Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Vatt

E-mail Chop etish PDF

Vatt

Vatt – o‘zbekcha belgilanishi Vt (кирилл алифбосида Вт), xalqaro belgilanishi W bo‘lgan, Xalqaro Birliklar Tizimi – SI dagi quvvat fizik kattaligining o‘lchov birligidir. Bundan tashqari, vatt o‘lchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, o‘zgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari o‘lchanadi. Ushbu o‘lchov birligi shotland-Irland ixtirochi-mexanigi, bug‘ mashinasi ixtirochisi Jeyms Uatt (Vatt) sharafiga uning familiyasi bilan nomlangan.

SI qoidalariga ko‘ra, biror olim sharafiga qo‘yilgan hosilaviy birlik nomi matn ichida yozilganida, kichik harflar bilan yoziladi. Lekin, birlikning belgilanishi katta harflar bilan yoziladi. Shu sababli, quvvat birligi haqida gap ketganda, matn ichida vatt deb yozish to‘g‘ri bo‘ladi. Olimning o‘zi haqida gap borganda esa, Vatt, yoki, Uatt deb katta harflar bilan yozish kerak. Xuddi shu qoidalar, vatt orqali keltirib chiqariladigan boshqa hosilaviy birliklar uchun ham tadbiq etiladi. Masalan, energetik yorqinlik birligi matn ichida «vatt taqsim steradian-kvadrat metr» tarzida yoziladi, birlik tarzida esa  tarzida yoziladi.

Yangilаndi: 27.09.2016 09:23
 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari. (2-qism)

E-mail Chop etish PDF

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.
(2-qism)

 

Ko‘plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida avvalo o‘sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba’zan esa, o‘ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko‘plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to‘ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi «eng-eng» iborasi bilan qo‘shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o‘rin berilgan.

Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz. (Maqolaning davomi)

Yangilаndi: 26.09.2016 09:16
 

Giposikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Giposikloidalar

Giposikloida – qo‘zg‘almas aylana ichida joylashgan, radiusi ushbu aylanadan kichikroq bo‘lgan ikkinchi aylanaga tegishli nuqtaning harakati chizadigan trayektoriyalarning umumiy nomidir. Bunda ichkaridagi kichik aylananing, ya'ni harakatlanuvchi aylananing radiusi b bilan; tashqi katta aylana, ya'ni, qo‘zg‘almas aylananing radiusi a bilan belgilanadi. Shuni e’tiborga olish muhimki, giposikloidada har doim a radiusdan b radius kichik (b<a) bo‘lishi shart. Ushbu radiuslarning o‘zaro nisbati, ya'ni, a/b ning qiymatiga qarab, giposikloidalarning shakli ham turlicha bo‘ladi. Masalan, a radius b radiusdan ikki barobar katta bo‘lsa, unda kichik aylanadagi nuqtaning harakatidan, katta aylananing diametrini ifodalovchi kesma hosil bo‘ladi. Diametr esa to‘g‘ri chiziq ekanini inobatga olsak, aynan shu holatda, ushbu giposikloida misolida biz to‘g‘ri chiziq (kesma) ham egri chiziqning xususiy holi ekanini ko‘rishimiz mumkin. a/b nisbatning kattalashishi bilan, borgan sari yangi-yangi turdagi egri chiziqli giposikloida shakllar hosil bo‘la boshlaydi. Ushbu giposikloidalarning a/b=n nisbatda, uchlari ham doimo n ga teng bo‘ladi. Quyidagi tasvirlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi misollarni ko‘rishingiz mumkin:

Yangilаndi: 23.09.2016 11:17
 

Sikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Sikloidalar

Sikloidalar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab aylanma harakat qilayotgan aylanadagi aniq bir nuqtaning trayektoriyasi sifatida ta’riflanadi.

Sikloidalarni ko‘plab mashhur matematiklar o‘rganishgan. Ushbu egri chiziqlarni mufassal tekshirgan dastlabki olimlardan biri mashhur olim, zamonaviy fizika fanining otasi bo‘lmish Galileo Galileydir (1564-1642). Biroq, Galileyning bu borada omadi chopgan deyish qiyin. Xususan u, sikloida va tekislik orqali chegaralangan yuzani hisoblashga ko‘p bora urinib, buni uddalay olmagan. U hatto metall plastinadan xuddi shunday egri chiziqli shaklni yasab, uning yuzasini sof fizik o‘lchashlar orqali ham hisoblamoqchi bo‘lgan, lekin baribir maqsadiga yeta olmagan. Ushbu shaklning yuzini aniq hisoblashni birinchi bo‘lib Rene Dekart (1598-1650) uddalagan.

Yangilаndi: 21.09.2016 10:54
 

Kim qancha tosh bosadi?

E-mail Chop etish PDF

Kim qancha tosh bosadi?
yoxud, biomassa haqida...

Odamzot o‘zini Yer sayyorasining egasi deb o‘ylaydi. Ko‘pchilikning g‘aliz tushunchasiga ko‘ra, biz – Yerdagi eng asosiy mavjudotmiz. Bir qarashda bu mutlaqo to‘g‘ri va yaqqol haqiqatdek ko‘rinadi: qayoqqa qaramang, har tarafda inson omili, uning faoliyati ta’sirini ko‘rish va kuzatish mumkin. Lekin, vaziyatga xolis baho beradigan bo‘lsak, biz Yerda unchalik ham asosiy mavjudot emasmiz...

Ayniqsa, biz Yerdagi biomassa nuqtai nazaridan qaralganda, hech vaqo emasmiz. Biomassa deganda – Yerda yashayotgan barcha-barcha tirik organizmlarning umumiy massasi nazarda tutiladi. Yer biomassasini aniq raqamlar bilan hisoblab chiqish juda mushkul. Lekin, dag‘al yaxlitlash orqali hisoblangan ma’lumotlarga ko‘ra, bakteriyalarni inobatga olmaganda, bugungi kunda Yerda 1,7 trillion tonna tirik biomassa mavjud. Ushbu biomassaning hayratlanarli darajada katta ulishi o‘simlik dunyosi hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘simliklar, Yerdagi tirik organizmlarning 99% qismini tashkil qiladi. Qolgan barcha tirik mavjudotlar – hayvonlar, baliqlar, hashoratlar va ho kazolar jumlasidan odamzot ham qo‘shib hisoblaganda, biomassaning atiga 1% qismini tashkil etadi xolos!

Yangilаndi: 19.09.2016 10:09
 

Fuko mayatnigi

E-mail Chop etish PDF

Fuko mayatnigi

«Yer aylanadi!» - degani uchun Jordano Brunoni dahriylikda ayblab, gulxanda tiriklayin yoqib yuborishgan. Aynan shu tasdiq uchun Galileo Galiley uzoq muddat inkvizatsiya sudining qiynog‘ida bo‘lib, kasallanib jon bergan...

Qanchalik ayanchli bo‘lmasin, yuqorida aytilgan gaplar tarixiy haqiqat. Bugungi kunda Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini adashmasam 4-sinf tabiatshunoslik darsligidan boshlab, hammaga tushuntiriladi va zamonamizda Yerning aylanishiga shubha qilguvchilar qolmagan bo‘lsa kerak. Biroq, Brunoning hayotiga zomin bo‘lgan ushbu haqiqatni olimlar inkor etib bo‘lmas aniq tajriba va dalillar orqali isbotlashganiga ham ko‘p bo‘lgani yo‘q.

Yangilаndi: 17.09.2016 12:59
 

Trevizo arifmetikasi

E-mail Chop etish PDF

Trevizo arifmetikasi

XV-XVI asrlarga oid Yevropa arifmetik matnlari odatda suhbat, yoki hikoya tarzida bayon qilingan matematik masalalardan iborat bo‘ladi. O‘sha masalalarning aksariyati esa, savdo va oldi-sotti muomalalari bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan misollar vositasida muhim matematik usullar va g‘oyalarni tushuntirishga uriniladi. Umuman olganda, matnli masalalar orqali matematika o‘rganish an’anasi juda qadimiy amaliyot bo‘lib, qadimgi Misr, Xitoy va Hindistonga tegishli ko‘hna yozma manbalarda ham, matematik masalalarni matn-hikoya ko‘rinishida bayon qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, XV asr Italiyasiga taalluqli bo‘lgan «Trevizo arifmetikasi» asarini ham mohiyatan shunday matni matematik masalalar to‘plami va ularni yechish usullari keltirilgan izoh-qo‘llanma deb e’tirof etish o‘rinlidir. Ushbu asardagi masalalarning qahramonlari odatda savdo-sotiq muomalasida ishtirok etayotgan savdogar yoki xaridorlar bo‘lib, ular sarmoyani to‘g‘ri taqsimlash, yoki, xaridda aldanib qolmaslik uchun qandaydir hisob-kitoblarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Ushbu kitob italyan tilining Venetsiya lahjasida bitilgan bo‘lib, 1478 yilda Italiya shimolidagi Trevizo shahrida bosmadan chiqqan. Shu sababli ham ushbu kitob «Trevizo arifmetikasi» deb ataladi.

Yangilаndi: 16.09.2016 10:43
 

Maksvell iblisi

E-mail Chop etish PDF

Maksvell iblisi

Maksvell iblisi – o‘ylab topilgan xayoliy timsol bo‘lib, u shotland fizigi Jeyms Klark Maksvellning ilmiy farazlari mahsulidir. Garchi u uydirma timsol bo‘lsa hamki, jahonning eng yuksak zakovat egalari uchun ham o‘tkir aqliy xurujlarga sababchi bo‘lgan. Maksvell iblisi haqida qayd etib o‘tilgan ilmiy adabiyotlar esa, termodinamika, statistik fizika, kvant mexanikasi, axborot nazariyasi, kibernetika, hisoblash texnikasining imkoniyatlari chegaralariga oid masalalar, biologiya, hamda, umuman olganda fan falsafasiga oid sohalarini qamrab oladi.

Maksvellning taklif etgan xayoliy faraziga ko‘ra, ushbu iblis shunday bir ongli mavjudotki, u termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini inkor eta oladi. Ya'ni, mohiyatan termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni qoidalariga zid bo‘lgan fizik hodisalarni yuzaga keltira oladi. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining o‘sha zamonlarda ommalashgan dastlabki ta’riflaridan biriga ko‘ra, yopiq tizimning to‘liq entropiyasi (tartibsizlik o‘lchovi), vaqt mobaynida muttasil ortib boradi va qandaydir maksimal qiymatga to‘xtovsiz yaqinlashib boradi. Boz ustiga, ushbu bosh qonunga ko‘ra, issiqlik sovuq jismdan harorati balandroq bo‘lgan issiq jismga o‘z-o‘zidan o‘ta olmaydi.

Yangilаndi: 15.09.2016 10:13
 

Yorug‘likning elektromagnit nazariyasi

E-mail Chop etish PDF

Yorug‘likning elektromagnit nazariyasi

© http://www.electrolibrary.info/historyO‘z   vaqtida Nyuton yorug‘lik haqida mulohaza yuritar ekan,  bu haqida, «yorug‘lik – tezligi deyarli cheksiz bo‘lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi» deb ta’kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo‘lgan yana bir mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug‘lik – to‘lqin  tabiatiga ega bo‘lib, u xuddi tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g‘oyani ilgari surardi. Taassufki, Gyuygensning g‘oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo‘lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o‘tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta’kidlariga ishonib qo‘ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto‘g‘ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi...

Yangilаndi: 14.09.2016 10:45
 

Orbital stansiyalar

E-mail Chop etish PDF

Orbital stansiyalar

XX asrning 60-yillari oxirida NASA Oyni o‘zlashtirish bilan mashg‘ul ekan, SSSR kosmik dasturlari o‘z oldidagi ustuvor maqsadlarni qayta ko‘rib chiqdi. Sobiq Ittifoq kosmik muhandislarining fikricha, basharti odamzot koinotni o‘zlashtirishni maqsad qilgan ekan, unda, koinotning shafqatsiz sharoitlarida yashashni o‘rganishi va ko‘nikishi lozim edi. Shu maqsadda, 1971 yilda tarixda ilk kosmik stansiya orbitaga chiqarildi. U orbitada Yer atrofida aylanib, ilk kosmik tadqiqot-sinovlari o‘tkazilishida boshpana bo‘lib xizmat qildi.

Yangilаndi: 13.09.2016 09:26
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 29 sаhifа

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://tafsilot.uz/
tafsilot.uz - Ахборот-таҳлилий сайт.
Aql.uz
Aql uchun ozuqa
Alishernavoiy.uz
Buyuk mutafakkir ajdodimiz xazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 292
Kiritilgan mаqolalar soni : 662
O'qilgan sahifalar soni : 1458060

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov