Avgusta Ada King - dasturchilarning "momosi"
Avgusta Ada King - grafinya Lavleys (1815-1852)
Avgusta Ada Lavleysning asl familiyasi Bayron bo'lgan. Ha, adashmadingiz. Bu xuddi o'sha - sarguzashtmand oqsuyak, mashhur ingliz shoiri - Jorj Gordon Bayronning qizi bo'ladi. Shoir Bayron - badiiy asarlar uchun o'zi ham ideal romantik qahramon bo'la oladigan, nazm ustasi bo'lib, adabiyot ixlosmandlari uning "Chayld Xaroldning ziyorati" dostoni va boshqa ko'plab asarlari orqali yaxshi biladilar. Ada Lavleys Bayronning Anna Izabel Milbenk, ya'ni, baronessa Ventvort bilan nikohidan tug'ilgan bo'lib, lekin qizaloq o'zi otasi haqida deyarli hech narsa bilmagan. Chunki, Ada 1 oylik chaqaloqlik paytida onasi uni ko'tarib, Bayrondan qochib ketgan ekan. Bu voqea Vaterloo jangidan roppa-rosa bir yil to'lgan paytda sodir bo'lgan bo'lib, baronessa nima sababdan bunday ishga qo'l urganining sababi hozirgacha noma'lum. Ehtimolki, u qizini yo'qotishni istamagan bo'lsa kerak. Chunki, o'sha paytlardagi yuridik qoidalarga binoan, er-xotin ajrashsa, istisnosiz ravishda bolalarni albatta ota ixtiyorida qoldirilardi.
Yangilаndi: 30.01.2025 07:41
Kremniy - quruqlik elementi
Kremniy - quruqlik elementi
Yerda tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi element - davriy jadvaldagi 14-raqamli element - kremniy sanaladi. Yer qobig‘ining ≈20% qismini aynan kremniy tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa ko‘plab qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan iborat bo‘ladi.
Kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Shu sababli, hatto kimyogarlar orasida ham sof kremniy elementini ko‘rganlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Kremniyni bir necha xil allotropik shakllarda olish mumkin. Bu ishni tarixda birinchi bo‘lib, 1823-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius amalga oshirgan. Tabiatda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, kremniyni kimyoviy element sifatida qo‘llash sohalari unchalik ko‘p emas. Lekin, nisbatan yaqin o‘tmishda kashf qilingan quyosh panellari balki ushbu elementga bo‘lgan talabni keskin orttirishi mumkin.
Yangilаndi: 16.12.2018 00:24
"Hind hisobi haqida kitob"
"Hind hisobi haqida kitob"
920-980 yillarda Damashqda yashab o'tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o'zi yozib qoldirgan ilmiy qo'lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan "Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi" kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. "Al-Uqlidisi" taxallusi arab tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda "Yevklidning kotibi", "Yevklid xattoti" degan ma'noni beradi. Bu bilan muallif, Yevklid asarlarini qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilganligiga ishora qilmoqchi bo'lgan bo'lsa kerak. Haqiqatan ham, IX-XII asrlarda musulmon sharqida ko'plab musulmon olimlar tomonidan antik davr ilm-faniga oid ko'plab muhim asarlar arab tiliga o'girilgan va xattotlar tarafidan ko'p nusxalarda ko'paytirilgan. Lekin, al-Uqlidisining nomi yuqorida zikr etilgan asari qadimgi yunon, yoki, Misr mualliflarining asarlarining tarjimasi bo'lmay, balki, nomidan ham ko'rinib turgandek, Hindiston matematikasi, aniqrog'i, pozitsion raqamlash tizimidan foydalanish haqida bo'lgan. Ushbu kitob biz hozirda arab raqamlari deb nomlaydigan odatiy o'nli sanoq tizimidagi 0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlar bilan sonlarni ifodalash usuli haqida mufassal ma'lumot keltirilgan ilk ilmiy manba sanaladi.
Yangilаndi: 26.02.2025 09:01
Li E8 guruhini izlab
Li E8 guruhini izlab

Deyarli yuz yildan ziyod vaqt mobaynida matematiklar ulkan 248-o'lchamli obyektni tushunishga urinib kelishdi. E8 nomi bilan tanilgan ushbu obyektni o'rganishda eng kuchli dasturchilar va matematiklardan iborat xalqaro guruh va eng ilg'or superkompyuterlar jalb qilinganidan keyingina, 2007-yilda muayyan natijaga erishildi.
Lirik chekinish sifatida, Iogann Kepler (1571-1630) muallifligidagi "Olam tilsimi" (Mysterium Cosmographicum) asariga murojaat qilamiz. Kepler ham astronom va ham matematik olim sifatida simmetriya masalasiga shu darajada kuchli qiziqqanki, u butun Quyosh tizimi va undagi sayyoralarning orbitalarini bir-birining ustiga-ustak, ustma-ust joylashtirilgan platon shakllari, masalan, kub va dodekaedr ko'rinishida tasavvur qilish kerak deb taklif qilgan. Uning tasavvuridagi o'sha «samoviy simmetriya»da xuddi ulkan piyoz singari chizib ko'rsatilgan. Kepler simmetriyasining bu ko'rinishi ham miqdoriy jihatdan, ham, tadbiq etilishi sohasi jihatdan cheklangan bo'lib, aslida Koinotda simmetriyaning shunday murakkab turlari aniqlanganki, ular hatto Keplerning tasavvuriga ham sig'magan bo'lardi.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:36
Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo'lishi
Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo'lishi
1054-yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko'plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g'alati yorqin obyektning paydo bo'lishiga guvoh bo'lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo'lgandi. Yangi paydo bo'lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so'ngra yana ko'zdan g'oyib bo'lgan. o'sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o'ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o'sha qismida eng o'tkir ko'z ham arang ilg'aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar "Qisqichbaqasimon tumanlik" deb atay boshlashgan.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:25
Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)
Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)
Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to'g'ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo'lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to'g'ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo'ng'iz bo'lib chiqqan. Mutaxassislar o'sha qo'ng'izni olib, "arxivlab"qo'yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo'ng'izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo'yishgan. Bechora qo'ng'izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug' so'zi qo'ng'iz degani bo'lib, o'shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo'llaniladigan so'zga aylanib qoldi. o'sha qo'ng'izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo'lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo'llanila boshlangan. Ya'ni, "bag"Â atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.
Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
Bor - sahro elementi
Bor - sahro elementi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o'rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas.
Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning ustun bo'yicha qo'shnilarida, xususan alyuminiydan keskin farqlab turuvchi jihati shuki, bor - metall emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo'lib, keyingi suhbatimiz ushbu element haqida bo'ladi.
Yangilаndi: 14.04.2025 15:29
Platina guruhi metallari
Platina guruhi metallari

Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh "Platina metallari" deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan.
Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba'zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo‘shimcha (yo‘ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo‘lgan.
Yangilаndi: 16.12.2018 00:30
Albert Eynshteyn
Albert Eynshteyn
(1879-1955)

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo'lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog'laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to'lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko'chib o'tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg'a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho'ng'ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog'ida uning qo'liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang'ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o'zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo'liga kelib tushgan aynan o'sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o'rin tutganini ko'p bora ta'kidlagan.
Yangilаndi: 29.01.2025 08:55
|
|