu oy joriy milodiy 2015-yilda 18-iyun sanasidan kirib kelmoqda.

Ramazon ro'zasining shartlari, tarixi va boshqa tegishli xos jihatlari haqida yurtimiz diniy-ma'rifiy manbalarida yetarlicha ma'lumot topish mumkin. Shu sababli biz ushbu maqolada ko'pchlikni aynan Ramazon kirib kelishi bilan bog'liq holda qiziqtiruvchi jihatga - uning har yili avvalgi yildagidan 11-12 kun erta kelishiga qaratmoqchimiz.

Aslida ushbu maqolaning tayyorlanishiga sabab ham, ijtimoiy tarmoqlarda do'stalrimdan birining "Ramazon har yili 12 kun erta keladi" - degan jumlasi sabab bo'ldi.

"Erta keladi" iborasi bu o'rinda biroz mubolag'a bilan aytiladi. Sababi Ramazon ham, umuman har qanday boshqa diniy sanalar ham aslida har yili o'z o'rnida keladi. Gap shundaki, islomiy taqvim aslida Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi bo'lmish Oyning Yer atrofi orbitasi bo'ylab harakatiga asoslanadi. Bunday taqvimni "Qamariy taqvim" deyiladi. Keling hammasini bir boshdan boshlasak:

Eng qadimgi odamlar ham Oyning osmon sferasi bo'ylab muayyan tartib-nizom asosida harakat qilishiga e'tibor qaratishgan bo'lsa kerak. Oy yangi chiqqan o'roq shaklidan borgan sari kattalashib boradi va 14 kun ichida to'lishib, to'linoy shakliga kiradi. Keyin yana kichrayib boradi va yana boshlang'ich holatiga qaytadi. Bunday davriylik har 29 kecha kunduzda takrorlanaveradi. Ushbu davrni esa biz "Oy" deb ataymiz. (Ba'zan bunday davriylikni boshqacha oylardan ajratib ko'rsatish uchun "tabiiy oy" deb yuritiladi, chunki nutqimizda boshqacha oylar ham mavjud. Masalan "kalendar oyi" kabi).

Yangilаndi: 17.02.2025 07:58
 

Eynshtenyn. Nisbiylik Nazariyasi Zamon bu - makon masalasidir

E-mail Chop etish PDF

Eynshtenyn. Nisbiylik Nazariyasi

Zamon bu - makon masalasidir

Albert Eynshteyn - XX-asrning eng mashhur kishilaridan biridir. Olim yashab, ijod qilib o‘tgan o‘sha suronli davr - jahon urushlari va yadroviy hurujlar aks sadosining gumburlashi allaqchon tingan. Lekin uning dohiyona ilmiy kashfiyotlari hozirda hamo‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas: massa va energiyaning o‘zaro bog‘liqligi, mashhur E=mc2 formulasi, haqiqiy ma'nodagi debocha kvant nazariyasi va albatta, maxsus nisbiylik nazariyasi kabilar, bizning zamon va makon haqidagi Eynshteyngacha bo‘lgan anchayin mustahkam va sodda tasavvurlarimizni butunlayo‘zgartirib yuborgan edi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 19.12.2018 08:34
 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI

E-mail Chop etish PDF

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI

 

Mazkur risolani o‘zbek tiliga tarjima qilishda, O‘TXQ rasmiy sayti - www.bipm.org da 2006-yil may oyida e'lon qilingan va 2014 yil iyul oyida yangilangan, farang va ingliz tillaridagi 8-nashr "SI The International System of Units (SI)" risolasi asos qilib olindi.

o‘zbek variantida, fizik kattaliklar va ularning birliklarining nomlari va ramziy belgilari, o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalariga muvofiqlashtirib yozildi. Zaruriy o‘rinlarda, tegishli izohlar kiritildi.

Kitob ikki qismdan iborat: Asosiy qism va ilova. Asosiy qism to‘liq ravishda, O‘TXQning "The International System of Units(SI)" risolasining 8-nashri (Parij, Acheve d'imprimer : mai 2006) tarjimasidan iborat.

Ilovada esa SI tizimining kelib chiqish tarixi, undagi birliklarning amaliy keltirib chiqarish usullari bayoni va boshqa qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, SI tizimiga kirmaydigan boshqa birliklar bilan munosabatlari ifodalanadi. Boshqa birliklar tizimlari va tizimlashmagan nostandart birliklar, shuningdek maxsus tor sohalarga oid birliklar bo‘yicha ham ma'lumotlar keltiriladi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.12.2018 11:00
 

Qora tuynuklar va chaqaloq koinotlar

E-mail Chop etish PDF

Qora tuynuklar va chaqaloq koinotlar

Kitob zamonamizning eng nufuzli fizik olimlaridan bo'lmish Stiven Xokingning 1976-yildan to 1992-yilgacha vaqt mobaynida yozgan turli ilmiy-ma'rifiy va avtobiografik hikoyalari to'plamini o'z ichiga oladi. Bunda muallif o'z tarjimai holi,o'zining koinot haqidagi falsafiy va fizik qarashlari, koinotning paydo bo'lishi va uning kelajak taqdiri haqidagi fikr-mulohazalri bilan o'rtoqlashadi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 06.02.2025 08:48
 

Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

E-mail Chop etish PDF

Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

O'sha ma'lum va mashhur fotosurat.
Albert Eynshteyn tilini katta qilib chiqarib turibdi.

Fotosuratga turlicha izoh berishadi.
Ular ichida eng keng tarqalgani va ishonchlisi quyidagicha:

Yangilаndi: 06.02.2025 09:57
 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

E-mail Chop etish PDF

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

Albert Eynshteyn o'zining teran, chuqur ma'noli iqtiboslari bilan nafaqat ilm-fan, balki umuman jahon ijtimoiy-madaniy tarixda ham o'ziga xos yorqin iz qoldirgan. Unga tegishli qanotli iboralar ba'zan kishini o'ylashga, fikrlashga majbur qilisa, boshqa safar quvnoqlik, xushnudlik bag'ishlaydi. Quyida jahon fiziklarning dohiysi tilidan saralangan eng mashhur va ma'nodor iqtoboslarni havola etamiz.

Agar hayotda baxtli yashab o'tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag'ishla.

* * *

Men ikkita jahon urushi boshdan kechirganim va ikki marta uylanganimni e'tiborga olsak, hozirda yomon yashayotganim yo'q...

* * *

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:20
 

Ta'sir birligi

E-mail Chop etish PDF

Ta'sir birligi

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Mening "Men-Robot" nomli kitobim "Dabldey & Co" nashriyoti tomonidan qayta nashr etilganidan so'ng, ayrim sharhlovchilar (shubhasizki, yuksak zakovat va nozik did egalari bo'lgan insonlar) u haqida "mumtoz asar" deb maqtay boshladilar va bun menga mamnuniyat bahsh etmasdan qo'ymasdi.

"Mumtoz" so'zi, kundalik nutqda tez-tez quloqqa chalinadigan "a'lo darajali", "namunaviy" so'zlari bilan o'xshash ma'noni anglatadi. Ularning har biri, mening "Men-Robot" asarim haqidagi shaxsiy fikrim bilan mos tushadi. Lekin men o'z kamtarinligim va noziktabiatligim evaziga, ushbu faktni tan olishga uyalaman. Hozirda ushbu gaplarni sizga aytayotganimning sababi esa, muhtaram mutolaachi, siz va mening ushbu suhbatimiz o'ta maxfiy tarzda, yuzma-yuz bo'layotganidir.

Albatta, "mumtoz" so'zining yana bir boshqa ma'nosi ham bo'lib, u menga nisbatan kamroq yoqadi. Uyg'onish davri adiblari, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatiga oid asarlarni muhokama qilishda ham aynan ushbu so'zdan foydalanganlar. Ya'nikim, "mumtoz" so'zi nafaqat namunaviy, balki, "eski", "qadimiy" degan ma'nolarni ham anglatadi.

Nima ham derdim..."Men-Robot" kitobi ancha yillar avval dunyo yuzini ko'rgan. Uning alohida boblari esa... mayli, bunis muhimmas. Gap shundaki, men sal-pal hafa bo'lmoqchi bo'ldim, chunki meni "mumtoz" asar yoza oladigan darajadagi qariya deb hisoblashgan edi. Shu sababli ham men navbatdagi hikoyani, "mumtoz" so'zini qo'llanishi maqtovdan ko'ra ko'proq haqorat ma'nosini bag'ishlaydigan soha haqida yozishga qaror qildim.

Tushunarliki, bu shunday soha bo'lishi kerakki, eskicha, oxori to'kilgan nomiga ega bo'lish, o'z-o'zidan, noto'g'ri, bugungi kunga nafasiga muvofiq kelmaydigan ma'nosini berishi kerak. Aqlli bashara hosil qilib olib, zaharhanda tirjayish orqali, zamonaviy san'at, adabiyot yoki mebel haqida mulohaza qilish mumkin. Axir zamonaviy san'at ham, adabiyot ham o'tmishdagi buyuk ijodkorlarning buyuk asalari bilan hech bir jabhada qiyoslana olmaydi. Biroq, suhbat zamonaviy ilm-fan mavzusiga burilgan chog'i, notiqqa shlyapasini yechib, bosh egib ta'zim qilishdan o'zga iloj qolmaydi.

Birinchi navbatda bu fizikaga taaluqlidir. Zamonaviy fizika va mumtoz fizika mavjud. Ular orasidagi chegara ham juda aniqlik bilan belgilangan: 1900-yil. Mazkur fanda 1900-yilgacha bo'lgan barcha narsalar mumtoz fizikaga, 1900-yildan keyingilari esa zamonaviy fizikaga ajratiladi.

Bir qarashda bunday ajratish anchayin bahsli ko'rinadi. XX-asr kishilarining noxolisligi haqidagi xulosa ham bu orada miyaga kelishi mumkin. Lekin, agar haqiqiy xolis nigoh bilan yaxshilab e'tibor qaratilsa, bunday chegara qo'yish nihoyatda to'g'ri va aniq ekaniga qayta ishonch hosil qilish mumkin. Aynan 1900-yilda nazariy fizika bo'yicha asosiy ilmiy ishlar paydo bo'lgan edi. Bundan so'ng esa, uning darajasidagi biror narsa uchramadi.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:59
 

Nega tun qora parda tortadi

E-mail Chop etish PDF

Nega tun qora parda tortadi?

(Ayzek Azimovdan tarjima)

AQSHlik kinoijodkorlar tomonida ishlangan "Pinats" nomli hajviy serial bir vaqtlar g'arbiy yarimsharda juda mashur bo'lgan edi. Uni bolalar ham kattalar ham birdek sevib tomosha qilishgan.

O'sha serial qahramonlaridan biri bo'lgan kichkina qizcha, o'zining jahli chiqib turgan opasining oldiga kelib, "nima uchun osmonning rangi moviy?" - deb so'raydi. Opasi achchiqlanish bilan: "Chunki u yashil emasligi uchun!"-deb javob beradi.

Bu epizodni ko'rgan 4-sinfda o'qiydigan qizalog'im Robin rosa qiqirlab kulgan edi. Men vaziyatdan foydalanib uni jiddiyroq ilmiy bahsga tortmoqchi bo'ldim:

- Qizim, nega tun qorong'u ekanligini bilasanmi?"- deb savol berdim.

Qizim o'ylab o'tirmay quyidagicha javob berdi:

- "Chunki u qizil emasligi uchun!"...

Men albatta uning murg'ak aqli bilan shunday taqlidiy javob qaytarishini kutgan edim. Nima ham derdim. Agar qizalog'im men bilan yuqori darajadagi ilmiy suhbatlar qurishni istamas ekan, men uni qiynamasdan, yana o'z kitobxonlarimga yuzlanishim mumkin. Keling aziz mutolaachi, endi nima uchun tungi osmon qora rangda bo'lishi haqida suhbatlashamiz...

Yangilаndi: 31.01.2025 10:43
 

To'lqin kelyapi! Osmonga qarang!

E-mail Chop etish PDF

To'lqin kelyapi! Osmonga qarang!

Fiziklar gravitatsion to'lqinlarning tabiatda haqiqatan ham mavjudligi ilmiy tasdiqlangani haqida xabarlar tarqatishdi. Gravitatsion to'lqinlar - daho olim Albert Eynshteynning ilmiy taxminlari (bashoratlari) ichida tasdiqlanishi uzoq kutilgan eng muhim nazariyalardan biri edi. Bu to'lqinlar fazo-vaqt (zamon va makon) uzviyligining qo'zg'alishidan yuzaga keladigan o'ziga xos to'liqinlar bo'lib, ushbu kashfiyot Olam taraqqiyotining eng inju bosqichlari haqidagi hozircha kamtarona bilimlarimizni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:55
 


Maqolaning 39 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075362

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov