Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Ot bilan yurish haqida masala

E-mail Chop etish PDF

Ot bilan yurish haqida masala

Ot bilan yurish haqidagi masalada ot donasi 8×8 o‘lchamdagi shaxmat taxtasining har bir katagiga faqat bir martadan kirib-chiqish orqali taxtadagi hamma kataklardan yurib chiqishi kerak va bunda otning har bir yurishi albatta qoidadagidek bo‘lishi shart. Otning yurishi haqidagi qiziqarli masala eslab o‘tilgan va uning yechimlari taklif etilgan eng qadimiy manba eramizning IX asriga oid hind qo‘lyozmalaridan birida uchraydi. Qo‘lyozma muallifi Kashmirlik olim Rudartda bo‘lib, u mazkur masalani va uning yechimini sanskrit yozuvi bilan she’riy usulda bayon qilgan.

Yangilаndi: 25.11.2016 12:34
 

Quyosh o‘z energiyasini qayerdan oladi?

E-mail Chop etish PDF

Quyosh o‘z energiyasini qayerdan oladi?

Quyosh bu – asosan vodorod atomlaridan tashkil topgan favqulodda ulkan plazma sharidir. Bizning yulduzimiz taxminan 1,4 million kilometr diametriga ega bo‘lib, lekin Koinotdagi boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, o‘rtacha kattalikdagi oddiy yulduz ekanligi ma’lum bo‘ladi. Quyosh har lahzada, uzluksiz ravishda Koinotga juda-juda ulkan miqdordagi energiya taratib turadi. Bunda Quyoshning massasi asta-sekinlik bilan energiyaga aylanib boradi va Quyosh borgan sari «vazn yo‘qotib» boradi. Har bir soniyada Quyosh o‘z massasidan taxminan 4 million tonnasidan mosuvo bo‘ladi.

Yangilаndi: 23.11.2016 12:42
 

Angstrem

E-mail Chop etish PDF

Angstrem

Angstrem – o‘zbekcha va xalqaro belgilanishi Å (shved alifbosidagi harf), SI tizimiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus uzunlik o‘lchov birligi. 1 angstrem 1010 metrga (1 metrning o‘n ming milliarddan bir ulushiga), boshqacha aytganda, 0,1 nanometrga teng. Ushbu birlikni 1868-yilda shved fizigi va astronomi Andres Yonas Angstrem (1814-1874) tomonidan fanga taklif etilgan va keyinchalik olimning o‘z familiyasi bilan atala boshlangan. Qoidaga ko‘ra, birlik belgisi sifatida yozilganda Å tarzida yozilaveradi. Lekin, matn ichida to‘liq yozma shaklda keltirilganda, kichik harflar bilan, «angstrem» ko‘rinishida yoziladi. Ushbu o‘rinda, olim familiyasi emas, aynan birlik nomi yozilayotgani e’tiborga olinadi (olim familiyasi bo‘lsa har qanday o‘rinda albatta katta harf bilan yozilishi shart).

Yangilаndi: 22.11.2016 15:43
 

Nobel-2016. Mukofot sohiblarining kashfiyoti, XXI asr kompyuterlari sohasida inqilob yasashi mumkin.

E-mail Chop etish PDF

Nobel-2016. Mukofot sohiblarining kashfiyoti, XXI asr kompyuterlari sohasida inqilob yasashi mumkin

Ma’lumingizkim, fizika sohasida 2016-yilgi Nobel mukofoti Britaniyalik uch nafar yetakchi fizik olimlarga – Maykl Kosterlits, Devid Tauless hamda, Dunkan Xoldeynlarga munosib ko‘rildi. Mukofot hay’ati e’lon qilgan press-relizda, yuqoridagi olimlarga mukofot «materiyaning topologik fazalari hamda topologik faza o‘tishlarini nazariy jihatdan kashf qilganliklari uchun» berilayotgani keltirib o‘tilgan. Ushbu izoh bilan tanishgan ko‘pchilikning fikratida «nazariy jihatdan» jumlasi qandaydir shubha-gumon uyg‘otishi tabiiy. «Nazariy» so‘zi orqali yuqoridagi uchlikning ilmiy ishlari faqat nazariyada (tasavvurda) bo‘lib, undan biror amaliy naf chiqishi ehtimoli gumon ostiga olinadi. Faqat nazariy bilimlar uchun shunday nufuzli mukofotni berilmasa kerak to‘g‘rimi?

Yangilаndi: 21.11.2016 14:43
 

Seriy

E-mail Chop etish PDF

Seriy

Seriy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo‘lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan «Sereriy» nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma’qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib «Seriy» deb qo‘yishni taklif qilgan. Ko‘pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma’qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.

Yangilаndi: 19.11.2016 17:43
 

Eng og‘ir suyuqlik

E-mail Chop etish PDF

Eng og‘ir suyuqlik

Dunyoda eng og‘ir suyuqlik qaysi? – degan savolga aksariyat odamlar o‘ylamay-netmay, simob deb javob beradilar. Haqiqatan ham, 1 litr hajmdagi simobning og‘irligi 13,6 kg keladi. Demakki, atiga bir paqir simobni ko‘tarish uchun og‘ir atletikadan ayrim ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur. Lekin, agar harorat bo‘yicha muayyan shartlar joriy etilsa, unda eng og‘ir suyuqlik simob emas, balki, suyuq osmiy bo‘lib chiqadi. 3000 K haroratdagi 1 litr osmiyning massasi 20,1 kg bo‘ladi. Suyuq osmiy bilan to‘ldirilgan paqirni hatto og‘ir atletikachi ham ko‘tarolmagan bo‘lardi.

Metall bo‘lmagan moddalar ichida odatiy sharoitda ham eng og‘ir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suyuqliklar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, sof noorganik moddalar ichida eng og‘iri volfram geksaftoridi (WF6) bo‘ladi. Bu moddaning 1 litr hajmdagisi naq 3,44 kg tosh bosadi. Lekin, bu modda bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Chunki u avvalo zaharli modda bo‘lsa, qolaversa, u juda oson qaynaydi. WF6 ning qaynab ketishi uchun atiga 17,3 °C kifoya. Ya'ni, xona haroratida bu modda o‘z-o‘zidan qaynayveradi. Bunday suyuqliklarni kimyogarlar maxsus zich ampulalarda saqlaydilar.

Yangilаndi: 19.11.2016 17:24
 

18-noyabr – O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun!

E-mail Chop etish PDF

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida, xorij safarlarida, o‘zga davlatlar hududida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo‘lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e’zozlaydi. Zero  milliy bayrog‘imiz – mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Keling ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan, uning tarixi haqida suhbatlashamiz...

Yangilаndi: 18.11.2016 09:09
 

Ko‘pburchaklarni bo‘lish bo‘yicha Eyler masalasi

E-mail Chop etish PDF

Ko‘pburchaklarni bo‘lish bo‘yicha Eyler masalasi

1751 yilda Leonard Eyler o‘zining Prussiyalik hamkasbi, o‘z davrining yana bir yetuk matematik olimi Kristian Goldbaxga (1690-1764) quyidagicha masala taklif qilgan edi: tekislikda burchaklari soni En ga teng bo‘lgan qavariq n-burchakni necha xil usul bilan uchburchaklarga ajratish mumkin? Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, Eyler taklif qilgan masalani quyidagicha talqin qilish mumkin: ko‘pburchak shaklidagi tortni pichoqni faqat u burchakdan bu burchakkacha tortib kesish orqali, necha xil usul bilan uchburchak shaklidagi bo‘laklarga bo‘lib tarqatish mumkin? Bunda kesish chiziqlari bir-biri bilan uchrashmasligi kerak (ya'ni, tort aniq teng uchburchaklarga taqsimlanishi kerak). Masala yuzasidan Eylerning o‘zi quyidagicha formula taklif qilgan:

Yangilаndi: 16.11.2016 11:10
 

Louson kriteriysi

E-mail Chop etish PDF

Louson kriteriysi

Termoyadro sintezi animatsiyasiTermoyadro sintezi jarayonidan energiya manbai sifatida foydalanish imkonli bo‘lishi uchun, zarrachalarning zichligi va ularni bir-biri bilan chegaraviy yaqin masofada tutib turish muddati (vaqti) ko‘paytmasi muayyan qiymatdan yuqori bo‘lishi zarur.

Termoyadro sintezining mohiyati shundaki, unda reaksiya davomida nisbatan yengil kimyoviy elementlar yadrosidan og‘irroq elementlar shakllantiriladi. Bunday yadroviy sintez reaksiyalarning aksariyatida, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan yangi element yadrolarning massasi (ba’zan bunga qo‘shimcha ravishda, ikkilamchi mahsulotlar massasi ham qo‘shiladi) reaksiyada ishtirok etayotgan boshlang‘ich yadrolarning massasidan kam bo‘lib chiqadi. Eynshteynning mashhur E=mc2 formulasiga ko‘ra, mazkur jarayonda, o‘sha ortib qolayotgan massa – sof energiyaga aylanib chiqib ketadi. Aynan shunday yadroviy sintez reaksiyalari orqali odamzot o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Yangilаndi: 10.01.2017 09:07
 

Mis, oltin va kumush - «soqqali» elementlar

E-mail Chop etish PDF

Mis, oltin va kumush - «soqqali» elementlar

Minglab yillar mobaynida ibtidoiy odamlar ish qurollari sifatida oddiy tosh, suyak va yog‘ochdan foydalanishgan. Chunki, bu materiallar oson topiladigan, har yerda mavjud narsalar bo‘lgan. Albatta, ish quroli sifatida turli metallardan foydalanish nisbatan qulayroq bo‘lgan bo‘lur edi. Lekin, metallarni ajratib olish va ishlov berish, tosh va yog‘ochga qaraganda nisbatan qiyin. Metallar odatda boshqa elementlar bilan mustahkam birikmalar hosil qilgan holda bo‘ladi. Metallarning atomlarini, boshqa elementlarning atomlaridan ajratib olish va ishlov berish – murakkab texnologik jarayon bo‘lib, uncha-muncha uquv talab qiladi. Toshni yo‘nish va uni boltaga o‘xshatib taroshlash esa – juda oson bo‘lmasa-da, harqalay, jo‘n ishdir.

Metallarni odamlar atiga 6000 yil muqaddam kashf qilishgan. Katta ehtimol bilan, qadimgi odamlar metallarni tasodifan kashf qilishgan bo‘lsa kerak.

Yangilаndi: 14.11.2016 12:52
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 41 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
Oshxona.Uz
O'zbek Milliy Taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
terabayt.uz
Axborot texnologiyalari olamidagi yangiliklar
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2496909

Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis