Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Maykl Faradey

E-mail Chop etish PDF

Maykl Faradey

Faradey o‘z umri davomida shunchalik ko‘p ixtiro va kashfiyotlar qilganki, ular asosida yana boshqa o‘nlab olimlar o‘z nomini fan tarixiga muhrlashi mumkin edi.

Maykl Faradey 1791-yilning 22-sentyabrida Londonda tavallud topdi. U tug‘ilgan joy Londonning eng qashshoq mahallalaridan biri edi. Faradeyning otasi oddiy temirchi usta, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Ular otxona ustiga qurilgan bostirma uyda yashashgan. Faradeyning bolalik yillari shunday og‘ir sharoitda, moddiy nochor ahvolda o‘tgan. U muttasil to‘yib ovqatlanmaslik va yupun kiyinishga majburligi tufayli juda nozik bola bo‘lgan.

Maykl Faradey maktab yoshiga yetgach, ota-onasi unga boshlang‘ich ta’lim berish uchun yaqin oradagi maktabga berishadi. Maktabda esa kambag‘al oila farzandlari uchun mo‘ljallangan eng birlamchi minimum o‘quv dasturi bilan cheklanilgan. Shunga ko‘ra, Maykl o‘qishni, yozishni va sanashni o‘rganib olishi bilan uni yana maktabdan chiqarib yuborishgan. Boshqa bilimlar, xususan, matematika, biologiya, tarix singari jiddiy fanlarni o‘zlashtirishga maktabda imkon berilmasdi va buning uchun pullik maktablarga borsh kerak edi. Lekin bunga Faradeylar oilasining moddiy imkoni yetmasdi.

Yangilаndi: 22.09.2018 10:53
 

Dengiz mili

E-mail Chop etish PDF

Dengiz mili

Dengiz mili – asosan dengizchilikda va qisman aviatsiyada qo‘llaniladigan, shuningdek dengizbo‘yi mamlakatlarida hududiy qirg‘oq masofasi va hududiy suvlar chegarasini belgilash uchun ishlatiladigan masofa o‘lchov birligi bo‘lib, SI Xalqaro Birliklar Tizimiga kirmaydigan birlikdir. Belgilanishi OTXQ va Xalqaro gidrografiya jamiyati qoidalariga ko‘ra M tarzida qabul qilingan (inglizcha mile so‘zidan). Lekin, fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti NM tarzida (Nautical Mile so‘zlarining bosh harflaridan), hamda ayrim boshqa tashkilotlarda nm tarzida belgilanishi ham uchrab turadi. Lekin, ushbu nm tarzida belgilanishi O‘TXQ tomonidan ma’qullanmagan va qo‘llashga tavsiya etilmaydi. Chunki, u nanometr birligining belgisi bilan aynan bir xil bo‘lib qoladi. O‘zbekchada qisqartma tarzida DM deb yozilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yangilаndi: 17.09.2018 10:22
 

Koinotning qurilish ashyosi

E-mail Chop etish PDF

Koinotning qurilish ashyosi

Kitobda kimyoviy elementlarning tasniflanish tizimi va ularning xossalari haqida qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Muallif muayyan kimyoviy element haqida so‘z yuritarkan, uning turmushda va texnikada ishlatilishi, fizik va kimyoviy xossalari va hatto sanoatda va san’atda qo‘llanishi borasida mukammal ifodali so‘z yuritadi. Matn davomida, davriy jadvaldagi har bir elementga alohida-alohida to‘xtalib, shu bilan birga, elementlarni inson hayoti, texnika va ilm-fan uchun ahamiyatiga qarab, guruhlarga taqsimlagan holda ko‘rib chiqiladi. Bu orqali, nafaqat bizning galaktikamiz, balki, butun Koinotning qurilish materiali hisoblanadigan kimyoviy elementlar haqida kitobxonga sodda, tushunarli va ommabop tilda ma’lumot yetkazishga harakat qilingan.

Kitob uzoq 1974-yilda nashrdan chiqqani va o‘tgan 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda, xususan, kimyoda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e’tiborga olib, mavzular zamonaviy kimyo ilmi yutuqlari asosida tarjimon tomonidan baholi qudrat to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz korsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 11.09.2018 13:27
 

Oy toshlari

E-mail Chop etish PDF

Oy toshlari

Yerdan turib ham qurollanmagan ko‘z bilan sirtini kuzatish mumkin bo‘lgan yagona osmon jismi – Oy bo‘ladi. Oyni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar butun boshli mustaqil fan – selenologiyani shakllantirgan. Oyga uyishtirilgan kosmik parvozlar esa uning sirtiga oid jinslarni, ayniqsa, Oy toshlarini o‘rganish imkonini berdi. Oy toshlarining oxirgi partiyasi Yerga 1976-yilda keltirilgan edi.

Oy bizga faqat bir tarafi bilan qarab turadi. Lekin bu Oy umuman harakatsiz degan noto‘g‘ri taassurot uyg‘otmasligi lozim. Oy ham o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Lekin, uning o‘z o‘qi atrofida aylanish jarayoni juda olis uzoq o‘tmishda uning Yer atrofida aylanish jarayoni bilan sinxronlashib, uyg‘un monandlikka kelgan. Ya’ni, Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri uning Yer atrofini aylanib chiqish davriyligi bilan tenglashib qolgan va shu sababli, har ikkala jism muttasil aylanishda bo‘lgani bilan, baribir biz Oyning faqat bir tarafini ko‘ramiz.

Yangilаndi: 15.09.2018 13:50
 

Chang va g‘ubor bo‘lmasa...

E-mail Chop etish PDF

Chang va g‘ubor bo‘lmasa...

(Ayzek Azimovdan tarjima asosida)

O‘lim qosh bilan qovoq orasidan ham yaqin degan iborada jon bor. Bir muddat avval bizning xonadonimiz a’zosidek bo‘lib qolgan to‘tiqushimiz o‘ldi. U 5 yoshda edi. Biz uni juda ham yaxshi ko‘rardik. U doim diqqat markazimizda bo‘lib, xonadonimizning katta-yu kichik barcha a’zosining mehri tushgan jonivor edi. Biz unga yaxshi qarardik. Vaqtida suvini yangilardik, qafasini tez-tez tozalardik va doim ozuqasini berib borardik. Uni xona bo‘ylab uchishga ham ko‘p qo‘yib yuborardik. Unga ayrim qisqa so‘zlarni ham o‘rgatdik. Yelkamizga qo‘nsa va biz ovqat yeyayotgan likopdan uvoq cho‘qisa indamasdik. Qaytanga, bundan xursand bo‘lardik ham. Xullas, biz o‘zimiz ham uni xuddi oilamiz a’zosidek ko‘rardik va unga ham o‘zini shunday his qilishiga imkon berardik.

Yangilаndi: 14.09.2018 19:01
 

Rind papirusi

E-mail Chop etish PDF

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma’lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus – yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

 

Xoll effekti

E-mail Chop etish PDF

Xoll effekti

1879-yilda amerikalik fizik Edvin Xoll qiziq bir fizik tajriba o‘tkazdi. U yupqa to‘rtburchak oltin plastinani kuchli magnit maydoniga, ushbu magnit maydoni tekisligiga perpendikulyar tarzda joylashtirdi. Keling, x va x´  o‘sha tilla to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomonini ifodalasin; y va y´ esa qolgan yana ikkita qarama-qarshi tomoni bo‘lsin. Olim tilla to‘rtburchakning x va x´  tomonlariga batareykaning qutblarini uladi va tok x yo‘nalishda oqishni boshladi. Shunda Xoll hayrat bilan shuni kuzatdiki, y va y´ tomonlar orasida ham muayyan elektr kuchlanishi yuzaga keldi. Ushbu kuchlanish esa, tokning zichligi va magnit maydoni qiymati Bz ning ko‘paytmasiga proporsional ekan. Ko‘p yillar mobaynida, Xoll effektidan amaliy foydalanish sohasini topish qiyin bo‘ldi. Chunki, bunda hosil bo‘layotgan kuchlanish qiymati juda past edi. Lekin, ushbu effekt, XX-asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz sondagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalarida anchayin foydali manba sifatida qo‘llanildi. Aytish joizki, Xoll tomonidan bunday past kuchlanishni kashf qilishi, elektron kashf qilinishidan naq 18-yil avvalroq sodir bo‘lgan edi.

 

Moddaning agregat holatlari

E-mail Chop etish PDF

Moddaning agregat holatlari

Modda oddiy sharoitda qattiq, suyuq, yoki, gaz holatida bo‘lishi mumkin, shuningdek, moddaning plazma holati ham mavjud.

Har qanday narsa molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, uning fizik xossalari, o‘sha molekulalarning o‘zaro qanday ta’sirlashayotgani, hamda, qanday tartibda joylashgani bilan bog‘liq. Kundalik turmushda, ya’ni, oddiy sharoitlarda biz moddalarning uch xil agregat holatini, ya’ni, qattiq, suyuq, va gaz holatlarini kuzatamiz.

Gaz o‘zi egallagan hajmni to‘liq to‘ldirmaguncha kengayaveradi. Agar biz gaz moddaga molekulyar miqyosda nazar solsak, unda har yoqqa betartib harakatlanib, ora-sirada o‘zaro to‘qnashib ham turgan ko‘p sonli molekulalarni ko‘ramiz. Lekin bu molekulalar bir-biri bilan deyarli ta’sirlashmaydi. Agar hajmni kichraytirilsa, yoki, kattalashtirilsa, molekulalar yangi hajm ichida ham bir me’yorda, ravon tarqaladi. Gazlarning harorati va bosimi singari makroskopik xususiyatlari bilan uning molekulyar xossalari o‘rtasidagi aloqadorlikni molekulyar-kinetik nazariya o‘rganadi.

Yangilаndi: 08.09.2018 10:29
 

Seni qutlayman, notanish!

E-mail Chop etish PDF

Seni qutlayman, notanish!

Hamma joyda bo‘lgani singari, ilm-fanda ham moda ketidan quvish degan narsa mavjud. Agar siz biror ilmiy yangilikka qo‘l urib, ko‘pchilik uchun kutilmagan, noodatiy va eng muhimi – muvaffaqiyatli tajribani uddalasangiz, siz hali fikringizni jamlab olishingizdan avval sizga taqlid qilib, muvaffaqiyatingizni o‘z nomi ostida takrorlashni istovchi bir gala odamlar paydo bo‘ladi.

Ilm-fandagi bunday misollar talaygina. Xususan, 1898-yilda Uilyam Ramzay va Moris Uilyam Travers tomonidan kashf qilingan ksenon elementini olish mumkin. U tegishli bo‘lgan kimyoviy element guruhidagi boshqa elementlar singari, ksenon ham suyuq havodan ajratib olingan. Qizig‘i shundaki, havoda ushbu elementning mavjudligini, havo tarkibi qizg‘in tadqiq etilgan o‘sha asr mobaynida hatto taxmin ham qilinmagan edi. Tadqiqotchilar havo tarkibida g‘alati va notanish elementni ko‘rib ozmuncha hayratga tushishmagan o‘shanda. Shuning uchun ham, ksenon nomining o‘zi o‘sha paytdagi kimyogarlarning hayrat va ajablanishi ifodasi o‘laroq dunyoga kelgan. Uning ma’nosi yunon tilidagi notanish, begona va g‘alati ma’nolarini beruvchi xenon so‘zidan kelib chiqqan edi.

Yangilаndi: 08.09.2018 10:07
 

Buyumlar interneti – bu nima degani o‘zi?

E-mail Chop etish PDF

Buyumlar interneti – bu nima degani o‘zi?

Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi – yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi – kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz.

Yangilаndi: 05.09.2018 13:11
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 45 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o‘zaro o‘girish uchun mo‘ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug‘at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
ekodunyo.uz
O‘simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3390833

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)