Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Uglerod-14 tahlili vositasida muddatni aniqlash

E-mail Chop etish PDF

Uglerod-14 tahlili vositasida muddatni aniqlash

Uglerodning 12 va 13 massa soniga ega izotoplari tabiatda nisbatan eng keng tarqalgan bo'lib, radioaktiv yemirilish jarayoniga uchramaydigan izotoplardir. Shuningdek, uglerodning yana bir 14 massa soniga ega (14C) izotopi mavjud bo'lib, u nisbatan kam tarqalgan. 14C ning tabiatda tarqalganligi umumiy uglerod miqdorining 0,00000000012 % qismini tashkil etadi. U kosmik nurlanishlardan keluvchi ikkilamchi neytronlarning atmosferadagi azot bilan to'qnashishi natijasida paydo bo'ladi:

So'ngra u β-zarracha va anti-neytrino uchib chiqishi bilan kechuvchi spontan parchalanishga uchraydi:

Yangilаndi: 29.01.2025 08:45
 

Sintetik suyuq yoqilg‘i

E-mail Chop etish PDF

Sintetik suyuq yoqilg‘i

"Sintetik yoqilg‘i" atamasining o‘zi g‘alati. Odatda, biror mahsulotni neft, yoki, neft mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lsa, uni sintetik mahsulot deyiladi. Agar mahsulot aytaylik yog‘ochdan, yoki xullas neftga aloqasi bo‘lmagan biror narsadan tayyorlangan bo‘lsa, uni tabiiy mahsulot deyiladi. Biroq, nimagadir yoqilg‘i haqida gapirilganda bu qoida teskarisiga o‘zgarib ketadi. Ya'ni, agar yoqilg‘i neftdan tayyorlangan bo‘lsa, u - tabiiy, aksincha, neftdan boshqa narsadan tayyorlangan yoqilg‘ilarni sun'iy, ya'ni, sintetik deb ataladi.

Yangilаndi: 14.12.2018 08:38
 

Hisoblangan Neptun

E-mail Chop etish PDF

Hisoblangan Neptun

Neptunning 1846 yilda, osmonning qaysi qismida ekanii ko'rsatilgan diagrammaNeptun sayyorasi - Quyosh tizimining eng chetki sayyorasi bo'lib, uni qurollanmagan ko'z bilan ko'rishning imkoni yo'q. Shu sababli, odamlar ushbu sayyorani faqat teleskoplar ixtiro qilinganidan keyingina payqashgan.

Tarixiy faktlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo'lib, teleskopsozlikning tamal toshini qo'ygan olimlardan biri - Galiley ko'rgan bo'lishi mumkin. Biroq, uning aynan sayyora ekanligini tasdiqlanishi uchun, astronomiyaning o'zi ojizlik qildi va unga matematika yordamga keldi.

Galileyning qaydlariga qaraganda, u 1612-yilning yanvarida Neptunni ko'rgan bo'lishi mumkin. Lekin u mazkur sayyoraning harakatini ilg'ay olmagan, chunki, aynan o'sha paytda Neptun retrograd harakat qila boshlagan. Ya'ni, bu holda Neptun osmondagi ko'rinib turgan joyida avval harakatdan to'xtaydi va keyin orqaga qarab harakatlana boshlaydi. Albatta, aslida real voqe'lik bunday bo'lmaydi. Neptunning bunday harakati, uning unga nisbatan tezroq aylanadigan Yer sayyorasidan turib kuzatayotganimiz natijasidan hosil bo'lgan aldanish effektidir. Shu sababli ham Galiley garchi Neptunni ko'rgan bo'lsa-da, lekin uni qo'zg'almas yulduzlardan biri deb o'ylagan bo'lsa kerak.

Yangilаndi: 31.01.2025 08:53
 

Gafniy

E-mail Chop etish PDF

Gafniy

Gafniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IVB guruh elementi. Atom raqami 72. Hf (lotincha Hafnium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shaklidagi gafniy qiyin eriydigan kumush-oq rangdagi metall yarqiroq holida bo‘ladi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Gafniy 1923-yilda kashf etilgan. Mendeleyev davriy jadvalining VI-guruhi tarkibi hali to‘liq ma'lum bo‘lmagan paytlarda gafniyni nodir yer metallari safidan qidirishgan. 1911-yilda fransuz kimyogari Jorj Urben (1872-1938) o‘zining yangi kimyoviy element kashf etgani va uni keltiy deb nomlaganini e'lon qilgan edi. Biroq, keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Urben aslida itterbiy, lyutetsiy hamda juda oz miqdorda gafniy elementlari mavjud bo‘lgan aralashma ajratib olgan ekan xolos. Shundan keyin, gafniyni kashf etish borasidagi izlanishar yana davom etdi va bu boradagi izlanishlarga faqatgina Nils Borning kvant mexanikasiga asoslanib keltirgan hisob-kitoblariga ko‘ra, nodir yer metallari orasida oxirgisi - lyutetsiy ekanligi ma'lum bo‘lgachgina oydinlik kiritildi. Ya'ni, Borning hisoblashlari, gafniyni nodir yer metallari orasidan qidirish amaliyotini istisno qilish lozimligini ko‘rsatib bergan edi. Shunga ko‘ra, kimyogarlar gafniy sirkoniyning o‘xshashi ekanini bilib olishdi va izlanishlarni ushbu asosga ko‘ra davom ettirishdi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:38
 

Pyer Ferma

E-mail Chop etish PDF

Pyer Ferma

(1601-1665)

Pyer Ferma (1601-1665)

Pyer Fermaga bag'ishlangan marsiyalarda birida shunday deyilgan: "U asrimizning eng donishmand kishilaridan edi. Shunday serqirra va universal aql egasi ediki, agarda, boshqa olimlarning g'ayirligi kelmasa, men uning aql bovar qilmas xizmatlari va olimning o'zi haqida aytilishi lozim bo'lgan maqtovlarda, uning biror xislatini sanamay, eslamay qoldirib ketishni ayb deb bilardim...".

Yuqoridagi marsiya kimning nutqidan olingani noma'lum. Unda Fermaning qanday ulug'vor olim bo'lganligi, mubolag'adan holi tarzda ifodalanmoqda. Lekin afsuski, shu kabi maqtovnomalarda, Fermaning shaxsiyatiga ta'rif berishdan boshqa, olimning hayoti va faoliyati haqida biror jo'yali ma'lumotlar qayd etilmagan. Ferma haqida tarix juda oz tafsilotlarnigina asrab qolgan. Quyida ularning bori bilan baham ko'rishga harakat qilamiz:

Pyer Ferma, Fransiyaning janubidagi kichikroq Bomon-de-Loman shaharchasida dunyoga kelgan. Uning otasi, Dominik Ferma, shahar merining yordamchilaridan biri bo'lgan. Cherkov arxividagi, 1601-yilning 20-avgust sanasi bilan ro'yxatga olingan, Pyer Fermani cho'qintirish marosimiga taalluqli qaydnomada shunday yozilgan: "Burjuaziya vakili hamda, Bomon shahar ikkinchi konsuli Dominikning o'g'li Pyer". Olimning onasi esa, huquqshunoslar oilasiga mansub bo'lganligi, va uni Kler de-Long deb atashgani haqida uzuq-yuluq xabarlar mavjud.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:40
 

Kutib oling, yangi kimyoviy elementlar: Nihonium, moskovium, tennesin va oganesson.

E-mail Chop etish PDF

Kutib oling, yangi kimyoviy elementlar: Nihonium, moskovium, tennesin va oganesson.

Ilgari xabar berganimizdek, 2015-yilning 30-dekabr sanasida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) tomonidan, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo'shilganini e'tirof etgan edi. o'sha paytda, davriy jadvalga yangi qo'shilgan mazkur elementlarga vaqtinchalik nomlar berilgan bo'lib, ular elementning jadvaldagi tartib raqamiga mos ravishda, ushbu raqamning lotinchadagi talaffuzi bilan muvaqqat nomlangan. Xususan, jadvalga qo'shilgan 113- elementni "ununtriy" (so'zma-so'z tarjimasi "bir yuz o'n uchinchi"), 115-elementni "ununpentiy" ("bir yuz o'n beshinchi"), 117-elementni "ununseptiy" va 118-elementni "ununoktniy" deb nomlangan. Biroq, aytib o'tilganidek, bu nomlar elementlarga vaqtinchalik biriktirilgan bo'lib, ushbu elementlarni kashf qilgan olimlar va ilmiy laboratoriyalarga o'z kashfiyotlari uchun nom berish huquqi taqdim etilgan. 8-iyun sanasida esa, IUPACning rasmiy saytida, ushbu 4 yangi kimyoviy element uchun rasmiy nomlar biriktirilgani haqida xabar e'lon qilindi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:42
 

Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqida

E-mail Chop etish PDF

Chiziqlar tilga kirganda
Shtrix-kod haqida

Irland xalqida bir hazil gap bor: ular shtrix-kodni aynan irlandlar o'ylab topgan deb hazillashishadi. Buning asosli sababi bor albatta: o'tgan asrda Irlandiya hududidan qadimgi Kelt qabilalariga tegishli toshga o'yilgan yozuvlarni topishgan. Ogama deb yuritiluvchi ushbu yozuvlar tashqi ko'rinishidan xuddi shtrix-kodga o'xshab ketadi. Ogamada ham, shtrix-koddagi singari, ma'lumotlar chiziqlarning muayyan ketma-ketligi orqali ifodalanadi.

Siz supermarketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni, shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini ko'p bora ko'rgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar ro'yxati va narxi ko'rsatilgan chekni chiqarib beradi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:42
 

Minimum qonuni (Libix qonuni)

E-mail Chop etish PDF

Minimum qonuni
(Libix qonuni)

Yustus Libix (1803-1873)Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki o'simliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar o'txo'r va go'shtxo'r turlarga bo'linadi. Lekin o'simliklarchi? o'simliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-o'sishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bo'lishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab bo'ldi.

o'simliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. o'simlik juda kichik urug'dan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urug'ning boshlang'ich vazni va undan unib chiqqan o'simlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bo'lishi olimlar uchun jumboq bo'lib qolavergan. Aristotel o'simliklarning o'sishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, "O'simliklar o'ziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli o'simliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bo'lmaydi, shunchaki tuproq o'zining bor vazni bilan o'simlik tanasiga aylanadi" - deb hisoblagan. Aristotelning obro'si bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr o'rta asrlargacha ilm-fanda o'rnashib qolgan bo'lib, ko'pchilik bundan ortiq gap aytishga jur'at eta olmas edi.

Yangilаndi: 29.01.2025 09:02
 

Algebraik strukturalar: obyektlar o'rtasidagi mavhum nisbatlar

E-mail Chop etish PDF

Algebraik strukturalar: obyektlar o'rtasidagi mavhum nisbatlar

Algebraik strukturalar - nazariy matematikaning tarkibiy qismi o'laroq shakllangan. Shunga qaramay, algebraik strukturalar fizika, kimyo va boshqa fan sohalaridagi muhim masalalar yechimi uchun tadbiq qilina boshlandi va tez orada texnikada ham o'z amaliy ahamiyatini namoyon qildi. Umuman olganda, algebraik strukturalar tushunchasi bugungi kunda shunchaki nazariy matematika sohasi chegarasidan tashqariga chiqib ketgan. Algebraik strukturalar fizika, kimyo va ayniqsa informatika sohalarida o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Guruhlar nazariyasi va algebraik strukturalar tushunchasisiz nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasini barpo qilish imkonsiz bo'lgan bo'lur edi

Ko'plab jarayonlarni o'rganish va tadqiq qilishda algebraik strukturalarni tadbiq etish masalasi yuzaga chiqadi. Algebraik strukturalarni qo'llashda esa, muayyan darajadagi mavhimiyat (abstraksiya) talab qilinadi. Aslida bu narsa nafaqat algebraik strukturalarga, balki, kundalik hayotimizdagi ko'plab boshqa narsalarga ham taalluqli bo'lib, mavhum tushunchalar - turmushimizning chambarchas qismidir. Mavhum tushunchalar - insonning tafakkur va tasavvur qobiliyatida o'ziga xos muhim o'ringa ega.

Yangilаndi: 30.01.2025 10:12
 

Plitalar tektonikasi

E-mail Chop etish PDF

Plitalar tektonikasi

Sirti qattiq bo'lgan sayyoralar o'z tadrijiy rivojlanish yo'nalishi mobaynida qattiq qizish jarayonini boshdan kechiradi. Gaz-chang buluti nazariyasiga ko'ra, qattiq sayyoralarning qizish davridagi issiqlik energiyasining asosiy qismi ularning sirtiga turli kosmik jismlarning katta tezlikda kelib urilishi evaziga hosil qilinadi. Bunda sayyora sirtiga kelib uriluvchi kosmik jismlarning qulash tezligi shu darajada katta bo'ladiki (soniyasiga bir necha kilometr), kelib urilgan obyektning barcha kinetik energiyasi bir zumda issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Chunki bunda, harakat tezligi to'qnashuv paytida bir lahzaning o'zida keskin ravishda, nolgacha tushib ketadi. Bunday ulkan miqdordagi issiqlik energiyasi Quyosh tizimining barcha ichki sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer va Mars uchun to'liq yoki, qisman parchalanib ketishga yetarli bo'lmagan bo'lsa-da, biroq, qattiq qizib, nisbatan yumshoq holga kelishi uchun kifoya qilgan. Qattiq qizish jarayonida esa, sayyora tarkibini hosil qilgan moddalarning nisbatan zichligi katta va og'irroqlari sayyora markaziga cho'kib borib yadro hosil qilgan bo'lsa, zichligi kamroq va yengilroq moddalardan iborat jinslar esa, aksincha, yuzaga qalqib chiqib, qobiq qatlam hosil qilgan. Qattiq sayyoralarning barchasi o'z tarixida ushbu jarayonni boshdan kechirgan bo'lib, ilm-fanda magma differensiatsiyasi deb nomlanuvchi mazkur jarayon orqali Yer sayyorasining ichki tuzilishi ham tushuntiriladi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:10
 


Maqolaning 31 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13714605

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis