Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi
Quyosh tizimida yangi sayyora kashf qilindi
2016-yil 20-yanvar sanasida Pasadenadagi Kaliforniya Texnologiya Universiteti olimlari Maykl Braun hamda Konstantin Batigin tomonidan AQSHning "Astronomik jurnal"da shov-shuvli chiqish qilindi. Olimlarning ishontirib ta'kidlashicha, Quyosh tizimining eng chetki qismida, Pluton orbitasidan narida, yangi sayyora kashf qilinibdi.
Ushbu sayyorani hozircha hech kim ko'rmagan. Ya'ni uni olimlar o'ziga yaqin boshqa osmon jismlariga ko'rsatayotgan gravitatsion ta'siri orqali, bilvosita aniqlashgan. Hozircha nomlanmagan va rasman tasdiqlanmagan ushbu sayyoraning o'lchamlari neptun o'lchamlariga yaqin deb baholanmoqda. Uning massasi ham Yer massasida deyarli 10 barobar katta ekani ma'lum. Uning Quyosh atrofidan to'liq aylanib chiqish davri 15000 yil deb hisoblanmoqda. Tuzilishiga ko'ra ushbu sayyora ham, Neptun, Saturn, Yupiter va Uran singari gaz-gigantlari turkumiga kirardi. Olimlarning fikricha, ushbu sayyora, Quyosh tizimi endi-endi shakllanayotgan vaqtda, ya'ni bundan 4.5 milliard yil muqaddam, Quyosh tizimining eng chetki qismiga uloqtirib yuborilgan va o'sha joyda qolib ketgan emish. Ushbu sayyoraning Quyoshga eng yaqinlashgan masofasi 200 astronomik birlik bo'lib, bu Neptungacha bo'lgan masofadan 7 barobar olisdir. Braun va Batiginning xato qilish ehtimoli atiga 0.007% deb baholanmoqda.
Yangilаndi: 17.02.2025 07:56
|
Buyuk Attraktor
Buyuk Attraktor
Yer Quyosh atrofida aylanmoqda. Quyosh esa Galaktika markazi atrofida aylanadi. O'z navbatida Galaktika ham harakatda bo'lib, Mahalliy Guruhning boshqa a'zolari bilan borgan sari yaqinlashib boradi. Ushbu to'da esa, taxminlarga qaraganda, favqulodda ulkan massaga ega bo'lgan, ulkan obyekt tarafiga tortilmoqda.

Koinotning kengayayotganligini bayon qiluvchi Xabbl qonuniga ko'ra, bizdan olisdagi obyektlar qizilga siljish effektini namoyish qilmoqda va bu degani ular bizdan to'xtovsiz uzoqlashmoqda deb qaraladi. Bunda nisbatan uzoqda joylashgan obyekt nisbatan tezroq olislashadi. Bu esa ular orasidagi fazoning ham cho'zilishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida o'sha obyektlardan yetib kelayotgan elektromagnit nurlanishlar ham, fazoda cho'zilishga duchor bo'ladi. Buning natijasida aynan o'sha effekt - qizilga siljish yuzaga keladi. Olis masofalarda joylashgan obyektlar o'zaro bir-biriga nisbatan ham qizilga siljishni namoyish qiladi. Ular ham bir-biridan olislashmoqda. Lo'nda qilib aytganda, koinot to'xtovsiz kengaymoqda. Kengayish har soniyada yanada va yanada tezlashadi.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:26
Dinamit
Dinamit

Fan tarixchisi Stiven Baun shunday yozadi: "O't ochuvchi qurollarda va portlatish maqsadlarida qo'llangan porox haqiqatan ham tarixda katta burilish yasagan ixtirolardan biridir. Zero u jamiyatda muayyan ijtimoiy o'zgarishlarga asos bo'ldi. Uning vositasida feodalizm barbod qilindi va tamomila yangicha harbiy strukturalar vujudga keldi. Shunday bo'lsa-da, biroq portlatish texnikasida haqiqiy tub burilish yasagan modda porox emas, balki dinamit sanaladi".
Dinamit shved kimyogari va hozirda eng nufuzli ilmiy mukofot sanaluvchi Nobel xalqaro mukofoti ta'sischisi Alfred Bernxard Nobel (1833-1896) tomonidan ixtiro qilingan.
Yangilаndi: 06.02.2025 07:52
Uran - beqaror element
Uran - beqaror element

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlarning aksariyati, ya'ni, 1-raqamli element vodoroddan boshlab, 83-raqamli element vismutgacha bo'lgan barchasi barqaror elementlar sanaladi. Ushbu elementlarning hech bo'lmasa bir dona atomi doimiy barqaror bo'lib qoladi. Balki tabiatda mavjud barqaror elementlarning hammasi aynan o'sha 83 ta elementdan iborat bo'lishi mumkin.
Vismutdan keyin keluvchi element - poloniydan boshlab, beqaror kimyoviy elementlar qatori boshlanadi. Bu elementlarni beqaror deyilishiga sabab, vaqt o'tishi bilan bunday elementning atomi parchalanib, boshqa bir atomga aylanadi. Bunday beqaror elementlar ichida keng tarqalgani va eng birinchi bo'lib kashf qilingani - davriy jadvaldagi 92 raqamli element - Uran elementidir. Uranni 1789-yilda olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan nasturan mineralini tadqiq qilish vaqtida kashf etilgan. o'zi kashf qilgan elementni olim, o'sha yillarda astronom hamkasblari tomonidan kashf etilgan yangi sayyora - Uran sharafiga shu nom bilan nomlagan.
Yangilаndi: 13.02.2025 08:07
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo'shildi
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo'shildi
Nazariy va Amaliy Kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC) Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi to'rtta element qo'shilganini rasman tasdiqladi. Yangilangan davriy jadvalni Rossiya, AQSH va Yaponiya olimlari birgalikda tartiblashgan.
Davriy jadvalga yangi qo'shilgan elementlarga hozircha vaqtinchalik nomlar berilgan. Ulardan birinchisi Ununtriy deb nomlangan bo'lib, formulasi Uut, davriy jadvaldagi tartibi esa 113 bo'ladi ("Ununtriy" nomi lotinchada 113 degani). Shuningdek Ununpentiy - Uup (115), Ununseptiy - Uus (117) va Ununoktniy - Uuo (118) elementlari ham endi rasman tan olindi. Endilikda ushbu elementlarni kashf qilgan olimlarga yoki ilmiy guruhlarga mazkur elementlarga boshqa nom berish huquqi beriladi. Ushbu elementlarning kashf etilgani haqidagi xabarlar paydo bo'lganiga ancha yillar bo'lgan bo'lsa-da, shtab-kvartirasi Shimoliy Karolinadagi Research Triangle Parkda joylashgan IUPAC tashkiloti, ushbu elementlarni faqat 2015-yil 30-dekabr sanasiga kelibgina rasman tan oldi. Buning uchun o'sha elementlarni kashf qilgan olimlardan mustaqil ravishda, boshqa ilmiy ekspertlar ham ushbu elementlarni sintez qila olishlari talab etilardi. Odatda faqat shunday tasdiq orqaligina haqiqatan ham yangi kimyoviy element kashf etilgani rasman e'tirof etiladi. Shu sababli ham biz yangi 4 elementning davriy jadvalga rasman qo'shilishini 2015-yil so'ngigacha kutishga majbur bo'ldik.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:45
Biz qanchalik tezlashdik? (Infografika)
Biz qanchalik tezlashdik?
(Valentina D'Efillippodan tarjima)
"Haqiqat oyoq kiyimini kiygunicha, yolg'on dunyoning yarmini aylanib chiqadi" qabilidagi iborani odatda Uinston Cherchilldan (1874-1965) iqtibos sifatida keltirishadi. Bu qanchalik haqiqat ekanligini tekshirib ko'rishning iloji yo'q. Chunki muhandislar yolg'onning tarqalish tezligini o'lchaydigan asbobni haligacha yasashgani yo'q. Yolg'onni qo'ya turaylikda, keling, biz odamlar foydalangan va foydalanayotgan, tarixda ma'lum asosiy transport vositalarining maksimal tezligi bilan dunyoni qancha vaqt ichida aylanib chiqish mumkinligini hisoblab ko'ramiz. Bunda transportning maksimal harakatlanish uzoqligi, suvda yura olish-olmasligi kabilari e'tiborga olinmaydi. Biz faqat uning tezligiga ahamiyat qaratamiz. Bu shunchaki yaqqol namoyish qilish vositasi xolos, avtomobilda okeanni suzib o'tishga urinmang, iltimos    
Topshiriq: Yer sharini ekvator bo'ylab aylanib chiqish.
Ekvator aylanasi uzunligi: 40075 km.
Yangilаndi: 31.01.2025 09:08
Erkinjon Karimov
Erkinjon Karimov
Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo'ldilar.

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo'ldilar.
Suhbatdoshimizni savolga tutishdan avval, u kishi haqida qisqacha ma'lumot keltirsak: Karimov Erkinjon To'lqinovich, 20.05.1977 yilda Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida tug'ilgan. 1993-1998 yillarda Farg'ona davlat Universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastavval Bag'dod tumanidagi o'rta maktabda matematika o'qituvchiligidan boshlagan (1998-2001 yillar). 2001-2002 yillarda Farg'ona Davlat universitetida ishlagan. 2005-2008 yillarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat ko'rsatgan. 2006- yildan e'tiboran to 2008 yilgacha qo'shni Qozog'istonning Sirdaryo Davlat universitetida katta o'qituvchi sifatida mehnat qilgan. 2009 yildan boshlab shu kungacha O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika Institutida katta ilmiy xodim bo'lib ishlamoqda. Biz suhbatdoshimizning ilmiy ishlari va chop etgan maqolalari haqidagi odatiy standart ma'lumotlarni uning shaxsiy sahifasi: http://mathinst.uz/karimov/resume.html dan olishingiz mumkinligini aytib, e'tiborimizni suhbatga qaratamiz:
Yangilаndi: 29.01.2025 15:29
Uzoq sharqning o'lchov va birliklari
Uzoq sharqning o'lchov va birliklari
Xitoyda o'lchovlar va birliklarni unifikatsiyalash borasidagi ilk islohotlarni eramizdan avvalgi 221 yilda taxtga o'tirgan imperator Shi Xuang Ti amalga oshirgan. Asosiy og'irlik birligi sifatida shi ishlatilgan. Ko'p bosqichli tekshirishlar natijasida olimlarning aniqlashicha, qadimgi Xitoyning 1 shi og'irlik o'lchovi taxminan 60 kg ga teng bo'lgan ekan. Ushbu o'lchov birligining ≈71,68 kg teng varianti Chin o'lkasida XX-asr boshlarida ham ishlatilar edi.
Xitoyliklarning masofa o'lchov birligi li deb nomlangan. Uning kattaligi nafaqat zamondan zamonga, balki hududdan hududga ham o'zgarib borgan. o'rtacha olinganda bir li taxminan ≈500 metr atrofida bo'lgan. Aynan shu nomli masofa birligi Koreyada ham mavjud edi. Koreyslardagi li Xitoylarnikidan ancha kattaroq bo'lib, 3,93 km ni tashkil qilgan. Xitoyda shuningdek chi va chan uzunlik birliklari qo'llangani ma'lum. Turli manbalarda bir chi 27,9 sm dan 40 sm gacha bo'lgani qayd etiladi. Chan esa chining karralisi bo'lib, u 10 chiga teng bo'lgan (≈3,3 metr). XIX-asrda Xitoy va Yevropa savdo munosabatlari rivojlana boshlagach, Xitoyliklar ushbu uzunlik birliklarini rasmiy qonunlashtirib qo'yishgan. Masalan, 1844 yildagi Xitoy-Angliya savdo bitimida, yoki 1860 yildagi Xitoy-Fransiya savdo shartnomalarida Xitoy tovarlari o'lchovlari chi birligida ko'rsatilgan hamda uning 35,5 sm ekanligi qayd etib qo'yilgan. In esa channing o'n barobari bo'lgan va u 33,3 metrni tashkil qilgan. Bunday ko'rinishda u XX-asrning 40-yillariga qadar muomalada bo'lgan.
Yangilаndi: 20.01.2025 16:16
Rux
Rux
Rux - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining IV-davr, ikkinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 30. Zn (lotincha Zincum) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda sifatidagi rux, me'yoriy sharoitlarda ko'kish-oq rangdagi mo'rt metall bo'lib, havo ta'sirida xiralashadi (chunki uning sirti yupqa rux oksid qatlami bilan qoplanadi).
Tarixi va atama etimologiyasi.
Ruxning mis bilan qotishmasi qadimgi Yunoniston, qadimgi Misr, qadimgi Hindiston (VII asr), hamda Xitoyda (XI asr) ma'lum bo'lgan. Biroq uzoq asrlar davomida ruxni sof holatda ajratib olishni hech kim bilmagan. Faqatgina 1738-yilga kelibgina Angliyalik Uilyam Chempion ismli mutaxassis ruxni distillyatsiya usulida ajratib olish yo'lini topdi. Ruxni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ham o'sha yillarda yo'lga qo'yilgan. Uilyam Chempionning o'zi 1743-yilda Bristol shahrida birinchi rux zavodini ishga tushirgan. 1746-yilda Germaniyada ham Andreas Marggraf tomonidan Chempionnikiga o'xshash usulda rux olish yo'li kashf qilindi. Chempiondan farqli ravishda Marggraf o'zi ixtiro qilgan rux olish usulini barcha tafsilotlari bilan bayon qilib nashr ettirgan. Shu sababli ham ruxni aynan Marggraf kashf qilgan degan yanglish tushuncha shakllanib qolgan.
Yangilаndi: 28.01.2025 16:27
Serqirra daho. Jon fon Neyman
Serqirra daho. Jon fon Neyman
Jon fon Neyman XX asrning eng yirik matematiklaridan biri. U avvaliga o'yinlarning matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Keyin esa, ko'plab jarayonlarni ushbu nazariya orqali ifodalash mumkinligini ko'rsatib berdi. Fon Neymanning ilmiy salohiyati faqatgina nazariy matematika bilan cheklanib qolmay, balki, matematikani boshqa ko'plab ilmiy-texnikaviy yo'nalishlarga tadbiq qilish bilan namoyon bo'lgan. U qaysi fan sohasiga qo'l urmasin ulkan amaliy natijalarni qayd etdi.
Yanosh Layosh Neyman - bu Jon fon Neymanning asl ismi-sharifidir. Yanosh Neyman 1903-yilning 28-dekabrida Budapeshtda tug'ilgan. Uning otasi Miksa Neyman bankir, onasi Margaret Kann esa yirik boy tijoratchining qizi bo'lgan. Yanosh (uni erkalatib Yanchi deb chaqirishgan) Neyman juda iqtidorli bo'lib, bolaligidan boshlab matematikaga jiddiy qiziqqanligiga qaramay, otasi uni kimyogar bo'lishini istagan ekan. U 6 yoshligidayoq hatto sakkiz xonalik sonlarni ham qog'oz-qalam ishlatmasdan, bemalol dilda qo'shib, ayrib, ko'paytish va bo'lish amallarini bajara olgan ekan. 8 yoshida esa u matematik analizga oid masalalarni mustaqil hal qila olgan. 1911-yilda u lyuteran gimnaziyasiga o'qishga kiradi. 1913-yilda uning otasi zodagonlik maqomini oladi va endilikda qahramonimiz ham, Avstro-Vengriya Imperiyasi an'analariga muvofiq ravishda, o'zining asl Yanosh Neyman ismini zodagonlik maqomiga moslab Yanosh fon Neyman shakliga o'zgartiradi.
Yangilаndi: 07.02.2025 13:55
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 34 sahifasi, jami 55 sаhifа |