Ot kuchi
Ot kuchi - SI tizimiga kirmaydigan, lekin, keng qo'llaniladigan quvvat birligi. O'zbekcha belgilanishi o.k. Xalqaro belgilanishi hp (inglizcha horsepower so'zidan).
Siz bu birlikni asosan avtomobillarning dvigateliga nisbatan qo'llanishiga guvoh bo'lgansiz. Jahonda «ot kuchi» termini ostida tushuniladigan bir necha xil o'lchov birliklari mavjud. Lekin, ular ichida eng asosiysi bu «metrik ot kuchi» deyiladigan va SIdagi muqobiliga ko'ra 735,49875 vatt deb aniq belgilangan ot kuchi birligidir. Garchi, rasman ushbu birlik iste'moldan chiqarilgan bo'lsa-da, lekin, avtomobilga oid texnik hujjatlarda va ilmiy adabiyotlarda qo'llanishda davom etmoqda. Xalqaro Birliklar Tizimida quvvatning rasmiy belgilangan o'lchov birligi bu - vatt bo'ladi.






Berkliy
O'z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan 15 olima
Nikolya Burbaki - XX-asrning eng yirik matematiklaridan biridir. U matematikaning eng fundamental asoslarini qayta ko'rib chiqishni taklif qilib, shuningdek, hali hanuz ko'plab bahslarga sabab bo'layotgan matematik ta'lim islohotini yuritganligi bilan yodga olinadi. Aslida esa, Burbaki ismli matematik mutlaqo bo'lmagan!
