Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

O‘zbekistonning havaskor astronomlari

E-mail Chop etish PDF

O‘zbekistonning havaskor astronomlari

O‘zbekistonda Havaskor Astronomlarning o‘rni haqida gap ketishidan avval bu fan haqida qisqacha eslab o‘tamiz. Astronomiya fani bilan qadim qadimdan va o‘rta asrlarda buyuk olim va allomalarimiz shug‘ullanib kelishgan. O‘zbekiston zamini astronomiya faniga buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Astronomiya fanini gapirganda Mirzo Ulug‘bek, Al-Beruniy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlarni eslab o‘tmasdan iloj yo'q va ularning astronomiya faniga qilgan xizmatlari butun dunyoga ma’lum va mashhurdir.

Hozirda ham bu fan bilan shug‘ullanishda davom etayotgan ustozlar va yosh olimlar bilan O‘zbekiston doim faxrlanadi. Sh. Egamberdiyev, Y. Tillayev, I. Asfandiyarov, B. Xafizov, B. Axmedov, O. Burxonov, A. Matekov, A. Tursunov va yana bir qancha olimlar va ilmiy xodimlar shular jumlasidandir.

Zamonaviy O‘zbekistondagi astronomik kuzatishlar jabhasida, olimlar va yosh ilmiy xodimlar qatorida, shuningdek, joylarda mustaqil kuzatishlar olib borayotgan havaskor astronomlar ham o‘z o‘rniga ega. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 13 nafar havaskor astronomlar faoliyat yuritishmoqda.

Biz ushbu maqolamizda sizlarni ular bilan qisqacha tanishtirmoqchimiz.

Yangilаndi: 14.01.2021 19:05
 

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

E-mail Chop etish PDF

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

Jahon energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchan energiya manbalarining ulushi ortgani sayin, hamda, ichki yonuv dvigateliga asoslangan an’anaviy avtomobillar o‘rnini elektromobillar egallashi asnosida, insoniyatning akkumulyatorlarga bo‘lgan ehtiyoji yana va yana ortib boradi. Bizga yaxshi tanish bo‘lgan akkumulyatorlar asosan metallar orqali kechadigan kimyoviy reaksiyalar evaziga ishlaydi va ushbu akkumulyatorlarni ishlab chiqarilishi uchun, qo‘rg‘oshin, marganets, kobalt va boshqa metallarning katta zaxiralari kerak bo‘ladi. Prognozlarga qaraganda, faqatgina elektromobillar uchun kerak bo‘lgan akkumulyatorlar bozori kelgusi 3 yil ichida har yili o‘rtacha 24 foizdan o‘sishi kutilmoqda va shu sababli, mutaxassislar akkumulyator ishlab chiqarish uchun zaruriy bo‘lgan metallar bozorida tanqislik yuzaga kelishi ehtimolidan xavotirga tushib qolishgan.

Yangilаndi: 06.01.2021 09:14
 

Mezelson-Shtal eksperimenti

E-mail Chop etish PDF

Mezelson-Shtal eksperimenti

Uotson va Krik o‘z tajribalari orqali DNK strukturasining qo‘shspiral shakliga ega ekanini ma’lum qilgach, har qanday ilmiy gipoteza singari, ushbu gipoteza ham boshqa olimlar tomonidan eksperimental tekshirishlardan o‘tkazildi. Xususan, 1957-yili Kaliforniya texnologiya universitetining molekulyar biologiya bo‘yicha mutaxassislari Metyu Mezelson (1930 y.t.) va Franklin Shtal (1929 y.t.) tomonidan qator eksperimentlar seriyasi amalga oshirildi. Ular qo‘llagan uslub molekulyar miqyosda juda o‘xshash bo‘lgan strukturalarning massasini farqlash imkonini bergan.

Yangilаndi: 03.09.2020 17:28
 

DNK

E-mail Chop etish PDF

DNK

DNK molekulasi qo‘shspiral shakliga ega bo‘lib, ushbu qo‘shspiraldagi har bir zanjir yangi molekulalarni yig‘ish uchun matritsa vazifasini bajaradi

Hozirda hammamiz yaxshi bilamizki, DNK molekulasi barcha tirik organizmlarning irsiy axborot tashuvchisi hisoblanadi va DNK molekulasini tasvirlovchi qo‘shspiral shakli hamma uchun taniqli bo‘lgan eng mashhur ilmiy ramzlardan biriga aylanib ulgurgan. DNKning kashf qilinishi ham, boshqa qator buyuk kashfiyotlar singari faqatgina bir olimning mehnatlari mahsuli bo‘lmay, balki, uzoq yillar mobaynida, juda ko‘plab ilmiy guruhlar va olimlar tomonidan olib borilgan izchil izlanishlar va eksperimental tadqiqotlar mahsulidir. Masalan, irsiy axborot tashuvchisi avval o‘ylaganimizdek, oqsillar emas, balki aynan DNK molekulasi ekanini Xershi-Cheyz eksperimenti isbotlab bergan edi. 1920-yillarga kelib esa, asli Rossiyalik bo‘lgan AQSh biokimyogar olimi Fibus Levin (1869-1940) tomonidan DNK molekulasini tashkil qiladigan asosiy unsurlar bu besh atomli dezoksiriboza shakari, fosfat guruhi va to‘rt xil azotli asos – timin (T), guanin (G), sitozin (C) va adenindan (A) iborat bo‘lishi aniqlandi. 1940-yillar oxirida esa asli Avstriyalik bo‘lgan yana bir AQSh biokimyogari Ervin Chargraff (1905-2002) DNKda timin va adenin miqdori teng bo‘lishini, shuningdek, guanin va sitozin ham o‘zaro teng miqdorda bo‘lishini aniqladi. Biroq, aytish kerakki, DNK molekulasidagi timin/adenin nisbati va guanin/sitozin nisbatlari har bir tur uchun o‘ziga xosdir.

Yangilаndi: 03.09.2020 15:27
 

π sonini cheksiz qator yig‘indisi sifatida ifodalanishi

E-mail Chop etish PDF

π sonini cheksiz qator yig‘indisi sifatida ifodalanishi

Cheksiz qator yig‘indisi cheksiz sonlar to‘plamining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Bu qatorlar matematikada muhim ahamiyatga ega. 1+2+3+... ko‘rinishidagi qatorlarda, qator uzoqlashuvchi ekani aytiladi. Ifoda almashinuvchi qatorlarda esa har bir ikkinchi hadning ishorasi manfiy bo‘ladi. Shundayin, ifoda almashinuvchi qatorlardan keltiriladigan bir misol, mana bir necha asrdan buyon matematiklarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Yunoncha π harfi bilan ifodalanadigan «pi» soni, aylana uzunligining uning diametriga nisbatini ifodalaydi. Uni ko‘rinishidagi oddiy formula orqali ifodalash mumkin. Shuningdek, trigonometriyadagi arktangens funksiyasini ham formulasi bilan ifodalash mumkin. Agar bu formulada arktangens uchun x=1 qiymatni qo‘ysak, unda, natijada cheksiz qatorga ega bo‘lamiz va uning yig‘indisi π/4 ga teng bo‘ladi.

Yangilаndi: 03.09.2020 13:55
 

Organik sintez

E-mail Chop etish PDF

Marselen BertloOrganik sintez

Gey-Lyussakning shogirdi bo‘lgan farang kimyogari Teofil Jyul Peluz (1807-1867) tomonidan 1834-yilda kaliy sianid ta’sirida alkilsernokislota tuzlari orqali sianidli alkillarni tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha yilning o‘zida Jan Batist Dyuma (1800-1884) tomonidan o‘yuvchi kaliy ta’sirida xloroformdan chumoli kislotasi hosil bo‘lishi aniqlandi. Shu tariqa, Dyuma galogen hosilalaridan gidroliz usuli bilan kislotalarni olish yo‘lini topgan edi.

1842-yilda ishqoriy metallarning amalgammasi orqali galogen hosilalarini tiklash usulini Melzens ismli kimyogar taklif qildi. Oradan besh yil o‘tib, 1848-yilda bir guruh olimlar – Jan Batist Dyuma, Malaguti, Leblan, Frankland hamda, Kolbyelar tomonidan kam uglerodli birikmalardan nitrillar vositasida kislotalarni olish usuli taklif qilindi. Shu paytning o‘zida, olmon kimyogari Erxald Micherlix (1794-1863), tarixda birinchi marta, to‘yingan azot kislotasi va oltingugurt kislotasi aralashmasi orqali, nitrobenzol va benzol moddalarini sintez qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilаndi: 02.09.2020 08:58
 

Galliy

E-mail Chop etish PDF

Galliy

Galliy – to‘rtinchi davrning o‘n uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 31. Formulasi Ga. Oddiy modda shaklidagi galliy oqish-kumush tusli, yumshoq mo‘rt metall

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi

Ushbu elementning tabiatda mavjudligi haqidagi Dmitriy Mendeleyev 1869-yilda ilmiy bashorat bergan. Mendeleyevning o‘zi 31-raqamli elementi «eka-alyuminiy» degan shartli nom bilan qayd etgan va uning muhim fizik va kimyoviy xossalarini ham bayon qilib bergan. Xususan, uning qaydlarida, 31-element oson eriydigan metall bo‘lishi taxmin qilingan.

Yangilаndi: 27.08.2020 15:24
 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

E-mail Chop etish PDF

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

Ilmiy manbalarda C/2020 F3 (NEOWISE) nomi bilan qayd etilayotgan kometani shu kunlarda shimoliy yarimsharda shom oqqandan keyin kuzatish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Kometa ancha xiraligi sababli uni oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin.

Mazkur kometaning o‘ziga xosligi shundaki, u juda cho‘zinchoq parabolik orbitaga ega bo‘lib, juda uzoq davriylikda – har 6766 yilda bir marta qaytar ekan. Shu yilning 27-mart kuni kashf qilingan mazkur kometani Samarqandlik havaskor astronom Ma’ruf Karaev suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Quyida ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz:

Yangilаndi: 23.07.2020 13:05
 

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

E-mail Chop etish PDF

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

Agar yulduzlarni fizik xossalariga ko‘ra diagrammaga terib chiqilsa, ular o‘z evolyutsion bosqichiga muvofiq, yaqqol namoyon bo‘luvchi guruhlarga ajraladi

Yulduzlarning turlari ko‘p. Diametri Quyoshnikidan 30 barobar katta bo‘lgan yulduzlar ham bor va shuningdek, yerdagi yirik bir shahar kattaligicha keladigan o‘lchamdagi yulduzlar ham bor. Shu darajada qaynoq yulduzlar borki, ularning nurlanish spektridagi asosiy rang – binafsharang bo‘ladi; qolaversa, yana shu darajada «sovuqroq» yulduzlar ham borki, ular spektrda to‘q-qizil rang bilan namoyon bo‘ladi va juda xira tortib qolgan bo‘ladi. XIX-asrda astronomiyada tub burilish sodir bo‘ldi. Olimlar mumtoz falakkiyotshunoslik ilmi – klassik astronomiyadan chetlashib, astrofizika sohasiga qadam qo‘ya boshladilar. Agar mumtoz astronomiyada markaziy savollar «Qayerda? qanday va qayoqqa harakatlanyapti?» qabilida qo‘yilgan bo‘lsa, endi, astrofizikada masalaning mohiyatini ochishi kerak bo‘lgan savollar «Bu nima o‘zi? Qanday kelib chiqqan va qanday tuzilgan?» - tarzida yangray boshladi. Bu boradagi qilinishi kerak bo‘lgan birlamchi vazifalardan biri, yulduzlarni hech bo‘lmaganda, tashqi qiyofasiga ko‘ra tasniflash masalasi edi. Aynan shu masala ustida bir-biridan mustaqil ravishda bosh qotirgan ikki olim – Daniyalik Eynar Gertsshprung (1873-1967) va AQShlik Genri Rassel (1877-1957) tomonidan hozirda astrofizikada keng qo‘llaniladigan va fanda «Gertsshprung-Rassel diagrammasini» deb yuritiladigan yulduzlar diagrammasi yaratilgan. Yozilishi va talaffuzi biroz qiyin bo‘lgani sababli, Gertsshprung-Rassel diagrammasini ko‘pincha «GR diagrammasi» deb qisqartiriladi.

Yangilаndi: 15.07.2020 18:55
 

Lyumen

E-mail Chop etish PDF

Lyumen

Lyumen – Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ga ko’ra, yorug‘lik oqimining birligi hisoblanadi. O’zbekcha belgilanishi lm, (кирилл алифбосида лм), xalqaro belgilanishi ham lm.

Ta’rifida ko’ra:
bir lyumen yorug'lik kuchi 1 kandela bo‘lganda 1 steradian fazoviy burchakdagi nuqtaviy manbadan tarqaladigan yorug'lik oqimiga teng bo‘ladi:

1 lm = 1 kd × 1 sr = 1 lk × m2

Yangilаndi: 13.07.2020 15:29
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12064578

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!