Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Matematika va navigatsiya: kenglik va uzunlik

E-mail Chop etish PDF

Matematika va navigatsiya: kenglik va uzunlik

Deyarli 400 yil mobaynida ochiq dengizda turgan kemaning joylashuvini aniq belgilash vazifasi, ilm-fan va texnika oldidagi eng muhim vazifa o'laroq dolzarb bo'lib kelgan edi. Ushbu muhim vazifa yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, hamda bajarilgan tajribalar oxir oqibatda astronomiya, navigatsiya sohalarining yanada taraqqiy etishiga hamda, dengiz xronometrining ixtiro qilinishiga sabab bo'ldi.

Yer yuzining istalgan qismidagi - xoh quruqlik xoh dengizda bo'lsin, muayyan nuqtaning joylashuvini aniqlash uchun geografik koordinatalardan foydalaniladi. Bunda qaralayotgan nuqta sirt yuzasida joylashganligi sababli, ikkita koordinata yetarli bo'ladi. Bu koordinatalardan birini biz "uzunlik", ikkinchisini esa, "kenglik" deb nomlaymiz. Bu narsani yaxshiroq tushunib olish uchun, biz kemada Atlantika okeanidagi biror meridiandan o'tuvchi P nuqtada turibmiz deb tasavvur qilamiz. Agar biz turgan ushbu P nuqtamiz Yer ekvatoridan shimolda joylashgan bo'lsa, ushbu nuqta joylashgan yerni "shimoliy kenglik" deb ataymiz, agar mazkur nuqta ekvatordan janubda bo'lsa, unda bu joy "janubiy kenglik"da joylashgan bo'ladi. Kenglikni unchalik murakkab bo'lmagan kuzatishlar orqali aniqlash mumkin. Uzunlik esa, "nolinchi meridian" deb nomlanuvchi meridian chizig'i, hamda, berilgan nuqtadan o'tuvchi meridian chiziqlari orasidagi ekvator yoyi bilan aniqlanadi. Nuqta joylashgan uzunlikni, uning nolinchi meridiandan qaysi tarafda joylashganligiga qarab,"g'arbiy uzunlik", "sharqiy uzunlik" deyiladi.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:47
 

Internetni o'zgartirgan algoritm

E-mail Chop etish PDF

Internetni o'zgartirgan algoritm

Yoxud, Google qidiruv tizimi haqida eski va yangi gaplar...

Hozirgi kunda barchamiz zaruriy axborotni - kerakli ma'lumotnoma, tasvir, qo'shiq yoki videoni albatta birinchi bo'lib internetdan izlaymiz. Hech kim videotekadagi uzundan-uzoq tasmalarni aylantirib ko'rib chiqmay qo'ydi. Yoqtirgan qo'shiqni ham endilikda ovoz yozish studiyalaridan izlamaypmiz. Tezkor ma'lumot kerak bo'lib qolganda ham kutubxonaga borib kitob titib o'tirmay qo'ydik. Chunki endilikda bizning ixtiyorimizda ajoyib internet-qidiruv tizimlari mavjud!

Yangilаndi: 30.01.2025 08:41
 

Stefan-Bolsman qonuni

E-mail Chop etish PDF

Stefan-Bolsman qonuni

Mutlaq qora jismning yorqinligi, uning haroratining to'rtinchi darajasiga teng.

Qizigan jismlar turli to'lqin uzunliklariga ega bo'lgan elektromagnit nurlanishlar taratadi. Biz biror jism haqida "qip-qizarib qizib ketibdi" deganimizda, shu narsa oydinlashadiki, mazkur jismning harorati, uning issiqlik nurlanishi spektrning ko'zga ko'rinadigan qismida sodir bo'ladigan darajada baland ekan. Jarayonga atomlar miqyosida nazar tashlasak, nurlanish bu - qo'zg'atilgan atomlar tomonidan fotonlarning uchirib chiqarilishi natijasi ekanligini ko'rgamiz. Issiqlik nurlanishi energiyasining jism harorati bilan bog'liqligini ifodalovchi fizika qonuni avvaliga amaliy tajriba natijalari asosida, Avstriyalik fizik Yozef Stefan tomonidan qayd qilingan bo'lib, ushbu ilmiy qonunning nazariy asoslanishini esa, Stefanning yurtdoshi va shogirdlaridan biri - Lyudvig Bolsman tomonidan amalga oshirilgan.

Ushbu qonunning amalda qanday bajarilishini tasavvur qilish uchun, shunday narsani faraz qilamiz: Quyoshning qa'rida nur taratayotgan atomni tasavvur qiling. Uning taratgan nurini boshqa bir atom yutadi va u ham o'z navbatida qayta nurlantiradi. Shu tarzda nur atomdan atomga uzatilib, zanjir tarzida tarqatiladi va shu sababli ham butun yalpi sistema umumiy energetik muvozanatni saqlab turadi. Muvozanat holatida, muayyan bir aniq chastotadagi yorug'lik nurini bir atom biror joyda yutsa, huddi shu chastotadagi aynan shunday yorug'lik nurini boshqa bir atom boshqa bir joyda nurlatadi. Natijada, spektrning har bir to'lqin uzunligiga tegishli yorug'lik nurlari intensivligi o'zgarmasdan saqlanadi.
Quyosh ichakrisidagi harorat, uning markazidan uzoqlashgan sari pastlab boradi. Shu sababli ham, Quyosh sirtiga tomon harakatlanar ekan, yorug'lik nurlanishining spektri atrof muhit haroratiga nisbatan balandroq haroratga ega darajalarga intilib-muvofiqlashib boradi. Natijada, Stefan-Bolsman qonuniga binoan, endilikda Quyosh sirtiga kelib qolgan yorug'lik nurlanishi, nisbatan past energiya hamda, chastotlarda chiqa boshlaydi. Lekin, ayni damda, energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq, ushbu yorug'lik nurlanishi ko'p sondagi fotonlarning uchib chiqishiga xizmat qila boshlaydi. Shu tarzda, mazkur fotonlarning Quyosh sirtiga yetib kelgan paytidagi spektral taqsimoti, Quyosh qa'ri markazining haroratiga (≈15000000 K) emas, balki, Quyosh sirtining haroratiga (taxminan ≈5800 K yoki, ≈6000 °C) muvofiq keladi.

Yangilаndi: 10.02.2025 16:06
 

Tesserakt

E-mail Chop etish PDF

Tesserakt

Bolalarni ham, kattalarni ham birdek o'ziga maftun qila oladigan matematika bo'limlaridan biri - fazoviy o'lchamlarning to'rtinchi yo'nalishini tekshirish bo'lsa kerak. Biz kundalik hayotimizda ko'nikib qolgan uch o'lchovli fazo haqidagi tasavvurlarimizdan farqli o'laroq, to'rt o'lchovli fazoda matematik, geometrik va fizik tushunchalar yanada kengroq ma'no kasb eta boshlaydi. Ilm-fan peshvolaridan tashqari yana dindorlar orasida (nasroniy dinining ayrim oqimlarida) ham to'rtinchi o'lchamlik haqida muayyan qarashlarni uchratish mumkin. Ularning fikricha, emishki, to'rtinchi o'lchamilik fazosi bu - "narigi dunyo" bo'lishi kerakmish. Nima ham derdik, nasroniy dindorlarning fikri o'z yo'liga, lekin bizni to'rtinchi o'lchamning matematik va fizik juhatlari va undan kelib chiquvchi ajoyib xulosalar qiziqtiradi. Xususan, to'rtinchi o'lchamga oid hisoblashlar, fizika fanida bizni o'rab turgan olam, atrof-koinotning mohiyatini tushuntirib berishda foydalaniladigan nazariyalarning uzviy bir qismini tashkil qiladi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:47
 

Bag'dod batareykasi

E-mail Chop etish PDF

Bag'dod batareykasi

Siz va biz maishiy turmushda keng qo'llaydigan oddiy batareykalarni 1800-yilda italyan olimi Alessandro Volta (1745-1827) kashf etgan deb hisoblanadi. Volta bir necha dona mis va rux plastinalarni ustma-ust joyladi va ularning orasiga nomakob suvi shimdirilgan mato qo'yib chiqdi. Shu orqali u, bizlar "batareyka" deb nomlaydigan doimiy tok manbaini ixtiro qildi. Agar batareykaning pastki va ustki qismlarini elektr o'tkazgich sim bilan ulansa, simda tok oqa boshlaydi. Biroq... ba'zi arxeologik asori-atiqalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, elektr batareykalari aslida Volta ixtirosidan ham ming yillar avvalroq, yaqin sharqda allaqachon mavjud bo'lgan degan xulosaga kelish mumkin.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:28
 

Dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama

E-mail Chop etish PDF

Dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama

Ingliz matematigi Yan Styuart o'zining "Noma'lumni izlab: dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama" nomli asarida (Ian Stewart, "17 equations that changed the world" - London, 2012), ilm-fan tarixidan eng muhim 17 ta matematik tenglamalarning kashf etilishi tarixi va ularning insoniyat uchun keltirgan amaliy ahamiyati haqida so'z yuritadi. Olim shuningdek mazkur tenglamalarning hozirgi kundagi amaliy dolzarbligi haqida ham aniq misollar keltirib o'tadi. Ushbu maqolamizda, Yan Styuart nazdida eng yuksak matematik tenglamalar deb topilgan o'sha 17 tenglama haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Matematika ixlosmandlari uchun qiziq bo'lishi aniq. Demak boshladik:

1. Pifagor teoremasi

Yangilаndi: 29.01.2025 15:33
 

Baxshali qo'lyozmasi

E-mail Chop etish PDF

Baxshali qo'lyozmasi

Baxshali qo'lyozmasi - 1881-yilda Hindistonning shimoliy-g'arbidan (zamonaviy Pokiston hududi) topilgan mashhur matematika ma'lumotnomasidir. Qo'yozmaning bitilgan vaqti taxminan eramizning uchinchi asri deb baholanadi. Qo'yozmaning katta qismi yo'q bo'lib ketgan va u topib olingan vaqtda, asarning atiga 70 sahifadan iborat titilib ketgan qoldiqlari mavjud bo'lgan xolos. Baxshali qo'yozmasi tarkibida arifmetik, algebraik va geometrik misol hamda, masalalarni yechish usullari keltirilgan. Shuningdek mazkur qo'yozmada, kvadrat ildiz chiqarish formulasini ham uchratish mumkin.

Qo'yozmada keltirlgan masalalardan biri quyidagicha: "Qarshimizda erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bo'lgan 20 kishilik guruh. Bu odamlarning hammasi birgalikda, kuniga 20 tangadan ishlab topishadi. Har bir erkak kuniga 3 tanga ishlab topadi. Har bir ayol bir yarim tanga, har bir bola esa yarim tangadan pul topadi. Bu guruhda qancha erkak, qancha ayol va bolalar borligini toping'. Bu masalani yecha olasizmi? To'g'ri javob quyidagicha: guruhda 2 ta erkak, 5 ta ayol va 13 nafar bolalar mavjud. Yechish uchun, guruhdagi erkaklar, ayollar va bolalar sonini mos ravishda a, b, va c bilan belgilaymiz. Ushbu misol, a+b+c=20; hamda 3a+(3/2)b+(1/2)c=20 dan iborat tenglamalar sisteasiga muvofiq keladi. Keltirilgan yechim ushbu tenglama uchun yagona yechim bo'ladi.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:29
 

Maks Plank. Kvant Nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob

E-mail Chop etish PDF

Maks Plank. Kvant Nazariyasi.

Mikrodunyodagi inqilob.

Maks Plank garchi o'zi bunga qarshi bo'lsa-da, uni odatda inqilobchi deb atashardi. 1900-yilda olim energiyaning uzluksiz emas, balki, alohida-alohida qismlar (porsiyalar), boshqacha aytganda, kvantlar ko'rinishida nurlanishi haqidagi g'oyani ilgari surdi. Ushbu nazariyaning aks-sadosi o'laroq esa, nisbiylik nazariyasi bilan birgalikda, olam tuzilishi haqidagi zamonaviy tushunchalarning asosini tashkil qiluvchi - kvant mexanikasi sohasi yuzaga keldi va taraqqiy eta boshladi. Kvant mexanikasi mikroskopik olam manzarasini o'rganadi. Uning ayrim kashfiyotlari shu darajada hayratlanarliki, hatto Plank o'zi ham ko'p bora tan olganidek, bu sohaning kashfiyotlari inson aqlini shoshirib qo'yadi. Ustozlar ustozi deya e'tirof etilgan olim, o'n yillar mobaynida olmon ilm-fani boshqaruvida bo'ldi va natsizmning eng manfur illatlari qanot yozgan musibatli kunlarda ham, ilm va zakovat shamchiroqlari shu'lasini saqlab qola bildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 31.01.2025 09:00
 

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomz

E-mail Chop etish PDF

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomzod sifatida ko'rsatildi

Bugungi kunda internet tarmog'ida aylanayotgan axborot hajmining 70% qismini videofayllar tashkil qiladi va bu raqam o'sishda davom etmoqda. Agar odata juda katta axborot hajmini ishg'ol qiladigan videofayllarni samarali siqish uchun xizmat qiladigan dasturiy texnologiyalar barpo etilmaganida, zamonaviy internetda video ulushu bu qadar katta bo'la olmas edi. Videofayllarni maksimal siqish dasturiy texnologiyasini ishlab chiqqan nemis olimlari Germaniyaning Kelajak mukofoti uchun tavsiya etilishdi.

Hozirgi kunda vide har yer va har vaqtda bor. Harakatlanuvchi tasvir avvaliga faqat kinematografiya bilan bog'lab tushinilgan bo'lsa, keyinchalik, bu tushuncha televideniye bilan uzviylashdi. 90-yillrda bu jarayonga videmagnitafonlar aralashib kirdi. Yaqin yillar ichida esa, televideniye va kinematograf ham, o'zining videouzatmalar bo'yicha yetakchilik rolini internetga boy berib bo'ldi. Endilikda harakatlanuvchi tasvirninig jozibasidan bahramand bo'lish uchun, 100 yil avvalgidek chipta olib kinoteatrga kirish, yoki 50 yil avvalgidek, oq-qora ekranli televizorga termulish shart emas. 20-30 yil avvalgi chamadondek keladigan videmagnitafonlar va ularning yuzlab metrli tasmaga ega qutisimon kassetalari ham allaqachon urfdan qolgan. Tugmadek keladigan fleshka xotirasida o'sha "qadimiy" video-saqlagichlarni bir nechtasini band qila oladigan ulkan hajmli videofayllardan bir nechtasini birdaniga saqlash mumkin. Qolaversa, global tarmoq bo'ylab, ushbu videolarni jahonning istagan nuqtasiga bir necha daqiqialar ichida jo'natish bugungi kunimiz uchun oddiy hol. Endilikda tarixiy xronika, konsertlar, opera, spektakl, klip va boshqa ko'plab tomoshabop narsalarni internetdan oson topish va ko'rib zavqlanish mumkin. Bundan tashqari, endilikda skayp, videotelefoniya, videokonferensiyalar, teletibbiyot haqida gapirib ham zamondoshlarimizni hayratlantira olmaysiz. o'zbekistonimizda joriy, 2015-yildan e'tiboran, masofaviy videobog'lanish orqali xo'jalik sudlari majlislarini olib borish amaliyoti joriy qilingani ham yuqorida keltirgan so'zlarimizning isbotidir.

Xayko Shvarts, Tomas Vigand, Ditlef Marpe (o'ngdan chapga)

Yangilаndi: 23.01.2025 13:59
 

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

E-mail Chop etish PDF

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

14-iyul kuni Pluton mitti sayyorasiga yetib borgan New Horizons koinot apparati, ushbu mitti sayyora atrofini bir bora to'liq aylanib chiqqach, unga doir eng tiniq va keng ko'lamli fototasvirlarni Yerga uzatdi. Fortepiano o'lchamidagi ushbu koinot apparati, Pluton va uning 5 nafar tabiiy yo'ldoshlarini tadqiq qilish maqsadini ko'zlab, to'qqiz yil mobaynida 48280320 kilometr (3 milliard mil) masofani bosib o'tishiga to'g'ri keldi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:12
 


Maqolaning 37 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075302

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis