Hech narsa sanalmaydi
Hech narsa sanalmaydi
Rim raqamlari allaqachon matematika va moliya tizimida muomaladan chiqib ketgan bo'lsa-da, biroq, ular haqida bilish, yoki, Rim raqamlarida yozilgan sonlarni to'g'ri o'qiy olish o'zi ham hozirda odamga zarar qilmaydigan bilim sanaladi. Menimcha, Rim raqamlarida yozilgan sonni to'g'ri o'qiy olgan odam qandaydir o'z bilimiga nisbatan qoniqish hissini tuysa kerak. Masalan, bu quyidagicha bo'ladi: odam biror tarixiy bino oldidan o'tib borarkan, u yerda "bino MCMXVIII-yilda qurilgan" degan yozuvni uchratadi va uni demak, 1918-yilda qurilgan ekan deb bilib oladi. Shu bilan u o'ziga nisbatan qandaydir hurmat hissini sezadi. Mabodo, bir gala odamlar ichida bu yozuvni o'qiy olgan faqat u o'zi bo'lsa, hamda, yozuvning ma'nosini sheriklariga tushuntirib berolsa, shubhasiz bu odam o'zini shu to'daning eng bilimlisi deb his qilsa ajabmas.
Sonlar va ular ustida amallar borasidagi tushunchalar juda qadim zamonlardayoq odamlar ongida shakllanib ulgurgan edi. Fikrimcha, sayyoramizda son tushunchasi haqida tasavvurga ega bo'lmagan yovvoyi qabilalar ham qolmagan hozir.
Yangilаndi: 13.02.2025 08:24
|
Enriko Fermi
Enriko Fermi (1901-1954)
Aslida Fermini XX-asrning eng buyuk fizigi desak ham aslo xato bo'lmaydi. Chunki, garchi uning dovrug'i Eynshteyn singari mashhurlikka erishmagan bo'lsa-da, lekin, boshqa ko'plab jihatlari bilan, ayniqsa, olingan ilmiy natijalarni dadillik bilan amaliyotga tadbiq qila olishga qaratilgan jiddi-jahdiga ko'ra, Fermi Eynshteyndan birmuncha ustun ham bo'lgan. Uning shogirdlari, "Fermi shunchaki Eynshteynning soyasida qolgandi" - deyishardi.

Haqiqatan ham, Fermi ilmiy faoliyati va shaxsiyatiga diqqat qaratilsa, u fan-texnika mislsiz inqiloblar bilan taraqqiy etgan XX-asr ham favqulodda noyob shaxs ekaniga amin bo'lasiz. Bu asrda fanlar juda-juda tor ichki yo'nalishlarga bo'linib ketdi va o'sha tor fan sohasini o'zlashtirishning o'zi ham kishidan katta ilmiy zehn va salohiyat talab qiladigan bo'ldi. Masalan, endi bu paytga kelib, shunchaki "fizik olim" degan gap o'tmay qolgandi. Uning o'rniga "yadro fizikasi", "optik fizika", "astrofizika" va shu singari ho kazo alohida fundamental fanlar shakllandi. Bu nafaqat fizikada, balki barcha aniq va tabiiy fanlar sohasida shunday bo'ldi. Shunday sharoitda, ilm-fanning deyarli barcha zamonaviy tendensiyalari bilan hamnafas bo'lgan, istalgan fan sohasidagi yetakchi olim bilan tengma-teng bahslasha oladigan universial olim - Enriko Fermi dahosi - ilm-fan ayvoni uchun haqiqiy fenomen edi. Chunonchi fiziklar o'z ixtiyorlari bilan, o'zlari "nazariyotchi fizik" va "amaliyotchi fizik" (yoki, fizik-eksperimentator) kabi "qutb"larga bo'linib olgan bir zamonda, Fermi ham nazariy fizikaga, ham uning amaliyotga tatbiqiga mislsiz jonbozlik ko'rsatgan olimdir. U ta'bir joiz bo'lsa, bir tanaga joylashgan ham buyuk nazariyotchi fizik, ham buyuk muhandis bo'lgan. Undan tashqari, olimning astrofizika, struktura kimyosi, hamda matematika sohalariga qo'shgan favqulodda katta hissasini ham tasavvur qilishning o'zi qiyin.
Siz bu so'zlarni o'qib, orbita.uz oshirib yubormadimikin? - deb o'ylayotgandirsiz? Maqolani batafsil o'qib chiqsangiz, buning hecham mubolag'a emasligiga ishonch hosil qilasiz deb o'ylayman.
Yangilаndi: 22.01.2025 11:21
Ridberg doimiysi
Ridberg doimiysi
Muayyan turdagi atomning nurlanish to'lqini uzunligi, kvant sonlarining teskari kvadratlarining ayirmasiga bog'liq bo'ladi.
XIX-asrning ikkinchi yarmida olimlar barcha kimyoviy elementlar faqat o'zigagina xos bo'lgan qat'iy aniq chastota va to'lqin uzunligiga ega yorug'lik nurlari chiqarishini payqab qolishdi. Bunday nurlanish chiziqli spektr hosil qilardi va ushbu spektrga ko'ra, har qanday elementning yorug'lik nuri rangi o'zigagina xos bo'lgan jilvaga ega bo'lardi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ko'cha chiroqlariga nazar tashlash kifoya. E'tibor bersangiz, yirik avtomagistrallardagi yoritish chiroqlari odatda sariq rangda nur sochadi. Bu, ularning lampasi natriy bug'lari bilan to'ldirilganligi sababidandir. Biz ko'ra oladigan yorug'lik spektrida aynan natriy elementi hammadan ko'ra intensivroq sariq spektral chiziqlar namoyon qiladi. Natriyning spektrida ikkita sariq chiziq bo'ladi.
Yangilаndi: 28.01.2025 16:18
Xo'sh, qani ular?
Xo'sh, qani ular?
Yulduzlar g'uj bo'lib, osmonni to'ldirgan oydin kechada Somon Yo'lining jozibasidan lol qolgan har qanday odam, favqulodda ulkan Koinot qarshisida o'zining nafaqat mitti zarra ekanini, hattoki, o'ta ojiz va noqis ekanini ham his qiladi. Ko'z oldimizda namoyon bo'ladigan sanoqsiz yulduzlar va poyonsiz osmon manzarasi odamni qandaydir falsafiy o'ylarga toldiradi. Nahotki shunday keng va favqulodda ulkan Koinotda bizdan o'zga ongli mavjudotlar bo'lmasa. Mayli, ongli mavjudotlar tugul, shunchaki hayot asari ham topilarmikin?
Zamonaviy astronomiyadagi ma'lum Koinotning sarhadlarining qay darajada ulkan va cheksiz ekanini aqlga sig'dirishi qiyin. Qanchalik qiyin bo'lmasin, katta sonlarni va Borliq masshtablarini tasavvur qilishga urinib ko'ring. Biz esa misollar bilan siga yordam berishga urinamiz.
Yangilаndi: 23.01.2025 14:29
Kislorod - nafas elementi
Kislorod - nafas elementi
Davriy jadvalda kislorod 8-raqam ostida joylashgan. U Yer sayyorasida eng ko‘p tarqalgan elementdir. Sayyoramizning deyarli yarmisini aynan kislorod atomlari tashkil qiladi. Birgina Yer qobig‘ining 16-km qalinlikdagi eng yuqori yuza tashqi qismining o‘zida umumiy massaning 1/3 qismi kislorod atomlaridan iborat.
Kislorod quruqlikdagi ko‘plab birikmalarning tarkibida mavjud bo‘ladi. Ya'ni, u boshqa ko‘plab turdagi atomlar bilan birikib, xilma-xil molekulalar hosil qila oladi. Bizni o‘rab turgan havoda esa kislorod alohida element sifatida mavjud. Havoning 1/5 qismi ikki atomli kisloroddan iborat bo‘ladi. Shu kabi, ikkita kislorod atomlaridan iborat molekulani kislorod molekulasi deyiladi.
Kislorod nafaqat eng keng tarqalgan element, balki, Yerdagi hayot mavjudligi uchun eng muhim va zaruriy element hamdir. Biz nafas olganimizda o‘pkamizga havo to‘playmiz. o‘pkada esa, havodagi kislorod organizm ehtiyojlari uchun singdirib olinadi. Tanamizga tushgach, kislorod atomlari oziq-ovqatlar orqali kirib kelgan boshqa moddalar bilan birikadi. Shu tariqa, organizmning hayoti va faoliyati uchun zaruriy energiya ishlab chiqariladi.
Yangilаndi: 21.11.2018 10:24
Qadimgi yadroviy reaktor
Qadimgi yadroviy reaktor
1930-yillar oxiriga kelib, olimlar Enriko Fermi hamda Leo Silard uranning parchalanishi orqali zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini tushunib yetishdi. Kolumbiya universitetida tajriba olib borar ekan, Fermi hamda Silard, uranda subatom zarrachalar, ya'ni, neytrinolar chiqib kelayotganini payqashdi va bu zanjir reaksiyasi bilan birga, yadroviy qurollarni yaratish ishiga ham poydevor bo'lishini payqashdi. Keyinchalik Leo Silard: "Men o'sha tunda dunyo tamom bo'ldi deb o'ylagandim" deb yozgan edi. Boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyalari jarayoni favqulodda murakkab va mushkuldir. Shu sababli ham, 1972-yilda farang fizigi Fransis Perren Gabondagi Oklo nomli hudud yaqinida, bundan taxminan 2 milliard yil muqaddam ona tabiatning o'zi ishga tushirib qo'ygan tabiiy yadro reaktoriga duch kelganida, hayratdan lol qolgan edi.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:45
Farrux Fattoyev
Farrux Fattoyev
Assalomu alaykum Orbita.Uz saytining muhtaram mushtariylari. Bugun anchadan buyon murojaat qilinmagan, lekin, biz uchun muhim bo'lgan ruknimiz - "Minbar" ruknidan yana bir o'zbek olimi bilan suhbatimizni e'tiboringizga havola qilamiz.
Xabaringiz bo'lsa, yaqinda kun.uz saytida O'zbekistonlik olim Farrux Fattoyev tomonidan muhim ilmiy kashfiyot qilingani haqida xabar bosilgan edi. Albatta, ushbu sayt asosan yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgani sababli, o'sha maqolada kashfiyotning mohiyati va uni amalga oshirgan yurtdoshimiz haqida batafsil ma'lumot berilmagan. Qolaversa, kashfiyotni o'zi haqida ham biroz chalkash (tushunarsiz) va biroz hissiyotga berilgan tarzda ma'lumot keltirilgan edi. Ochig'ini aytaman, avval Farrux aka bilan tanish bo'lmaganman. Ushbu olim haqida eshitmagan ham edim. Shunga qaramay, gravitatsion to'lqinlar masalasi bugungi kun fizikasida kun tartibidagi mavzu ekanligini e'tiborga olib, ayniqsa bu boradagi tadqiqotlarda bizning yurtdoshimiz ham bosh qo'shganini bilgach, ushbu inson bilan tanishish va orbita.uz uchun qisqa bo'lsa-da intervyu olish niyati paydo bo'ldi.
Yangilаndi: 06.10.2026 09:14
Ajoyib kvadratlar
Ajoyib kvadratlar
Afsonalarg ko'ra, ajoyib kvadratlar o'yinini qadimgi Xitoyda o'ylab topishgan ekan. Ushbu g'oyat qiziq matematik o'ying bag'ishlangan ilk qo'lyozm ma'lumotlar esa, eramizdan avvalgi 2200-yillarg taalluqli bo'lib, Imperator Yu zamonasidagi shunday kvadratlar haqid so'z yuritadi. Ajoyib kvadrat N2 sondagi kataklardan iborat bo'lib, kataklarning har biriga, boshqasida takrorlanmaydigan butun sonlar yozilgan. Sonlarning kataklarda joylashuv tartibi shunday bo'lishi kerakki, ularni istalgan yo'nalishda - xoh gorizontal, xoh vertikal v xoh diagonal yo'nalishda qo'shib chiqilsa, barch taraflarda yig'indi bir xil chiqishi kerak.
Yangilаndi: 20.02.2025 10:11
Quyosh o'rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko'ramiz
Quyosh o'rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko'ramiz
Rossiyaning Aerokosmik tadqiqotlar markazi - Roskomos qiziq bir infografikani havola etdi. Unda, agar bizning yulduzimiz - Quyosh o'rnida boshqa yulduz bo'lganida, u Yerdan qanday ko'rinardi? - degan savol qo'yilgan va musavvir fantaziyasiga ko'ra chizilgan tasvirlar orqali Quyosh o'rnida boshqa yulduzlar bo'lganda qanday ko'rinishi namoyish qilib berilgan. Ushbu infografikani saytimiz o'quvchilariga ham ilindik. Marhamat, tanishing:
Yangilаndi: 22.01.2025 11:49
Bu haqida unuting!

Bu haqida unuting!
(Ayzek Azimovdan tarjima, maqola 1960-70 yillarga oid va shu sababli, undagi ba'zi eskirgan faktlarga hayron bo'lmasligingizni so'raymiz)
Yaqinda, biologiya bo'yicha yangi nashr etilgan darsliklardan biri qo'limga tushib qoldi. Kitob menga anchayin qiziq tuyuldi. Taassufki, men avvaliga kitob muqaddimasini o'qib chiqdim (ha, men kitob muqaddimasini ham o'qiydiganlar toifasidanman ). Lekin, ushbu muqaddima matni meni chuqur umidsizlikka solib qo'ydi. Keling, o'sha kitobdagi dastlabki ikki mavzudan qisqacha iqtibos keltiray:
Yangilаndi: 25.09.2026 09:35
|
|