Ralf Govard Fauler
Ralf Govard Fauler
Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) - ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qo‘ygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bag‘ishlangandir.
Ralf Fauler, 1889-yil 17-yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill o‘rta maktabiga o‘qishga o‘tgan. o‘rta ta'limni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning iste'dodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bo‘lib, u Vinchester maktabidagi o‘quvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika bo‘yicha bir necha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. U 1906-yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bo‘lib, universitetda o‘qish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan. 1908-yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yo‘nalishiga o‘qishga kiradi va mazkur oliygohni 1911-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913-yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915-yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega bo‘ladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning o‘ziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:51
|
NBYGJZ YBCBS
NBYGJZ YBCBS
(ZPYWE LSJQUPHSBGJZB IBRJEB)
PSCJUBOWRUBWA TBZUJEBHJ WTICW NBRPMB PSRBMJ TJAMBS WDIWO LSJQUPHSBGJZB, ZB'OJ NBYGJZ YBCBS BMNBTIJOJTI UFYOJLBTJ IBRJEB NB'MWNPU CFSJTIOJ NBRTBE RJMHBO FEJL.
Yuqoridagi ikki satr g‘alati yozuvlar nimani anglatishini tushunolmay xunob bo‘lmayapsizmi ishqilib? Albatta kimlardadir bu borada ma'lum tushunchalar bordir; lekin saytimizning ko‘plab o‘quvchilari uchun yuqoridagi so‘zlar g‘alati va tushunarsiz tuyulishi tabiiy. Boshingizni qotirmay, maqsadga ko‘cha qolay: ushbu maqola kriptografiya, ya'ni, kodlash orqali maxfiy xat-xabar almashinish haqida. Mazkur yozuvlarning mazmuni bilan maqola so‘ngida tanishishingiz mumkin. Qiziq bo‘ladi degan umiddaman.
Agar XX-asr boshlarigacha ham, kriptologiyaning ahamiyati, diplomatik qutqular belgisi yoki, sarguzasht roman yozuvchilarining kitobxonni jalb qilish vositasi sifatida qaralgan bo‘lsa, asr o‘rtalari va yakuniga kelib u jahondagi deyarli har bir kishi uchun kundalik foydalanadigan oddiy maishiy yumushlar tarkibiga singib ketdi. Shuningdek kriptologiyaning ilmiy, ayniqsa matematik tashkil qiluvchi asosining murakkablik darajasi ortdi.
Xat-xabarni shifrlash va shifrdan yechish anchayin murakkab ish; uning uchun huddi shoxmotchilarniki singari kuchli mantiqiy va aqliy salohiyat talab etiladi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:54
Elektroliz
Elektroliz
Elektroliz - eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektrokimyoviy oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo‘shiladi va bu yerda sodir bo‘ladigan reaksiyalar, elektrokimyoviy tiklanish reaksiyalari bo‘ladi.
Elektroliz 1833-1834 yillarda ingliz olimi M.Faradey ochgan qonunlarga bo‘ysunadi.
Faradeyning birinchi qonuni shunday ta'riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o‘tgan elektr zaryadi miqdoiri q ga to‘g‘ri proporsional: M=kq.
Proporsional koeffitsienti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o‘tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig‘ida I o‘zgarmas tok o‘tganda q=I·t va M=k·I·t bo‘ladi.
Yangilаndi: 21.11.2018 17:21
Differensial tenglamalar
Dlfferensial tenglamalar
Mualliflar: R.S. Guter, A.R. Yanpolskiy
Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika,
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1978-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: o‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 22.11.2018 14:04
Difraksiya
Difraksiya
Agar yorug‘lik yo‘liga ekran qo‘yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo‘ladi. Tovushning yo‘lini to‘sish esa unchalik oson ish emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin. To‘lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To‘lqin uzunligi to‘siqning o‘lchamlari bilan taqqoslanarli bo‘lganida difraksiya namoyon bo‘ladi. Tovush to‘lqinlarining nisbatan uzunligi (ular metrlarda o‘lchanadi) tufayli, ular to‘siq chetlaridan osongina aylanib o‘ta oladi. Suvning sirtida ham to‘lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. To‘lqin uzunligi mikrometrning ham ulushli tartiblarida bo‘lgan yorug‘lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug‘lik nurlari doimo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi deb hisoblanar edi.
1815-yilda farang muhandisi O.Fernel, Napaleonning Elba orolidan qaytib kelishi munosabati bilan, unga qarshi harakatlarda qatnashganligi uchun, majburiy iste'foga chiqarilgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i - Matyega jo‘nab ketgan. Tabiatan qiziquvchan bo‘lgan muhandis, o‘z vaqtini ko‘p qismini optik tadqiqotlar o‘tkazishga sarflagan. U ingliz olimi Tomas Yungning yorug‘lik interferensiyasi haqidagi tajribalaridan xabardor bo‘lib, ularni amalda takrorlashni maqsad qilib oldi. Biroq u, mazkur tajribalarda shunchaki takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki o‘ziga xos bo‘lgan jiddiy sinchkovlik va mulohazalar evaziga boshqa bir katta ilmiy muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo‘ldi. U o‘zi qayd etgan natijalarni, Farang Fanlar akademiyasining 1818-yildagi ilmiy ishlar tanloviga taqdim etdi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:55
Zamonamiz alkimyogarlari
Zamonamiz alkimyogarlari
Yadro reaksiyalari bu - har qanday kimyoviy unsurni oltinga aylantirishni orzu qilgan va buning ilinjida ming bir xil aralashma, qotishma va eritmalarni tayyorlab ko‘rgan o‘rta asr alkimyogarlarining ro‘yobga chiqqan istaklaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, ularning istaklari aynan o‘sha holatda (ya'ni, istalgan unsurni tillaga aylanitiradigan tarzda) amalga oshgani yo‘q: elementlarning yadrolarini parchalash yoki biriktirish bilan tilla paydo bo‘lmaydi. Ammo, bunday yadro reaksiyalarining borishi davomida ajralib chiqadigan energiyani haqiqiy oltindan nimasi kam?
Yangilаndi: 25.12.2018 14:57
Elektron ozib qoldi... yoxud "nodoimiy" "doimiylar"
Elektron ozib qoldi... yoxud "nodoimiy" "doimiylar"
Elektron massasi 0.00054857990943(23) emas, balki, 0.000548579909067(14)(9)(2) massaning atom birligini tashkil etadi (qavs ichida, aniq o‘rnatilmagan son qiymatlar keltirilmoqda). Massaning birligining o‘zi esa, 1.66·10−27 kg ni tashkil etadi. Bunday "mayda" sonlar kimga kerak o‘zi?
Elektronning massasi shu darajada kichikki, hatto atiga bitta proton va bitta elektronga ega bo‘lgan vodorod atomining massasini aniqlashda, elektronning massasini e'tiborga olmasa ham bo‘laveradi. Biroq uning massasi – biz yashayotgan butun borliq, olamning tabiatini tavsiflovchi eng asosiy fizik doimiylardan (konstantalardan) biridir. Bu ma'noda esa, uning massasi bilan hisoblashmaslik haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Bu boradagi eng katta aniqlikka ega o‘lchashlar, bundan bir necha yillar avval amalga oshirilgan bo‘lib, uning qiymati 2006-yilda O‘TXQning Fan va Texnika Muvofiqlashtirvchi Qo‘mitasi (CODATA) tomonidan rasman qabul qilingan va SI tizimi doirasida butun dunyo bo‘yicha amaliy va nazariy hisoblashlar uchun joriy etilgan edi. Yanada kattaroq (bizning misolimizda yanada kichikroq) natijaga erishishga, aniqrog‘i, elektron massasining yanada aniqroq qiymatini qayd etishga, Olmoniya Yadro fizikasi Institutining Maks Plank nomidagi ilmiy jamiyati fizik olimlari urinib ko‘rishdi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:58
Umumiy ximiya (Glinka)
Umumiy ximiya
Mualliflar: N.L. Glinka
Tematik yo‘nalishi: Kimyo
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1971-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 22.10.2019 17:28
Jozayya Uillard Gibbs
Jozayya Uillard Gibbs
Jozayya Uillard Gibbs (inglizcha Josiah Willard Gibbs) - Amerika fizigi, buyuk fizik-kimyogar, matematik va mexanik. Kimyoviy termodinamika asoschisi, termodinamikaning matematik nazariyasi, vektor tahlillari va statistik fizika fanlarining poydevorini qurgan buyuk olimlardan biri. Uning mazkur sohalarda amalga oshirgan tadqiqotlari va nazariy qarashlari, zamonaviy ilm-fan rivojiga juda katta ta'sir o‘tkazgan.
Jozayya Gibbs, 1839-yilning 11-fevral sanasida, Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida tug‘ilgan. o‘rta ta'limni, 15-yoshida, Hopkins maktabida tamomlab, Yel kollejiga o‘qishga kirgan va 1858-yilda, mazkur kollejni a'loga tamomlab, eng ilg‘or o‘quvchilar safida, matematika va lotin tili bo‘yicha yutuqlari uchun maxsus mukofotga erishgan. Shundan so‘ng u, 1863-yilda Yeldagi Sheffild Ilmiy Maktabida, "Tishli uzatmalar uchun g‘ildirak tushlarining shakli haqida" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi va AQSH tarixida birinchi bo‘lib, "Texnika fanlari doktori" ilmiy unvonini qo‘lga kiritadi. Keyingi ikki yil davomida u Yel universitetida lotin tili va tabiiy fanlar falsafasi fanlaridan dars beradi. 1866-yilda, ta'limni davom ettirish maqsadida Yevropaga yo‘l oladi va avvaliga Parij va Berlinda bir yildan yashab, ta'lim oladi. Keyin esa Geydelbergga ko‘chib o‘tadi va o‘sha yerda mashhur olmon olimlari Kirxgof va Gelmgoltslar bilan tanishadi. o‘sha yillarda olmonlar kimyo, fizik-kimyo va termodinamika borasida yetakchi ilmiy salohiyat egalari hisoblanishar edi. Gibbs ular bilan o‘z g‘oyalari va ilmiy qarashlari borasida fikr almashib, chuqur tajriba orttirishiga erishgan.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:59
Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar
Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar
Muallif: N.V. Bogomolov
Tarjimonlar: H. Alimov, M. Sagdullayev
Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika, masalalar to‘plamlari, amaliy mashg‘ulotlar
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1976-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Yangilаndi: 25.12.2018 15:01
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 41 sahifasi, jami 54 sаhifа |