Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)
Albert Eynshteyn hayoti fotosuratlarda (40 ta rasm)
XX-asrning shubhasiz eng buyuk fiziklaridan bo'lmish Albert Eynshteynning umr lahzalarini tarixga muhrlagan ushbu oq-qora fotosuratlar, uninng yorqin va murakkab hayot yo'li haqida tilsiz guvohlik berib turibdi. Quyidagi fotosuratlar, Eynshteyn siymosi, uni o'rab turgan muhit va olimlar davrasi haqida yorqin tasavvurlar hosil qilishga ko'maklashadi degan umiddamiz...
Yangilаndi: 18.02.2025 08:18
Qop-qora qoralik
Qop-qora qoralik
Qop-qorong‘u xonada qora mushukni topish mushkul, ayniqsa, aslida qora mushuk qorong‘u xonada yo‘q bo‘lsa!
Falsafiy bahslarda ishlatiladigan ushbu so‘z o‘yini odatda ba'zi fiziklarning g‘ashini keltiradi. Aslida "qop-qorong‘u xona" yoki "qora mushuk" - ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni ramziy ifodalash uchun unchalik ham omadli o‘xshatish emas. Sababi, tabiatdagi barcha narsalar, hatto eng qora ko‘mir ham qandaydir miqdordagi yorug‘lik nurini akslantiradi. Faqat bizning ko‘zimizning bunday akslangan nurlarni ilg‘ash xususiyati juda past bo‘lgani uchun, ularni ko‘ra olmaymiz.
Lekin biz keltirgan ushbu xulosa, fantast yozuvchilarga va orzumand fizik mutaxassislarga xalaqit qila olmaydi. o‘zida har qanday yorug‘lik nurini yutib qoladigan va o‘zidan hech qanday yorug‘lik akslantirmaydigan mutlaq qora jism haqida orzu fiziklarning azaliy orzulari sirasiga kiradi. Mutlaq qora jism haqidagi farazlar avvalo mumtoz va zamonaviy fizika chegarasida - Maks Plank izlanishlarida jiddiy ko‘rib chiqilgan edi. Uzoq yillar mobaynida mutlaq qora jism aslida tabiatda uchramaydigan, faqat olimlar tasavvuridagi faraziy narsa sifatida qaralgan. Lekin, mutlaq qora jism haqidagi fikrlar, 2008-yilga kelib ancha o‘zgara boshladi. Aynan o‘sha yili "qop-qora qoralik", "eng qora jism", yoki, "superqora jism" olishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik olimlar haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur g‘ayrioddiy material uglerod nanotrubkalaridan tayyorlangan bo‘lib, uning mohiyati, uglerodning bitta atom qalinligida silliqlangan plastinasidan iboratdir. Nazariy jihatdan ta'riflanishicha, mutlaq qora jism o‘ziga kelib tushayotgan har qanday to‘lqin uzunligidagi nurlarni, ularning tushish burchagidan qat'iy nazar, to‘liq o‘ziga yutib yuborishi kerak.
Yangilаndi: 17.12.2018 07:49
Paroxod
Paroxod
O'zi harakatlanadigan va shamol yo'nalishiga qarshi suza oladigan kema haqidagi fikrlar, to'g'rirog'i, orzular odamlarda juda qadimdan mavjud bo'lgan. Bunday kemalarga ayniqsa, daryolarda oqimga qarshi suzib qatnaydigan kema boshqaruvchilari ko'proq intizor bo'lishgan. Notekis o'zan bo'ylab yuqori tomon suzishda yelkan yoki, eshkakchilar kuchidan foydalanish juda murakkab bo'lib, ko'pincha bunday suzishning imkoni deyarli bo'lmagan. Kemalarni, yoki, yuklarni oqimga qarshi tortish uchun burloqlar mehnatidan foydalanishga to'g'ri kelardi. Lekin burloqlar bu ishni juda sekin bajarishardi. Shunday muammolar tufayli, ayniqsa daryo transportida oqimga qarshi suzish uchun yelkan va eshkak vositasini istisno qiluvchi, lekin kemani oldinga bemalol harakatlantira oladigan yurituvchi kuchga ehtiyoj kuchli bo'lgan. Bunday shamol kuchi va qo'l mehnatidan mustaqil harakatlana oladigan kemaning ilk loyihasini o'rta asrlarda yashagan mexaniklar taklif qilishgan. Taxminan 527 yilga oid bo'lgan qadimgi qo'lyozmalarning birida suv tegirmoni vositasida harakatlantirilishi ko'zda tutilgan kema modeli tasvirlangan. Faqat unda suv tegirmonni kemaga o'rnatilgach, baribir uni yoki odam, yoki hayvon kuchi evaziga aylantirib turish zarur bo'lgan.
Yangilаndi: 23.01.2025 13:58
To'rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)
To'rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)
Pifagor uchligi, ya'ni, x2+y2=z2 shartni qanoatlantiruvchi x, y va z butun sonlardan iborat uchliklar cheksiz ko'pdir. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas:
32+42=52
Ko'pchilik mutaxassislarning fikricha, ushbu nisbatni eng qadimgi Misrliklar ham yaxshi bilishgan va amalda keng qo'llashgan.
Ferma 1630-yilda Diofantning "Arifmetika" kitobni o'qib chiqadi va kitob hoshiyasida quyidagicha qayd qoldiradi: "bu kabi ifoda qolgan barcha daraja ko'rsatkichlari, ya'ni,
x3+y3=z3
x4+y4=z4
x5+y5=z5
va ho kazolar uchun butun yechimlarga ega bo'lmaydi. Kubni boshqa ikkita kublarning yig'indisi tarzida tasavvur qilib bo'lmaydi. To'rtinchi, beshinchi, va boshqa istalgan darajani ham bunday tasavvur qilishning iloji yo'q".
Yangilаndi: 12.02.2025 07:41
Gipatiya
Gipatiya (taxminan 370-415 yillar)
Vatikan muzeyiga tashrif buyursangiz, 5×7,7 metr o'lchamli ulkan freskani tomosha qilishingiz mumkin. Freska "Afina maktabi" deb nomlanadi. Muallif - Rafael (Rafael Santi). Shedevr asarga razm solar ekansiz, uning haybati va go'zalligi sizni maftun etib qo'yadi. Qadimgi yunon mutafakkirlariga bag'ishlangan ushbu ulkan freskada Aflotun, Arximed, Aristotel, Suqrot, Yevkilid, Pifagor kabi buyuk daholarni tanib olish mumkin. Ushbu benazir allomalar orasida yakkayu-yagona ayol qiyofasini ilg'ash unchalik qiyin emas. Xuddiki, shundayin buyuk shaxslar qatorida tasvirlangani uchun xiyol uyalish bilan biroz egilib turgan ushbu sochlari qo'ng'ir rangli ayol - Iskandariyalik Gipatiya bo'ladi. U benazir mantiq sohibi bo'lgan faylasuflar, astronomlar, matematiklar orasida tik turibdi va tomoshabinning ko'ziga tik qaramoqda.
Tarixchilarda Gipatiya shaxsiyatiga haqiqiy xolis chizgi beradigan kam sonli ma'lumotlar mavjud xolos. Astronomlar esa unga alohida hurmat bajo keltirishgan: uning sharafiga Oydagi krater, hamda, Mars va Yupiter oralig'idagi asteroidlardan biri "Gipatiya" nomlangan. Lekin baribir Gipatiyani eng yuksak sharaflagan narsa bu - Rafaelning yuqorida tilga olingan asaridir. Undan bahra olish uchun yulduzlar xaritasi kerak emas.
Gipatiyaning hayot yo'lini kuzatar ekanmiz, olimlarning hayoti ularning vafotidan keyin ham kitoblarda, ensiklopediyalarda hamda kinoekranlarda davom etishiga amin bo'lamiz. Tan olish kerakki, bugungi kunda qahramonga mashhurlik keltirish borasida kitobdan ko'ra kino yaxshiroq bo'lib qoldi.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:42
Samodagi shaffof chiziqlar
Samodagi shaffof chiziqlar
(Ayzek Azimovning shu nomli hikoyasidan tarjima)
O'g'lim ba'zan maktabdoshlari kalaka qilishayotganidan shikoyat qilib qoladi. Chunki amerikaliklarga xos bo'lmagan Azimov familiyasi o'smir yoshidagi bolalar uchun boshqa istalgan narsa kabi ermak obyekti bo'lishi ajablanarli emas. Lekin uning darg'azab ko'zlaridan bilamanki, u o'zini kalaka qilinishiga sabab bo'layotgan ushbu familiyani, boshqa odatiyroq familiyaga, masalan, Smit yoki Braunga almashtirishni ich-ichidan istaydi. Men o'g'limni chin dilimdan tushunaman. Sababi, bir paytlar o'zim ham ushbu familiyam tufayli bir qancha yoqimsiz sarguzashtlarni boshdan kechirishimga to'g'ri kelgan.
Farzandim bilan bu yoqimsiz mavzuda gaplashgan paytlarimda, o'zimga ham harbiy xizmat o'tagan askarlik davrlarim yodimga tushib ketadi. Xizmatda bizni topografik xaritalar bilan ishlashga o'rgatishgan. Bu mashg'ulot, aytaylik, kundalik saf tayyorgarligidan yaxshiroq va yoqimliroq edi. Biz xaritalarni obdon o'rganardik va koordinatalarni aniq belgilashni mashq qilardik. Bu hammasi qiziqarli va yoqimli edi. Lekin, kunlardan bir kun, serjant og'zidan men uchun "mash'um" atama yangradi va mening safdoshlarimga hazil-kalaka uchun gap topildi. o'shanda xizmatdoshlarimdan aksariyati "azimut" degan ilmiy atamani umrida birinchi bor eshitishi edi. "Azimut" so'zini eshitgani hamonoq, safdagilarning deyarli hammasi tirjaygan bashara bilan yarq etib menga qaragan. Ular o'zlari kutmagan holda, men uchun yangi laqabga ega bo'lishgandi.
Men harbiy xizmat oxirigacha safdoshlarimning ba'zan samimiy, ba'zan ahmoqona hazil-huzullariga arang chidadim. Lekin nima ham qila olardim. El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Men xizmatim tugallanib, demobilizatsiya bo'lgunimcha xizmatdoshlarim uchun Ayzek Azimut bo'lib qolaverdim. Eng alam qiladigani esa, meni azumut deb kalaka qilgan har bir askar, o'zini xuddi kuchli yumor hissiga ega, ajoyib hazilkashdek ko'rsatishga urinardi. Men esa vaziyatga bardosh berish uchun, mashhur shoirning "Bu - armiya, janob!"[1] degan iborasini takrorlashdan o'zga chora topolmaganman. Harholda o'sha be'manigarchiliklardan qutulib ketdim.
Yangilаndi: 31.01.2025 10:48
Kosmik sayohatlar
Kosmik sayohatlar
Avvallari inson shunchaki parvoz qilishni orzu qilardi. Koinot haqidagi bilimlar rivojlanib, boshqa osmon jismlarining hamda, umuman fazoning tuzilishi borasida olimlarda muayyan ilmiy faktlar paydo bo'lar ekan, endilikda odamzot shunchaki havoda parvoz qilishni emas, balki boshqa sayyoralarga, boshqa galaktikalarga ham uchishni orzu qilib qoldi. Koinotga parvoz va kosmik sayohatlar haqidagi ilk mulohazalar albatta fantastik adabiyotlarda paydo bo'lgan. Chunonchi 1865-yilda nashrdan chiqqan "Yerdan Oyga" asarida mashhur fantast yozuvchi Jyul Vern Oyga sayohat haqida yozadi. Muallif bu asarda fizika qonunlarini deyarli inobatga olmagan holda, asosan erkin badiiy to'qimalar orqali syujetni ifodalaydi. Lekin Edvard Xeylning "g'isht Oy" nomi hikoyasi haqida bunday deya olmaymiz. Mazkur hikoyada muallif orbitaga g'ishtdan yasalgan sferani uchirilishi haqida yozadi. Hikoya g'oyasiga ko'ra, muhandislar tomonidan yasalgan g'isht sfera aslida Yer orbitasiga chiqarilishi va u Yer sharining hamma joyidan ko'rinib turadigan obyektga aylanishi kerak bo'ladi. Loyihachilar ushbu sferadan navigatsiya signali sifatida foydalanishni ko'zda tutishadi. Lekin uni uchirish paytida qilingan xato tufayli, g'isht sfera ichida odamlar qolib ketadi va ular koinotga parvoz qilishadi.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:16
Katta adron kollayderi
Katta adron kollayderi
Ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Bill Brayson shunday yozadi: "Elementar zarralar fizikasida Koinot sir-asrorlarini o'rganish juda oson: olimlar zarrachalarni bir-biri bilan to'qnashishga majbur qilishadi va oqibatda nima yuz berishini kuzatishadi. Soddaroq quyidagicha o'xshatish keltirish mumkin: ikkita odam bir-birga Shveysariyaning o'ta aniq yuradigan mexanik soatlarini otib yuboradi. Soatlar albatta yerga tushib, yoki devorga urilib chil-chil bo'ladi. Keyin ular soat parchalarini yig'ib olib, aslida bu soatlar qanday ishlagan ekan? - deb qiziqib o'tirishadi".
Jeneva yaqinidagi Yevropa Yadro Tadqiqotlari Instituti (CERN) tomonidan qurib ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider - LHC) mohiyatiga ko'ra zarrachalarni eng yuksak energiya ko'rsatkichlarigacha tezlatish imkonini beradigan, jahondagi eng katta tezlatkichdir. U o'zaro qarama-qarshi kelib to'qnashadigan protonlar oqimiga yuksak energiyali tezlanish beradigan qilib loyihalangan. Adron kollayderi deyilishiga sabab, ushbu tezlatkichda elementar zarralarning adronlar sinfiga mansub bo'lgan va kuchli yadroviy o'zaro ta'sirlarda ishtirok etadigan zarrachalar ustida tajribalar o'tkaziladi. Ulkan quvvatli elektromagnit kuchlarning ta'siri ostida protonlar kollayder halqasi bo'ylab, ichki vakuum kanalida shiddat bilan aylanadi. Aylanishlarning har birida protonlarning energiyasi borgan sari yana va yana ortib boradi. Katta adron kollayderi magnitlarida o'ta o'tkazgichlardan foydalaniladi. Ularni ishlatish jarayonida esa katta termodinamik amaliyot bajarish kerak bo'ladi. Ya'ni o'ta o'tkazgich xossalaridan foydalanilganda favqulodda qizib ketishi tufayli magnitlarni suyuq geliy bilan to'xtovsiz sovitib turiladi. o'ta o'tkazgich holatidagi materiallarda elektr qarshilik deyarli nolga tenglashadi.
Yangilаndi: 30.01.2025 08:23
Protaktiniy
Protaktiniy

Protaktiniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr III guruh elementi bo‘lib, aktinoidlar turkumiga mansub radioaktiv metalldir. Atom raqami 91. Pa (lotincha Protactinium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shakildagi protaktiniy o‘ta radioaktiv metall bo‘lib, kumush-oq rangda, yorqin tovlanadi.
Tarixi va atama etimologiyasi.
1869-yildayoq D.I.Mendeleyev o‘z nomi bilan atalavuchi davriy qonunga ko‘ra, Uran va Toriy elementlari orasida yana bir hozircha noma'lum element mavjudligini bashorat qilgan. Bu vaqtda aktinoidlar guruhi elementlari hali fanga ma'lum emas edi. Protaktiniy dastavval 1913-yilda kimyogarlar Kazimir Fayans (1887-1975) hamda Osvald Gelmut Gyoring (1889-1915) tomonidan kashf qilingan. Ular Uranning parchalanishidan keyingi qoladigan mahsulotlari orasidan, yarim yemirilish davri taxminan 1 daqiqa atrofida bo‘lgan uran izotopi - UX2(234Pa) mavjudligini aniqlashdi. Uning yarim yemirilish davri shunday qisqaligi uchun ushbu izotopga "breviy" (lotincha - "brevis", "qisqa" yoki "kalta" ma'nolarida) deb nom berishgan.
Yangilаndi: 17.12.2018 08:32
|
|