Olmeklar kompasi
Olmeklar kompasi
Yuz yillar mobaynida dengizchilar yo'nalishni aniqlash, ya'ni, Yerning shimoliy magnit qutbini belgilash uchun magnit strelkali kompasdan foydalanib kelishgan. Mezoamerika (markaziy Amerika) hududida eramizdan avvalgi 1000-yillarda yashagan Olmek qabilalari qo'llagan kompas, ehtimolki yer yuzidagi eng qadimgi kompas bo'lsa kerak. Olmek tamadduni hozirgi Meksika davlati hududida eramizdan avvalgi 1400-1000 yillar orasida gullab-yashnagan bo'lib, ushbu sivilizatsiya hayotidan bizga, vulqon jinslarida o'yib yasalgan ulkan odam boshi haykallari hikoya qilib turibdi.
Yangilаndi: 10.02.2025 15:32
Silashi ko'pyog'i
Silashi ko'pyog'i
Ko'pyoq deb, yoqlari tekisliklardan va qirralari to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan uch o'lchovli jismlarni aytiladi. Kub, to'g'ri tetraedr singari ko'pyoqlarni deyarli hamma yaxshi taniydi. To'g'ri tetraedr bu - teng yonli uchburchaklardan yasalgan to'rt tomonli piramidadir. Ko'pyoqni "to'g'ri ko'pyoq" deb atash uchun, ushbu ko'pyoqning hamma yoqlari teng bo'lishi kerak.
Silashi ko'pyog'ini 1977-yilda vengr matematigi Layosh Silashi tomonidan aniqlangan. Silashi ko'pyog'i geometriyada geptaedr, ya'ni, yettiyoq deb yuritiladi (ya'ni, uning yettita yoqlari mavjud). Yetti yoqlarning har biri oltiburchaklardan iborat bo'lib, 21 ta qirra va 14 uchga va bitta tirqishga ega. Silashi ko'pyog'i 180° lik simmetriyaga ega. Yoqlarning uch jufti o'zaro kongruentdir. Ya'ni, ular bir xil o'lcham va shaklga egadirlar. Qolgan yoqlar esa o'zaro simmetrik oltiburchaklardan iborat.
Yangilаndi: 26.02.2025 09:00
Ta'sir etuvchi massalar qonuni
Ta'sir etuvchi massalar qonuni
Kimyoga oid ilmiy va o'quv adabiyotlarida "ta'sir etuvchi massalar qonuni" ushbu fundamental fanning eng asosiy qonunlaridan biri sifatida keltiriladi. Kimyoviy o'zaro ta'sir jarayoni ta'sirlashayotgan massalarning miqdoriga bog'liq ekanini ham organik kimyo, ham anorganik kimyo sohalaridan kelib chiqayotgan faktlar yaqqol isbotlab turardi. Avvaliga G. Roze 1851-yilda va keyinroq Bunzen 1853-hamda, Gledston 1855-yillarda kimyoviy reaksiyalarning borishida muayyan sharoit hozirlansa, unda reaksiya yo'nalishini o'zgartirib, kimyoviy shakl almashinishlarni teskari tomonlama qayta tashkil qilish mumkinligini ko'rsatib berishdi. 1857-yilda esa, farang kimyogari Sent-Kler Devil (1818-1881) kimyoviy birikmalarning parchalanishi, ularning to'liq parchalanish haroratidan ham pastroq haroratlarda ham boshlanishi mumkinligini isbotlab berdi.
Yangilаndi: 04.02.2025 13:51
Tribolyuminessensiya
Tribolyuminessensiya
Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo'yi keluvchi kaktuslar o'sib yotgan cho'ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig'ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go'yoki, o'lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo'ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun, siz boya sahrodan yig'ib kelgan kvarts bo'laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo'lidan qandaydir sirli yog'dular, chaqnashlar bilan o'qtin-o'qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo'jiza yuz beradigandek....
Yangilаndi: 28.01.2025 16:20
Pifagor maktabi
Pifagor maktabi
Eramizdan avvalgi 530-yilda qadimgi yunon matematigi va faylasufi Pifagor hozirgi Italiya hududida bo'lgan Korton shahriga kelib joylashdi. Uning maqsadi, ushbu shaharda matematika, musiqa va ruhning ko'chib yurishi haqidagi o'z ta'limotlarini yoyish edi. Aslini olganda, hozirgi zamon ilm-fanida Pifagor nomi bilan keltiriladigan ko'plab ilmiy faktlar, Pifagorning o'ziga tegishli emas. Aksincha, muallifi Pifagor deb keltiriladigan ilmiy tushunchalarning aksariyatini uning maslakdoshlari va shogirdlaridan iborat katta ilmiy guruh tomonidan shakllantirilgandir. Albatta, Pifagor o'zi ushbu guruhning rahnamosi va ilmiy yetakchisi bo'lgan. Shuning uchun ham, uning atrofida to'plangan mazkur katta ilmiy guruhni tarixchilar "Pifagor maktabi", yoki, "pifagorchilar" deb qayd etishgan. Pifagorchilar tomonidan o'rtaga tashlangan ko'plab muhim ilmiy g'oyalar, uzoq asrlar davomida ayniqsa arifmetika sohasida eng ilg'or ilmiy g'oyalar bo'lib qolaverdi.
Yangilаndi: 12.02.2025 07:41
Skandinaviya elementlari
Skandinaviya elementlari

1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma'lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma'lum bo‘lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, o‘sha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi.
Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning o‘zi bilan yakunlanmagan. Ba'zi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan bo‘lib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan.
Yangilаndi: 26.08.2019 13:24
Kechayu-kunduz atrofingda parvona..
Kechayu-kunduz atrofingda parvona...
(Ayzek Azimovdan tarjima)
Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.
Astronomiya haqida oddiy kitobxon uchun maqola yozish istagida bo'lgan har qanday muallif oldida, bir kunmas bir kun, qanday qilib Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani, shu bilan birga u yana o'z o'qi atrofida ham, Yer atrofida ham aylanishini tushuntirish masalasi ko'ndalang bo'ladi.
Astronomiyada chuqur bilimga ega bo'lmagan kishi uchun ushbu fakt yaqqol tushunarsiz, bir-birga zid fikrdek ko'rinadi. Shunga qaramay, Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani hammaga oydek ravshan. Chunki, Oy har safar Yerga faqat bir tarafi bilan qarab turishini hech qanday qo'shimcha asbob uskunalarsiz, hamda hisob-kitoblarsiz ham, shunchaki ko'z bilan kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Har safar oydin kechada Oyga qaraganimizda, uning yuzidagi qoramtir joylari (dog'lari) o'z joyida turganini guvohi bo'lamiz. Agar u aylanganida edi. Bu joylari asta-sekin siljib, ko'rinmay qolishi va keyinroq yana ko'rina boshlashi lozim edi. Shunday holatda, biz Yerdan turib ham, Oyni hamma tomonini ko'rishimiz mumkin bo'lardi.
Yangilаndi: 31.01.2025 10:41
Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan
Nobel-2016. Mukofot sohibi ro'za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan
2016-yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. an'anaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yo'nalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq ko'rilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.
Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon ma'lum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hay'ati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq ko'rilgan olim ismini ma'lum qildi. Bu - 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo'nalishidagi jahonning eng ilg'or mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi bo'ldi.
Yangilаndi: 17.02.2025 07:55
Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar
Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

Avvalgi maqolalarimizda, Ginnesning rekordlar kitobida kimyoga oid keltirilgan ajabtovur raqamlar haqida suhbatlashgan edik. Keling, endi ushbu mashhur kitob sahifalaridan, fizikaga oid "eng-eng-eng" sifati bilan keltiriladigan ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
Sun'iy hosil qilingan eng issiq haroratga oid dastlabki rekord, sovuq urush davrida sinab ko'rilgan vodorod bombasining portlash markazida yuzaga kelgan. Vodorod bombasi portlashida 400000000 °C (to'rt yuz million daraja!) jahannam hosil bo'ladi. bu boradagi amaldagi rekord esa 2010-yilda Katta Adron Kollayderi (KAK) da qayd qilingan bo'lib, unda yorug'lik tezligiga yaqin tezliklargacha tezlanish olgan qo'rg'oshin elementi ionlarining o'zaro to'qnashuvidan 10 trillion K darajadagi harorat hosil bo'lgan.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:47
|
|