Boy sirti
Boy sirti 1901-yilda buyuk matematik David Gilbertning tavsiyasiga ko'ra, olmon matematigi Verner Boy (1879-1914) tomonidan aniqlangan. Klyayn butilkasi singari, Boy sirti ham bir taraflama yuzadan iborat bo'lib, qirralari mavjud emas. Boy sirti shuningdek, orientirlanib bo'lmaydigan yuza bo'lib, bu degani, ikki o'lchamli narsa ushbu sirt yuzasida harakatlanishi va o'ziga aks-tasvirlar hosil qiladigan yo'llarni topishi mumkin. Ya'ni, u Boy sirtida harakatlanib borib, boshlang'ich nuqtaga qaytishdan oldin o'zining ko'zgudagi singari aksini kesib o'tadi. Fazoviy geometriyada bu singari orientirlanib bo'lmaydigan yuzalarga shuningdek Klyayn butilkasi va Myobius tasmasi mansubdir.
Ta'rifiga ko'ra, Boy sirti bu - proektiv tekislikning singulyarliksiz uch o'lchamli fazoga o'tishi hisoblanadi. Boy sirtini hosil qilish uchun qator geometrik yo'riqnomalar mavjud. Ularning ayrimlari diskni cho'zish va disk chetlarini Myobius tasmasi bilan birlashtirishdan iborat. Bu jarayonda tekislik o'zini-o'zi aylanib o'tishi mumkin. Lekin uni o'zini-o'zi kesib o'tishi mumkin emas. Aslida Boy sirtini tasavvur qilish juda mushkul. Yaxshiki, zamonaviy kompyuter grafikasi yordamida uni hosil qilish va vizual ko'rish imkoni paydo bo'ldi.






Sayyora harakatini aniq kuzatib borish va ayniqsa sayyoraning keyingi holatini oldindan aniq bilish - nihoyatda qiyin masala. Agar, o'zaro tortishayotgan atiga ikkita jism qaralayotgan bo'lsa, unda ularning tortishish kuchi va harakat trayektoriyalarini aniq hisoblash uchun ilm-fanda nihoyatda sodda va aniq qoidalar to'plami
Xo'sh, qani ular?
Kislorod - nafas elementi

