Joul-Tomson effekti
Joul-Tomson effekti
Ideal gazning U ichki energiyasi, uning molekulalari harakatining kinetik energiyasidan iborat; bu energiya berilgan gazning hajmiga ham, bosimiga ham bog‘liq bo‘lmay, faqat uning T harorati bilan aniqlanadi; bir mol ideal gaz uchun U=Ek=CvT, bunda Cv - o‘zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig‘imidir.
Real gazda molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rib o‘tgan edik. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o‘zaro ta'sir potensial energiyasi yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
Yangilаndi: 03.12.2018 11:11
Telegraf
Telegraf
To XIX-asr o‘rtalarigacha bir-birida uzoq shaharlarda va qit'alarda yashovchi odamlar orasida xat-xabar almashinishning yagona vositasi oddiy qog‘oz maktublar bo‘lgan. Qit'alararo xat tashish paroxodlar orqali amalga oshirilgan. Bunda jo‘natuvchi yuborgan xat manzilga yetib borguncha haftalab va b'zan bir oylab vaqt o‘tgan. Masalan, Yevropada yuz bergan biror muhim xabar haqida Amerikada faqat ikki hafta o‘tib boxabar bo‘lishgan. Qit'a ichkarisida esa, xat-xabar almashinuvi choparlar va poyezd orqali yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu ham paroxodda pochta tashishdan unchalik ham tez emasdi. Xullas, insoniyat qandaydir tezkor, iloji boricha tez xabar almashinish vositasiga katta ehtiyoj sezardi. Biroq, elektr tokini inson xizmati uchun bo‘ysundirilib, undan xat-xabar almashinishda, ya'ni, telegraf sifatida foydalanishga o‘tilmagunicha, odamlar baribir oddiy qog‘oz pochtadan yaxshiroq variant topa olishmadi. Telegraf ixtiro qilingach esa, bir-birida boshqa qit'alarda yashovchi odamlar ham bir necha daqiqalar ichida zarur xabarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yangilаndi: 03.12.2018 11:12
Yulduzlarning tasniflanishi
Yulduzlarning tasniflanishi
XX-asr boshiga kelib, astronomlar yulduzlarni faqat joylashuvi va yorqinligiga qarab emas, balki, yana boshqa ko‘plab parametrlariga ko‘ra taqqoslash va farqlashni o‘rganib olgan edilar. Sababi, bu paytga kelib, yulduzlar haqidagi bilimlar ancha kengayib, to‘plangan ma'lumotlar ham anchayin salmoqli bo‘lib qolgandi. Chunonchi, Uilyam Gershel zamonasidan beri, yulduzlar kattaligini birinchidan oltinchigacha bo‘lgan shkala asosida tasniflash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda, eng yorqin yulduzlarga birinchi kattalik, sal xiraroqlariga ikkinchi kattalik, undan xiralariga uchinchi kattalik berilgan. Shu tarzda, eng xira, arang ko‘rinadigan yulduzlar oltinchi kattalikka tasniflangan. Gershel oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yulduzlarni yettinchi kattalikka biriktirgan va ularni faqat kuchli teleskoplar bilan ko‘rish mumkinligini ta'kidlagan.
Yangilаndi: 03.12.2018 11:33
Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblash. Koshi
Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblash. Koshi.
AQSHlik matematik Uilyam Uoterxaus o‘zining ilmiy-ommabop maqolalaridan birida Koshi haqida shunday yozadi: "XIX asr boshlarida matematik analiz ajib bir holatda edi. Matematik analizning haq ekaniga olimlarda zarracha ham shubha yo‘q edi. Chunki, barcha iste'dodli va iqtidorli matematiklar so‘nggi yuz yillik mobaynida matematik analiz usullaridan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqda edilar. Lekin, uning aslida qanday ishlashini hech kim tuzuk-quruq bilmasdi... Keyin esa Koshi paydo bo‘ldi". Koshining asosiy ilmiy asarlaridan biri 1823-yilda dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lib, u "Cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashga oid darslar to‘plami" deb nomlangan (fransuzchasiga "Resume des lecons sur le calcul infinitesimal"). o‘ta samarador ilmiy faoliyat bilan yashab o‘tgan Ogyusten Koshi, ushbu asarida matematik analiz nazariyasini rivojlantirib, unga shakl-shamoyil beradi. Matematik analizga oid eng muhim tushunchalarni ta'riflaydi va muhim teoremalarga isbotlar keltiradi. Chunonchi, matematik analizning ikki ustuni deyiladigan asosiy yo‘nalishlari - differensial va integral hisoblashlarni umumlashtiruvchi "analizning asosiy teoremasi"ni aynan Koshi isbotlagan..
Yangilаndi: 03.12.2018 11:37
Qora tuynuklar
Qora tuynuklar
Qora tuynuklar zamon-makon uyg‘unligining singulyar og‘ishini namoyon qiladi.
Amalda kashf etilishidan ancha avval mavjudligi ilmiy nazariyalar tomonidan taxmin qilingan obyektlar orasida ehtimolki qora tuynuklar eng qiziqarli, g‘ayritabiiy va shu bilan birga, olimlarda ham, oddiy odamlarda ham vahimali taassurot uyg‘otgan obyektlar bo‘lsa kerak. Qora tuynuklarning mavjudligi haqidagi ilk ilmiy asoslangan taxminlar - Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi e'lon qilinishidan deyarli bir yarim asr avval yangray boshlagan. Shunga qaramay, Koinotda qora tuynuklarning haqiqatan ham mavjudligi amaliy jihatdan qat'iy isbotlanganiga unchalik ham ko‘p bo‘lmadi. Biz hozirda qora tuynuklar - Koinotda hukmron bo‘lgan eng asosiy obyektlardan biri ekanini yaxshi bilamiz. Biroq, XX-asrning 70-80 yillarida ham, qora tuynuklar hali faqat gipotetik obyektlar sifatida qaralardi va hatto fizika-texnika oliygohlarida ham, qora tuynuklarning real borliqda mavjud bo‘lishiga shubha bildirilgan nazariy darsliklarni mutolaa qilish mumkin edi.
Yangilаndi: 27.11.2018 11:49
Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси
Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси
Mualliflar: Voronina, N.F. Shibenko
Tematik yo‘nalishi: Elektrotexnika, xavfsizlik texnikasi
Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1983 yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Hajmi: 22 mb
Yangilаndi: 03.12.2018 11:39
Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)
Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)
Biz foydalanadigan yulduzlar xaritalari aksariyat hollarda real voqe'likka unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi: chunki, odatda biz samoni faqat tunda va qurollanmagan ko‘z bilan kuzatamiz. Aslida esa, har soniya, har lahzada koinotda ulkan, favqulodda ulkan miqyosli tomoshalar ijro etiladi: o‘ta yangi yulduzlar portlaydi; qora tuynuklar materiyani o‘z komiga tortadi; ko‘z ongimizda hayratlanarli rang va shakllarga ega ulkan galaktikalar namoyon bo‘ladi. Lekin ushbu beqiyos va favqulodda go‘zal tomoshani faqat kam sonli mutaxassis kishilar - kuchli va sifatli teleskoplarga ega astronomlargina kuzatishadi. Qurollanmagan ko‘z bilan esa deyarli hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.
Yangilаndi: 23.11.2018 13:02
Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi
Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi
Zamonamizning saralangan eng yetuk matematiklarining fikricha, ayollar uchun oliy ma'lumot eshiklari ochilganidan buyon dunyoga kelganlar orasida Emmi Nyoter eng yuksak matematik ijodiy iste'dod sohibasi bo‘lgan.
Albert Eynshteyn.
Eynshteyn haq edi. Emmi Nyoter (1882-1935) haqiqatan ham, hayratlanarli darajada o‘ta iste'dodli ajoyib matematik olima bo‘lgan. Eynshteyn Emmi Nyoter bilan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida birga ishlashni istagandi. Biroq, XX asr fizikasi dahosining bu niyati amalga oshmagan. Ular birgalikda, hamkasb bo‘lib ishlashga muvaffaq bo‘lishmadi. Bunga sabab, Emmi Nyoterning bevaqt o‘limi bo‘lgan edi.
Yangilаndi: 23.11.2018 13:15
Harorat shkalalari orasidagi nisbatlar
Harorat shkalalari orasidagi nisbatlar
Avvaliga harorat o‘zi nima? - degan savolga javob izlab ko‘rsak. Harorat bu - jismning energetik holatini ifodalovchi miqdoriy kattalikdir. Tabiatda hamma-hamma narsa atom va molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, jismlarni tashkil qiluvchi atomlar muntazam harakatda bo‘ladi. Jismni tashkil qilgan atom va molekulalarning harakati qanchalik jadal bo‘lsa, jismning harorati shunga muvofiq baland bo‘ladi. Shunga ko‘ra, jismning harorati deganda, uni tashkil qiluvchi atom va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi nazarda tutilishini tushunib olish zarur. Xalqaro Birliklar Tizimiga ko‘ra, harorat birligi sifatida Kelvin qabul qilingan. Kelvin haqida gap ketganda, uni termodinamik harorat birligi, yoki, mutlaq harorat birligi ham deyiladi. Kelvin, fundamental fizik birlik bo‘lib, u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida aniqlanadi.
Yangilаndi: 03.12.2018 12:02
|
|