Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Ot kuchi

E-mail Chop etish PDF

Ot kuchi

Ot kuchi – SI tizimiga kirmaydigan, lekin, keng qo‘llaniladigan quvvat birligi. O‘zbekcha belgilanishi o.k. (кирилл алифбосида о.к.). Xalqaro belgilanishi hp (inglizcha horsepower so‘zidan).

Siz bu birlikni asosan avtomobillarning dvigateliga nisbatan qo‘llanishiga guvoh bo‘lgansiz. Jahonda «ot kuchi» termini ostida tushuniladigan bir necha xil o‘lchov birliklari mavjud. Lekin, ular ichida eng asosiysi bu «metrik ot kuchi» deyiladigan va SIdagi muqobiliga ko‘ra 735,49875 vatt deb aniq belgilangan ot kuchi birligidir. Garchi, rasman ushbu birlik iste’moldan chiqarilgan bo‘lsa-da, lekin, avtomobilga oid texnik hujjatlarda va ilmiy adabiyotlarda qo‘llanishda davom etmoqda. Xalqaro Birliklar Tizimida quvvatning rasmiy belgilangan o‘lchov birligi bu – vatt bo‘ladi.

Yangilаndi: 12.02.2019 08:29
 

Zaruriyati yo'q narsani ixtiro qilmang - Edison haqida qiziq faktlar

E-mail Chop etish PDF

Zaruriyati yo'q narsani ixtiro qilmang - Edison haqida qiziq faktlar

Tomas Alva Edison 1847-yilning 11-fevralida AQSHnig Ogayo shtatida tug'ilgan. U Kanadada tug'ilishi ham mumkin edi. Chunki, uning ota-onasi asli Kanadalik bo'lishgan. Biroq, Edisonning otasi Kanadadagi 1837-yilgi qo'zg'olonda ishtirok etgani uchun hukumat ta'qibidan qochib yurgan va qochqin oila o'shanda Ogayodagi Maylen shaharchasiga kelib o'rnashib qolgan. Tomas Edison tug'ilganida juda nimjon va tez-tez kasallanadigan nozik bola bo'lgan. Lekin, uning ziyrakligi hammani hayratda qoldiradigan darajada bo'lgan ekan. U to'qqiz yoshida, o'zining ilk ilmiy-ommabop kitobi - «Tabiiy va eksperimental falsafa» asarini o'qib chiqadi. O'zida ilm-fanga bo'lgan ishtiyoqni aynan ushbu kitob uyg'otganini u bir umr eslab yurgan. Mazkur kitobda XIX-asrning birinchi choragigacha amalga oshirilgan barcha muhim ilmiy kashfiyot va ixtirolar haqida sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo'lib, oddiy odamlar uy sharoitida qilib ko'rishi mumkin bo'lgan kichik ilmiy tajribalar ham keltirilgan edi. Edison kitobdagi barcha tajribalarni qilib ko'rgan va texnik ixtirolarga qattiq qiziqib qolgan. Insoniyat tarixidagi eng ko'zga ko'ringan ixtirochilardan birining tarixi shu tariqa boshlangan.

Yangilаndi: 22.01.2025 07:57
 

Gaz niqobi - protivogaz

E-mail Chop etish PDF

Gaz niqobi - protivogaz

Protivogaz - nafas olish organlarini, ko'z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.

Protivogazlarning ikki turi, ya'ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.

Filtrlovchi protivogazlar odamni o'zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o'z nomiga ko'ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o'tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o'sha muhitning o'zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo'lmaydi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:22
 

Platon jismlari

E-mail Chop etish PDF

Platon jismlari

Platon jismlarini maktab geometriya kursida muntazam ko'pyoqlar deb tanishtiriladi. Muntazam ko'pyoq bu - yoqlari muntazam ko'pburchaklardan tashkil topgan, ya'ni, tomonlari va burchaklari teng kattalikda bo'lgan uch o'lchamli geometrik obyektdir. Platon jismining har bir cho'qqisidan bir xil sondagi qirralar chiqib keladi. Platon jismlari ichida eng taniqlisi va soddasi bu - kub bo'lib, uning hamma 6 ta yog'i bir xil o'lchamdagi kvadratlardan tashkil topgan bo'ladi.

Qadimgi yunonlar geometriyani juda yaxshi rivojlantirishgan edi. Umuman olganda atiga 6 xil platon jismlari yasash mumkinligini ham eramizdan avvalgi Yunoniston matematiklari allaqachon isbotlab qo'yishgan. Bu olti xil muntazam ko'pyoqlar quyidagilardir: kub, tetraedr, oktaedr, dodekaedr, hamda, ikosaedr. Masalan, ikosaedr yoqlari 20 ta muntazam uchburchaklardan iborat bo'ladi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:49
 

Geliy

E-mail Chop etish PDF

Geliy

Geliy - kimyoviy elementlar davriy jadvalining ikkinchi elementi. Formulasi He. Davriy jadvalning birinchi davri, 18-guruhida joylashgan. Inert gazlar turkumining eng birinchi gazi hisoblanadi.

Oddiy modda sifatidagi geliy bir atomli, rangsiz, hidsiz, inert gaz.  Geliy borliqda eng ko'p tarqalgan elementlardan biri, sifatida faqat vodoroddan keyingi o'rinda turadi. Shuningdek, geliy kimyoviy moddalar ichida ham, eng yengil moddalardan biri bo'lib, undan yengil modda faqat vodorod bo'ladi. Geliy - hozirda ma'lum moddalar ichida eng past qaynash haroratiga ega modda sanaladi.

Yangilаndi: 31.01.2025 08:52
 

Teleskoplar: Yerda, ko'kda va orbitada

E-mail Chop etish PDF

Teleskoplar: Yerda, ko'kda va orbitada

Biz Koinotdagi milliardlab ulkan galaktikalardan birining ovloq bir chetida joylashgan, boshqalardan hech bir jihati bilan ajralib turmaydigan, eng oddiy bir o'rtahol yulduz yaqinidagi favqulodda mitti kichkina sayyorachada yashaymiz. Koinotdagi hamma-hamma narsa bizdan favqulodda uzoq masofada joylashgan. Ba'zi obyektlar esa yerimizdan shunchalik olisda joylashganki, oradagi masofani tasavvur qilishning o'zi mushkul. Favqulodda o'ta katta kosmik masofa o'lchamlari esa kishi aqlini shoshirib qo'yadi va odamzotning aslida butun Koinot haybati qarshisida qanchalik ojiz ekanini tan olishga majbur qiladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 09:12
 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

E-mail Chop etish PDF

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

"Review of Scientific Instruments" jurnalida ma'lum qilinishicha, Tokio Universiteti fiziklari Shojiro Takeyama hamda Daysuke Nakamura boshchiligidagi ilmiy guruh fan tarixida rekord kuchga ega magnit maydoni hosil qilishga muvaffaq bo'lishgan.

Magnit maydoni - fizik muhitning fundamental xossalaridan biri bo'lib, elektron orbitallar va spinga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish orqali, magnit maydon kuchlanganligini o'ta katta aniqlikda nazorat qilish mumkin. Qattiq jism fizikasi, nanomateriallar, magnit materiallari, o'ta o'tkazuvchanlik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohalaridagi tadqiqotlarda magnit maydoni orqali tajribalarning ahamiyati beqiyos.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:44
 

Tesla

E-mail Chop etish PDF

Tesla

Tesla - Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga ko'ra, magnit maydon induksiyasining o'lchov birligi. Xalqaro belgilanishi T. O'zbekcha belgilanishi Tl shaklida.

Bir jinsli magnit maydonining 1 Tl induksiyasi bu shunday induksiyaki, unda, magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar bo'lgan, ichidan 1 amper tok oqib o'tayotgan, hamda, uzunligi 1 metr bo'lgan to'g'ri chiziqli o'tkazgichga 1 nyuton kuch ta'sir etayotgan bo'ladi.

SI ning asosiy birliklari orqali Tesla quyidagicha ifodalanadi: kg·s-2·A-1.

Sining hosilaviy birliklari orqali teslani quyidagi nisbatlar bilan ifodalash mumkin:

Yangilаndi: 06.02.2025 10:08
 

Azot - jonsiz element

E-mail Chop etish PDF

Azot - jonsiz element

Kislorod haqidagi maqolada ushbu elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda ekanini aytgan edik. Havodagi o'sha qolgan 4/5 qism ulushni, ya'ni, deyarli 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Ushbu element davriy jadvalda 7-raqam bilan o'rin olgan.

XVIII-asrda kimyogarlar kislorodni kashf etishganidan keyin, ular havoda yana bir boshqa gaz ham mavjudligini fahmlashgan. Ushbu gaz yonishga yordam bermasdi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etmas edi. Yopiq idish ichida yoqib qo'yilgan sham, ichkaridagi havoning taxminan 1/5 qismini sarflab, keyin esa o'chib qolardi.

Chunki, o'sha hajmning 1/5 qismini egallagan kislorod tugab bitgach, qolgan gaz shamning yonishiga ko'maklasha olmagan. o'sha gaz shuningdek hayot uchun (to'g'rirog'i nafas olish uchun) ham keraksiz gaz ekani ayon bo'lgan. Chunki, xuddi sham singari, yopiq idishga qamab qo'yilgan sichqon, u joyda kislorod tugashi bilan o'lib qolardi. Vaholanki, hali idish ichidagi havoning 75% dan ziyod qismi ishlatilmagan bo'lardi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:11
 

Vakuumdagi yorug'lik tezligi

E-mail Chop etish PDF

Vakuumdagi yorug'lik tezligi

(energiya haqida qanday tasavvurlarimiz bor?)

Ilm-fanga Eynshteyn taqdim etgan E=mc2 formulasidan ham taniqliroq formulani topish qiyin. Uni deyarli hamma taniydi: yuqori intellektual ilmiy-fantastika shinavandalari ham, atom fizikasi mutaxassislari ham, talabalar, gazeta muxbirlari, uy bekalari, haydovchilar va hatto ayrim deputatlar ham.

Lekin, tanish boshqa, uning mohiyatini anglash boshqa narsa. Formulani bilishi va uni tushunish ham boshqa-boshqa narsalardir.

Yangilаndi: 12.02.2025 08:51
 


Maqolaning 11 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12365607

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis