Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Elektrostatikaning asosiy qonuni

E-mail Chop etish PDF

Elektrostatikaning asosiy qonuni

 

Elektr hodisalari o‘zining dastlabki xarakteri – tarqoq holda tadqiq qilinayotgan va alohida olingan qandaydir g‘ayritabiiy hodisalar sifatidagi nuqtai nazarlardan tobora holi bo‘lib borib, mavjud nazariy va amaliy bilimlarni asosiy tamoyillar bo‘yicha yagona g‘oya atrofiga birlashtirilayotgan vaqt XVIII asrning o‘rtalari edi. Elektr hodisalarini o‘rganishda va amaliy tajribalar olib borishda son o‘rniga sifat asosiy ko‘rsatkichga aylanayotgan vaqt yetib kelgandi.

Bunday yo‘nalishdagi faoliyat Peterburglik akademik F. Epinusning (1724-1802) tadqiqotlarida yorqin namoyon bo‘ladi.

Epinus o‘zining tekshirishlarida quyidagi tamoyillarga tayanadi: har qanday jism, o‘zining tabiiy holatida doimo ma’lum elektr miqdoriga ega bo‘ladi. Elektr flyuidi zarrachalari o‘zaro bir birini itarishadi va odatiy moddalarga tortishadi. Elektr effektlari, jismdagi elektr flyuidning miqdori tabiiy holatdagidan ko‘proq yoki kamroq bo‘lib qolganida yuzaga chiqadi.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:53
 

Pifagor. "Barcha narsa sondan iborat!"

E-mail Chop etish PDF

Pifagor

(taxminan, miloddan avvalgi 580-500 yillar)

Eramizdan avvalgi VI-asrda qadimgi yunon ilm-fani va san'atining o‘ziga xos poytaxti sifatida Egey dengizining Kichik osiyo yaqinidagi qirg‘oqlarida joylashgan Ioniya orollari guruhi ravnaq topdi. Pifagor aynan shu yerda, ko‘p qirrali usta - hunarmand: zargar, muhr va tamg‘alar hamda, o‘ymakor usta Mensarx oilasida tavallud topdi. Afsonalarga ko‘ra, Pifagorning otasi Mensarx va onasi Parfenisa nikohlaridan keyingi asal oyi vaqtida Delf hududlariga kelgan paytlarida, o‘sha yerlik kohinlardan biri ularga asrlar davomida butun olamga mashhur bo‘ladigan, zehn va zakovat, chiroy va ko‘rkamlikda tengi yo‘q o‘ktam og‘il farzand ko‘rishlarini, ma'budlardan biri - Apollon esa, kohin orqali ularga sharqqa - Suriya hududlariga suzib borishlari zarurligini bashorat bergan emish. Birmuncha sodda ijtimoiy va ilohiy tushunchalar hukm surgan qadimgi Yunonistonda, boshqa mahalliy kishilar singari Pifagorning ota onasi ham kohinlar so‘ziga chin dildan ishonishgan. Bashorat ajoyib tarzda amalga oshadi. Sidon shahrida Parfenisa o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. Mazkur quvonchli hodisa tufayli ona Parfenisa qadimgi yunon an'analariga binoan, unga kohin tilidan o‘g‘il farzand bashoratini bergan Pifiyalik ma'bud Apollon sharafiga o‘z ismini Pifiada deb o‘zgartiradi. o‘g‘liga esa Pifagor - ya'ni, Pifiya bashorati (yoki, Pifiyadagi bashorat) deb ism qo‘yadi. Afsonada Pifagorning tug‘ilgan vaqti haqida hech qanday ma'lumot yo‘q; tarix tadqiqotchilari uning dunyoga kelgan vaqtini eramizdan avvalgi 580-yil bilan bog‘laydilar.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:20
 

Teofast Paratsels

E-mail Chop etish PDF

Teofast Paratsels

(1493-1541)

XVI asrda g‘arb tibbiyot va alkimyogarlik fanlari uchrashgan nuqtada yangi arbob: Teofast Paratsels – ajoyib jarroh hakim va alkimyogar, fe’liga ko‘ra tajang va qo‘rs kishi, jarrohlik tig‘i hamda jang xanjarini bir xilda mahorat bilan ishlata oladigan ko‘p qirrali shaxs  paydo bo‘ldi.

«Haqiqiy kimyo oltin qidirishda emas, odamlar uchun dori – malhamlar tayyorlashda namoyon bo‘ladi!» — deb e’tirof etgan edi Paratsels, va bu so‘zlar uning hayotiy shiori bo‘lib qoldi.

Filipp Aureol Teofast Bombast fon Gogengeym, taxallusi – Paratsels, 1493-yilning 10-noyabr kuni Shveytsariyaning Shvits kantoni, Eynzideln shaharchasida tug‘ildi. Erta yoshlaridanoq tibbiyot fanlariga qiziqish bilan o‘qishga kirishib, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi ko‘zga ko‘ringan hakimlardan tahsil oldi. O‘qish yillaridayoq Paratsels kimyo bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. U faqatgina tajribalar o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, konlarda, shaxta va tog‘-kon sanoati zavodlarida ishlab, amaliy ish tajribasini ham orttirib bordi. Paratsels o‘z faoliyatida eng katta e’tiborni kimyo yutuqlarini tibbiyotga tadbiq etishga qaratdi. Uning bu sayi-harakatlari natijasida, yangi fan yo‘nalishi yatrokimyo[1] paydo bo‘ldi.

Yangilаndi: 06.03.2018 11:12
 

Kislorodning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF

Kislorodning kashf etilishi

Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!

Kislorod haqidagi dastlabki ma'lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz («yyin») - havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu «boshlanish negizi» deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako‘mir, oltingugurt, va bir qancha metallar bilan birikishi ham ma'lum bo‘lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.

Usbu tarixiy ma'lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma'lumot qoldirib o‘tdi. Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma'lumotlar deyarli yo‘q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo‘lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog‘liq.

Yangilаndi: 16.12.2017 11:40
 

Saturn

E-mail Chop etish PDF

Saturn

Saturn quyosh tizimidagi sayyoralar ichida kattaligi bo‘yicha ikkinchi, quyoshdan uzoqlashish tartibida oltinchi sayyora bo‘lib, Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 29.46 yil ni tashkil qiladi. Bu sayyora, quyosh tizimidagi qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rib bo‘ladigan 5 ta sayyoraning biri bo‘lib, uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi birinchi yulduz kattaligidan ham yorqinroqdir. Garchi ekvatorial diametri Yupiternikidan ozgina kichik bo‘lsa hamki, massasiga ko‘ra Yupiterdan ancha far qiladi - deyarli uch barobar. o‘rtacha zichligi juda kichik - 0.7 gr/sm3. Kichik zichlik shu bilan izohlanadiki, bu gigant sayyora asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib gaz gigantlari turkumiga kiradi. Lekin uning sirtidagi bosim ham Yupiterdagidek katta emas. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qut radiusi esa 54400 km ni tashkil qiladi. Uning massasi Yernikidan deyarli 95 marta katta, lekin uning o‘rtacha zichligi esa, 0.69 g/sm3 bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari ichidagi, o‘rtacha zichligi, suvning o‘rtacha zichligidan kichik bo'lgan yagona sayyoradir. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10.44 m/soniya2. Saturn quyosh atrofida 29.5 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Undan quyoshgacha bo'lgan masofa 1430 million km, yoki, 9.58 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita bo‘ylab aylanish tezligi 9.69 km/soniya.

Yangilаndi: 08.10.2019 18:13
 

Oltin va Kumush munosabatlari

E-mail Chop etish PDF

Oltin va Kumush munosabatlari

O‘zbek romanchiligining mumtoz va shedevr namunasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»asarida bosh qahramon Otabekning hijriy hisob bilan 1265 yil 26 Javzoda Kumushbibiga yozgan maktubida shunday jumlalar bor: «Men Sizni Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim». Albatta, bu asardagi qahramnolarning o‘zaro sadoqatini aslida hech qanday o‘lchov va qiyos bilan ifodalab bo‘lmaydi. Oilaga sadoqat, vafo, mehr va muhabbatning qiyosini ustoz Qodiriy o‘z qahramoni - Otabek tilidan eng oily va yuksak insoniy qadriyatlar ekanligiga urg‘u bermoqda. Albatta, bu badiiy o‘xshatish. Lekin uning zamirida o‘ta teran ifoda mavjud: insoniyat tarixida va rivojlanish bosqichlarida bu ikki nodir metallar pul va moddiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat va davlat qudrati kabi tushunchalarning etaloni sifatida, hamisha muhim va tutgan. Hozirgi zamonda ham davlatning xalqaro maydondagi obro‘ - qudrati haqida gapirilganda, uning oltin zahiralari haqida eslatib o‘tiladi. Shohsupadagi g‘olib sportchilarga Oltin va Kumush medallar taqdim qilinadi.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:48
 

Yonish nazariyasi

E-mail Chop etish PDF

Yonish nazariyasi

XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar – Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o‘sha vaqtgacha misli ko‘rinmagan yangi kimyoviy dunyo – gazlar olami namoyon bo‘la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi.  Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko‘plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.

XVII va XVIII asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659 – 1734) «Flogiston nazariyasi» deb ataladigan, mohiyatiga ko‘ra dastlabki kimyoviy nazariyani o‘rtaga tashladi. U o‘z mazmuniga ko‘ra xato bo‘lib chiqqan bo‘lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog‘lab o‘rganib, mazkur jarayonlar bo‘yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo‘ldi.

Yangilаndi: 26.03.2018 11:07
 

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF

Nikolay KopernikNikolay Kopernik

(1473-1543)

Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:45
 

Yupiter

E-mail Chop etish PDF

Yupiter

Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora. Quyoshdan uzoqlashish tartibida beshinchi va Yerga nisbatan Quyoshdan 5.2 marta uzoqroq masofada harakatlanadi. Yupiter Quyosh atrofida deyarli 12 yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi. Uning ekvatorial diametri Yernikidan 11,2 marta katta bo‘lib, 142984±2 km ni tashkil qiladi. Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, boshqa sayyorlarga nisbatan eng kichik bo‘lib, ekvatorida 9 soat, 50 daqiqa va 30 soniyani, o‘rta kengliklarida esa, 9 soat, 55 daqiqa va 40 soniyani tashkil qiladi. Shu tarzda Yupiter ham xuddi Quyosh singari qattiq jism kabi aylanmay balki, turli qismlarida turlicha aylanish tezligi hosil qiladi. o‘ta tezkor aylanishi tufayli bu sayyora qutblarida katta siqilish va zichlikning ortishi paydo bo‘ladi. Yupiter massasi Yer massasidan 318 barobar katta. o‘rtacha zichligi esa 1.326 gr/sm3 bo‘lib, Quyoshning o‘rtacha zichligiga yaqin qiymat hisoblanadi. Yupiterning aylanish o‘qi uning orbitasiga deyarli perpendikulyar - burchak 87°. Ekvatoridagi erkin tushish tezligi 24.79 m/s2.

Yangilаndi: 09.10.2019 07:47
 

«Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqdi

E-mail Chop etish PDF

«Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqdi

Econimic Timesning ma'lumot berishicha NASA tomonidan ochiq koinotga chiqarilgan «Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqqan. Mazkur teleskopning kosmik missiyasidan asosiy ko‘zlangan maqsad - Quyosh tizimidan tashqarida, Yer turkumidagi va hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekzosayyorlarni qidirib topish hisoblanadi. «Muammo kosmik teleskopning mustaqil ravishda» xavfsiz ish rejimiga o‘tganligidan aniqlanib, teleskop avtomatik boshqaruv tizimi algoritmlarida ko‘zda tutilgan bunday ish rejimi, odatda uning tashqi konstruktsiyasi yoki harakat mexanizmlarida biror jiddiy muammo kelib chiqsa faollashadi. Nosozlik kutilmagan hol bo‘ldi deyish qiyin. Bu kabi vaziyatlar avval ham ro‘y bergan edi. Lekin bu safargisi ancha jiddiy bo‘lib, «Kepler»ning olamshumul missiyasini so‘roq ostiga qo‘ymoqda.

Yangilаndi: 15.01.2018 22:05
 


Maqolaning 51 sahifasi, jami 54 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11456518

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov