Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni.

E-mail Chop etish PDF

Oqsoqol pensiyaga chiqmoqda: kilogrammning yangi etaloni.

Rasmda kilogrammning ikkita etaloni namoyish qilingan.

Chap tarafdagi etalon - havosi so‘rib olingan ikki qavat shisha qopqoq ostidagi yarqiroq metall silindr – platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, u xalqaro etalon sifatida olis 1879 yilda tasdiqlangan.  U hozirda ham butun dunyo bo‘ylab barcha turdagi massa, og‘irlik va vazn o‘lchovlari uchun boshlang‘ich etalon bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur etalon Parij yaqinidagi O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasining maxsus binosida, kuchli nazorat ostida saqlanadi.

Yangilаndi: 01.07.2017 10:19
 

«Molekulyar yaproq» Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

E-mail Chop etish PDF

«Molekulyar yaproq»: 
Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

Sezyapsizmi, sayyoramizda iqlim o‘zgarishlari tobora yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Bu esa, olimlarni butun sayyora iqlimi va biosferasi uchun xavfsiz bo‘lgan sof energiya manbalarini ishlab chiqish masalasi ustida bosh qotirishga majbur qilmoqda. Albatta, bu yo‘nalishdagi ayrim amaliy ilmiy-texnik yutuqlar haqida siz allaqachon yaxshi bilasiz. Zero, bugungi kunda shamol parraklari, quyosh panellari kabi energiya manbalari bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Lekin, sof energiya manbalari haqida gap ketganda, kam tilga olinadigan va keng ommaga deyarli oshkor qilinmagan bir yo‘nalish borki, yaqin istiqbolda aynan ushbu yo‘nalish toza va arzon energiya manbasi sifatida inqilobiy burilish yasashi mumkin.

Biz aytmoqchi bo‘lgan muqobil, sof arzon energiya manbasi «Molekulyar yaproq» deb nomlanadi. Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu «yaproq» tabiatdagi eng asosiy energiya o‘zgartirgichi bo‘lmish – fotosintez jarayonini sun’iy takrorlashi kerak. Qisqa qilib aytganda, olimlar fotosintez jarayonini sun’iy yo‘l bilan amalga oshiradigan moddalarni va materiallarni ixtiro qilishmoqchi. Ya’ni, bu sun’iy yaproq bo‘ladi desak aslo yanglishmaymiz. Faqat uning tashqi ko‘rinishi biz bilgan oddiy yaproq va barglarni aynan takrorlashiga kafolat yo‘q.

Yangilаndi: 16.06.2017 11:26
 

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF

Kopernikiy

Kopernikiy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr IIB guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi «bir yuz o‘n ikkinchi» - degani).

Kopernikiy – sun’iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Yangilаndi: 09.06.2017 12:22
 

Qora materiya

E-mail Chop etish PDF

Qora materiya

Koinotni tashkil qiluvchi materiyaning katta qismini biz ko‘ra olmaymiz. 1932-yilda astrofizik olim Yan Oort galaktikamiz - Somon Yo‘lining o‘zida mavjud va kuzatish mumkin bo‘lgan moddalari miqdoriga mos bo‘lmagan tarzda, juda shiddat bilan aylanayotganini aniqladi. Ko‘p o‘tmay, yana bir astrofizik Frits Svikki shunga o‘xshash effektni boshqa galaktikalar harakatida ham kuzatdi va ushbu, ko‘zga ko‘rinmas materiyani dunkle materie deb nomladi. Avvallari ushbu terminni «yashirin massa» deb tarjima qilinar edi. Lekin, yaqin-yaqindan beri endi ilm-fan kishilari uni «qora materiya» deb nomlashmoqda.

Yangilаndi: 06.06.2017 13:33
 

Har safar galaktika bo‘ylab

E-mail Chop etish PDF

Har safar galaktika bo‘ylab...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Bir necha yil avval qo‘shni mahalladagi maktab binosida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Lo‘ndasini aytganda, u yerda olov deyarli bo‘lmadi. Aksincha, xonalar va yerto‘lani buruqsigan tutun qopladi xolos. Ushbu ko‘ngilsiz hodisa yuz bergan paytda maktabda allaqachon darslar tugagan edi va shu sababli, xayriyatki, hech kim jabr ko‘rmadi.

Shunga qaramay, yong‘in kattalashib, kuchayib ketishini oldini olish uchun, xodimlar baribir o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilishgan edi. Ko‘chada birinchi o‘t o‘chirish mashinasi paydo bo‘lishi bilan, ko‘p o‘tmay atrofda tumonat tekin tomosha ishqibozlari to‘planib ketdi. Tomosha uchun to‘planib olgan olomonga qarab shunday taassurot uyg‘onadiki, xuddi shaharning barcha bekorchi va dangasa takasaltanglari maktab binosini qanday yonishini ko‘rish uchun shoshilib yetib kelishgandek go‘yo...  Odamlar ushbu kulfatni tomosha qilish uchun mashinalarda, velosipedda, ot-aravalarda kelishgan edi. Ko‘pchilik albatta piyoda, yoki, yugurib ham kelganlar bor. Ba’zilar juft-juft bo‘lib dugonalari bilan kelishgan bo‘lsa, ba’zilar qariya ota-onasini ham va yosh bolalarini ham yetaklab kelgan. Nima deyishga ham hayronsan kishi...

Yangilаndi: 16.05.2017 19:00
 

Integral mikrosxemalar

E-mail Chop etish PDF

Integral mikrosxemalar

Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi – Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.

Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu – juda kichik o‘lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba’zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda – oddiy choy qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng qo‘llanilmoqda.

Yangilаndi: 02.05.2017 09:51
 

Robert Raketachi

E-mail Chop etish PDF

Robert Raketachi

Qattiq yoqilg‘ili raketalar paydo bo‘lganiga ming yildan o‘tdi. Mohiyatan, bu – katta feyrverk, mushakbozlik uchun qo‘llaniladigan raketalardir. Haqiqiy ma’nodagi kosmik raketalar yasashni orzu qilgan ilk konstruktorlar, raketaning ochiq koinotga uchib yetib borishi uchun, qo‘shimcha ravishda suyuq yoqilg‘i quvvati ham zarur bo‘ladi deb hisoblashgan. Lekin, undan ham avval, koinotga uchib chiqa oladigan raketa texnologiyalarini o‘zini yaratish zarur edi.

Kosmosga parvoz qilish uchun raketa shunday dvigatelga ega bo‘lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham ishlab, zaruriy energiya va harakatni ta’minlab berib tursin. Ya’ni, bunday dvigatel raketani koinotga uchirib yuboradigan start maydonchasida ham, atmosferaning bosim past bo‘lgan yuqori siyrak qatlamlarida ham, shuningdek, deyarli vakuum holati bo‘lmish ochiq koinotda ham ishlashi shart.

Yangilаndi: 26.04.2017 19:14
 

Inert gazlar

E-mail Chop etish PDF

Inert gazlar

Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to‘laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib «inert gazlar» deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Ushbu guruh tarkibi – geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo‘lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to‘la ekani bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo‘lib, shuning uchun ular inert deyiladi.

Yangilаndi: 24.04.2017 18:01
 

Neptunning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF

Neptunning kashf etilishi

Sayyora harakatini aniq kuzatib borish va ayniqsa sayyoraning keyingi holatini oldindan aniq bilish – nihoyatda qiyin masala. Agar, o‘zaro tortishayotgan atiga ikkita jism qaralayotgan bo‘lsa, unda ularning tortishish kuchi va harakat trayektoriyalarini aniq hisoblash uchun ilm-fanda nihoyatda sodda va aniq qoidalar to‘plami mavjud. Lekin, o‘zaro tortishayotgan obyektlar atiga bittaga ko‘paysa, ya’ni, uchtagina bo‘lib qolsa ham, ularning o‘zaro ta’sirini hisoblash benihoya qiyin ish bo‘lib qoladi. Endi buning uchun biz bilgan sodda fizik qonuniyatlar va matematik usullar ish bermaydi. Bu matematik isbotlangan haqiqatdir. Shunga binoan, Neptunning kashf qilinishi – inson aql-zakovatining haqiqiy tantanasi, matematikaning asl triumfi bo‘lgan desak zarracha ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Neptunning kashf etilishi – matematikadagi «o‘zaro ta’sirlar nazariyasi» hamda, Nyuton mexanikasining haq ekanini ko‘rsatib bergan, zakovatning chin g‘alabasi bo‘lgan.

Yangilаndi: 22.04.2017 17:33
 

Tyuring mashinalari

E-mail Chop etish PDF

Tyuring mashinalari

1912-1954 yillar orasida yashab o‘tgan Alan Tyuring – o‘ta iste’dodli matematik va kriptograf bo‘lishiga qaramay, psixofiziologik tadqiqotlar uchun tajriba kalamushi vazifasini o‘tashga majbur bo‘lgan. Chunki, o‘sha paytlarda Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada ham, hali axloqiy-ma’naviy tushunchalar ancha sog‘lom edi. Bir jinsli nikohlarga qonunan ruxsat berilgan bugungi Britaniyada bir paytlar buzuqi jinsiy tabiati uchun Alan Tyuringdek olimni ham ayab o‘tirishmaganiga ishonging kelmaydi. U Britaniya oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Imperiya ordeniga sazovor bo‘lgan edi va o‘z davrining eng yetuk matematigi sanalardi. U ikkinchi jahon urushi yillarida nemis-fashistlarining shifrlangan kodli xat-xabar almashinish tizimini barbod qilgani, ya’ni, nemislarning xabarlarni shifrlab, maxfiylashtirish mashinasi – Enigmaning shifrini yechganligi bilan tarixga kirgan. Tyuring nemislarning kodlangan shifrlangan xabarlarini shifrdan yechib berar ekan, ittifoqchi qo‘shinlar gitlerchilarning har bir keyingi qadamlari haqida oldindan boxabar bo‘lib borishgan va natijada urushning borishidagi tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan. Ya’ni, Tyuringning matematik iste’dodi g‘alabada ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangilаndi: 22.04.2017 10:40
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 40 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
terabayt.uz
Axborot texnologiyalari olamidagi yangiliklar
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Oshxona.Uz
O'zbek Milliy Taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://tafsilot.uz/
tafsilot.uz - Ахборот-таҳлилий сайт.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 752
O'qilgan sahifalar soni : 2353366

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov