Uchburchak son
Uchburchak son
Uchburchak son bu – shaklli sonlardan biri bo‘lib, u teng tomonli uchburchak shaklida terib chiqilishi mumkin bo‘lgan nuqtalar miqdorini ifodalaydigan sondir. Arifmetik nuqtai nazardan, n-chi uchburchak son bu – dastlabki n ta natural sonlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Tn=0, 1, 2 ... lar uchun uchburchak sonlar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: 0, 1, 3, 6, 10, 15, 21, 28, 36, 45, 55, 66, 78, 91, 105, 120 …
Yangilаndi: 10.07.2020 13:23
|
Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan
Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan
Bugungi kunda ilm-fandagi dolzarb markaziy nazariyalar qaysilar? Ular nimalarni tadqiq qilmoqda va qanday da'volarni ilgari surmoqda? Qaysi nazariyalar isbotini topib, haqiqiy ilm sifatida o'rnashib qoldi-yu, yana qaysilari hali xom gipoteza o'laroq qolib ketmoqda? Kitobda zamonaviy ilm-fandagi dolzarb 50 ta eng muhim nazariya haqida so'z boradi. Har bir nazariya haqida, uning qisqacha mohiyatini tashkil qiluvchi izohlar, u bilan bog'liq olimlarning ilmiy ishlari, hamda, hazilomuz tarzdagi jumlalar keltirilgan. Nazariyalar fundamental fanlar, tibbiyot, psixologiya, axborotlashtirish masalalari singari yo'nalishlarga taqsimlab keltirilgan hamda, har bir bobda, ushbu yo'nalish bo'yicha katta ilmiy ishlarni amalga oshirgan olimlar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu kitob, ilm-fanga qiziquvchan kishilarni hozirdagi dolzarb bo'lgan juda g‘aroyib, ta'bir joiz bo'lsa, aql bovar qilmas, lekin, o‘ta muhim nazariyalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda ilmiy nazariyalarga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli ma'lumotlar haqida 3 daqiqadan, lo‘nda-lo‘nda tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qo‘l keladi degan umiddamiz.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Yangilаndi: 05.12.2022 08:59
Jamoliddin Razzokov
Jamoliddin Razzokov
- Assalomu alaykum! Jamoliddin aka, orbita.uz bilan suhbat uchun vaqt topganingizga rahmat. Avval yaqindan tanishib olsak? Ilmiy faoliyatingiz qanday boshlangan?
-Men Jamoliddin Razzokov 1986-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topganman. O’rta maktabdan fizika faniga bo’lgan qiziqishim meni universitet tomon yetakladi. O'zbekiston Milliy universitetini fizika fakulteti, nazariy fizika kafedrasini tamomlaganman (Bakalavr 2003-2007, Magistratura 2007-2009). Ilk ilmiy faoliyatimni bakalavr 2-kurs vaqtimda Fanlar Akademiyasini Issiqlik Fizikasi bo’limida muhandis sifatida boshlaganman. Magistraturani tamomlaganimdan keyin esa Fanlar Akademiyasini Ion-Plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim sifatida ishlaganman. 2012-2013 yillarda Jepa-fondidan ajratilgan grant yordamida Nederlandiyada, Eyndxoven Texnika universitetida ilmiy tekshirish olib borganman. Sintetik oqsillarni o’z-o’zidan tolalar hosil qilishini modellashtirish yordamida o'rganganmiz. O'zbekistonga qaytib 2 yil davomida Ion-Plazma va lazer texnologiyalari institutida faoliyatimda davom etganman. So’ngra Belgiya Qirolligini Antverpen Universiteti, Kimyo fakultetiga PhD grant yutdim va 2015 yil Dekabridan buyon PLASMANT guruhida ishlamoqdaman. 2019 yilda “Plazma tibbiyoti uchun molekulyar darajadagi modellashtirish” mavzusida doktorlikni himoya qildim. Hozirda ushbu guruhda postdoctoral tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bormoqdaman va “Reaktiv kislorod va azot molekulalarini saraton hujayralariga ta'siri” loyihasi ustida tadqiqotlarni davom ettirmoqdaman.
Yangilаndi: 10.06.2020 17:50
Seziy
Seziy
Seziy – atom raqami 55 bo‘lgan, oltinchi davrning birinchi guruhiga mansub element. Formulasi Cs. Oddiy modda shaklidagi seziy sarg‘ish-kumush tusli, yumshoq ishqoriy metall.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi
Seziy spektral tahlil vositasida ochilgan eng birinchi elementdir. Uni nemis olimlari Robert Bunzen va Gustav Kirxgof tomonidan 1860-yilda, Germaniyadagi Bad-Dyurkxaym mineral suvidan optik spektroskopiya vositasida kashf qilingan. Element nomi uning emission spektrda ikkita yorqin moviy chiziq namoyon qilishiga ishora sifatida qo‘yilgan. Lotincha caesius so‘zi «havorang» degan ma’noni beradi.
Yangilаndi: 29.05.2020 13:03
Arman Tursunov
Arman Tursunov
Orbita.Uz minbaridagi navbatdagi intervyu yurtimizdan yetishib chiqqan yosh olim – Arman Altayevich Tursunov bilan uyushtirildi.
Astrofizika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh olim Arman Altayevich Tursunov 1991-yilning 22-fevral sanasida Yangiyo‘lda tug‘ilgan. Hozirda fizika-matematika fanlari doktori. Arman Altayevichning asosiy ilmiy qiziqishlari doirasiga qora tuynuklar, relyatvistik jetlar, o‘ta yuqori energiyali kosmik nurlar, astrofizik jarayonlar, elektromagnit maydonlar va torlar nazariyasi singarilar kiradi.
-Arman, suhbatni oilangiz haqida boshlasak? Shuningdek, o‘qigan oliygohlaringiz, alma-mater haqida gapirib bering?
-Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida, kasbi nazariyotchi fizik va muhandis bo‘lgan Altay Tursunov va vrach Tamara Tursunovalar oilasida dunyoga kelganman. Yangiyo‘lda o‘qiganman, avvaliga 22-maktabda, keyin esa 5-gimnaziya-maktabda (hozirda bu oddiy maktab). Maktabni tamomlab, H.H.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga, fortepiano sinfiga o‘qishga kirganman. Ko‘p o‘tmay, O‘zbekistonda fortepiano maktabi juda kuchli ekani va iste’dodli musiqachilar, mendan ham iste’dodlilari juda ko‘p ekanini angladim. Ustiga ustak, bizda klassik musiqachi kasbi anchayin qiyin kasb bo‘lib, bu borada ko‘plab muammolar, xususan, konservatoriyadan keyin munosib ishga joylashish singari masalalar mavjud. Shu kabi «ha» va «yo‘q»larni taroziga tortib ko‘rib, otam singari fizika bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Shunday qilib, 2007-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirdim va unda avvaliga, 2011-yilda bakalavr bosqichini, keyin esa, magistraturani (2013) tugalladim.
Yangilаndi: 20.05.2020 15:25
Umar Hayyomning «Risolasi»
Umar Hayyomning «Risolasi»
Fors matematigi, astronomi va faylasufi bo‘lgan Umar Hayyomni ko‘pchilik asosan ajoyib to‘rtlik baytlari – ruboiylari orqali yaxshi taniydi. Biroq, matematika olamida uning ruboiylaridan ham ko‘ra, «Al-Jabr val-Muqobaladagi masalalarning isbotlari haqidagi risola» nomli risolasi kattaroq mashhurlikka erishgan. Unda Umar Hayyom kubik tenglamalarning yechimlarini, hamda, yana bir necha yuqori darajali tenglamalarning yechish usullarini keltirib o‘tadi. Masalan, unda, x3+200x=20x2+2000 singari masalalarning yechimi ko‘rsatilgan. Garchi, risolada keltirilgan usullarni o‘sha payt uchun yangilik bo‘lgan, yoki, original yechimlar keltirilgan deb bo‘lmasa-da, biroq, Hayyom keltirgan umumlashtirishlar istalgan kubik tenglamani yechish uchun tadbiq qilsa bo‘ladigan tarzda ifodalanganligi bilan diqqatga sazovordir. «Risola»da muallif kubik tenglamalarning to‘liq tasnifi va ularni konus kesimlari orqali yechish usullarini ham ko‘rsatilgan.
Yangilаndi: 18.05.2020 09:18
Kepler qonunlari
Kepler qonunlari
1: Sayyoralar Quyosh atrofida cho‘zinchoq elliptik orbitalar bo‘yicha harakatlanadi, ushbu ellips fokuslaridan birida Quyosh joylashgan bo‘ladi.
2: Quyosh va sayyorani tutashtiruvchi xayoliy to‘g‘ri chiziq, teng vaqtlar orasida ellipsni teng yuzalarga taqsimlaydi.
3: Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanib chiqish davrining kvadratlari nisbati, ushbu sayyora orbitasi katta yarim o‘qlari nisbatiga teng bo‘ladi.
Iogann Kepler ajoyib ichki hissiy anglash, intuitsiya egasi bo‘lgan. U butun umri davomida, Quyosh sistemasining qandaydir ajoyib sirli san’at asari ekanligini isbotlashga tirishgan. Avvaliga u Quyosh sistemasi tuzilishini qadimgi yunon geometriyasidan buyon saqlanib kelayotgan besh xil to‘g‘ri ko‘pyoqlar bilan bog‘lab izohlashga urindi. (To‘g‘ri ko‘pyoqlar bu – barcha yoqlari teng yonli muntazam ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan uch o‘lchamli jism bo‘ladi). Kepler zamonasida astronomlar faqat oltita sayyorani bilishar edi va tasavvurga ko‘ra ular, «shaffof sferalar» ichida joylashib harakatlanadi deb qaralardi. Kepler o‘z ilmiy kuzatish va tekshirishlarini, ushbu sferalarning o‘zaro joylashuvi bir-birining ichiga ichki chizilgan (to‘g‘rirog‘i, ichki joylashgan) to‘g‘ri ko‘pyoqlar ko‘rinishida bo‘ladi degan fikrni tekshirib ko‘rishdan boshlagan. Uning tasavvuriga ko‘ra: Saturn va Yupiter orasida kub, Yupiter va Mars orasida esa tetraedr, Mars va Yer orasida dodakaedr, Yer va Venera orasida ikosaedr, Venera va Merkuriy orasida oktaedr tartibdagi sferalar joylashadi deb o‘ylagan. Ma’lumingizkim, to‘g‘ri ko‘pyoqlari (ularni shuningdek, «Platon jismlari» ham deyiladi) 5 xil va o‘sha zamonda odamlarga ma’lum bo‘lgan sayyoralar esa 6 ta edi. Shunga muvofiq, Kepler har bir sayyora orasida shunday to‘g‘ri ko‘pyoqlardan birortasi ko‘rinishidagi shaffof sfera mavjud bo‘lsa, bu osmon jismlari harakati mukammallik, ideallik bo‘ladi deb o‘ylagan. U hayotining bu qismida, sayyoralar harakati va umuman Koinot albatta ideal bo‘lishi kerak degan fikrda edi.
Yangilаndi: 14.05.2020 12:53
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak
Muallif: R.K. Gordin
O'zbek tiliga tarjima: D.Musurmonov, Q. Abdullaev, E. Adjiumerova, Sh. Ibragimova
Tematik yo‘nalishi: Qiziqarli matematika,
Tarixi: Navoiy, 2020-yil. © Elementar matematika
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi elektron kitob.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 06.05.2020 14:35
Immun tizimi
Immun tizimi
Immun tizimi bizning organizmimizga kirib olgan «yovlarni» payqab, bu haqidagi ma’lumotni maxsus hujayralarga uzatish va yov hujumini daf qilish vazifasini bajaradi.
Odamzotning va boshqa tirik organizmlarning yashash muhiti anchayin agressivdir. Turli viruslar va bakteriyalar qo‘shini bizni har tarafdan qurshab olgan bo‘lib, ular bizga hujum qilish uchun doimo qulay fursatni poylab yotadi. Shu sababli, bunday dushmanga qarshi kurashda bizning mudofaa tizimimiz – immun sistemasi ishga tushadi. Bu dushmanga qarshi kurashdagi mudofaa chizig‘ining ayrim sarhadlari – sof anatomik mudofaa bo‘lib, ular virus va bakteriyalarga qarshi jismoniy (fizik) to‘siq qo‘yadi va zararli mikroblar undan nariga o‘tolmaydi. Masalan, teri va shilliq pardalar shunday vazifani bajaradi. Agar virus yoki bakteriya ushbu fizik to‘siqdan ham oshib o‘tib, organizmga kirishni uddalasa, unda, organizm unga qarshi yallig‘lanish jarayoniga asoslangan qarshi hujumni ishga soladi va natijada, tananing zararlangan qismiga qon kelishi kuchayadi. Qon o‘zi bilan leykotsitlarni olib keladi. Ular kapillyar tomirlar devorlari orqali o‘tib, tanaga kirib olgan dushmanni mahv qiladi. Kesib olgan joyingiz atrofining qizarib qolishi organizmning aynan shu reaksiyasi tufayli yuzaga keladi.
Yangilаndi: 27.04.2020 09:54
Barrel
Barrel
Barrel – asosan AQSh va Britaniyaning sobiq mustamlakalari hududida keng tarqalgan hajm o‘lchov birligi. SI tizimiga kirmaydi va nostandart, ya'ni, o‘nlik sanoq tizimiga tushmaydigan ulushli birliklari tufayli birmuncha noqulay birlik bo‘lib, qolaversa, suyuq va quruq (sochiluvchan) moddalar uchun turli xil barrel o‘lchamlari mavjudligi holatni yanada chigallashtiradi.
Qanday moddaning hajmi o‘lchanayotganiga qarab, quruq barrel va suyuq barrel, hamda, bundan tashqari, hammasidan alohida, neft barreli ham bo‘ladi. Quruq barrel bilan asosan don-dun va shunga o‘xshash moddalarning hajm birligidagi miqdori ifodalanadi. Boz ustiga, donning har bir turi uchun alohida barrel qo‘llanadi, masalan, bug‘doy uchun boshqacha, arpa uchun boshqacha va makkajo‘xori uchun boshqacha barrel bo‘lishi mumkin.
Yangilаndi: 23.04.2020 15:15
|
|