Lyuks
Lyuks
Lyuks – SI Xalqaro Birliklar Tizimi tarkibidagi, yoritilganlik o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi lk (кирилл алифбосида лк), xalqaro belgilanishi lx.
Ta’rifiga ko‘ra, bir lyuks bu:
Yorug‘lik oqimi bo‘yicha, 1 lyumen yorug‘lik tushayotgan 1m2 sirtning yoritilganligidir.
Ya'ni:
Yangilаndi: 10.02.2020 14:35
Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba
Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba
Sizningcha, biror ilmiy tajriba qancha muddat davom etishi mumkin? 1 haftami, 1 oymi? Albatta, yillab davom etadigan eksperimentlar haqida ham eshitgansiz. Masalan, biologiyada muayyan turlarning ko‘payishi, yoki, seleksiyada, yangi navlar olinishiga qaratilgan tajribalarga, tabiiyki, uzoq yillar ketishi mumkin.
Biroq, aniq fanlarda va xususan, fizikada, odatda bunday uzoq muddatli tajribalar kamdan-kam bo‘ladi. Lekin, fizikada bundan naq 93 yil avval boshlangan va yana qariyb bir asr davom etishi kutilayotgan bir g‘alati tajriba borki, ushbu maqolada shu haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu eksperiment haqiqatan ham, eng uzoq davom etayotgan tajriba sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan va shuningdek, eng bo‘lmag‘ur befoyda tajriba sifatida ham biroz istehzoga olingan.
Yangilаndi: 28.01.2020 14:31
Edvin Xabbl
Edvin Xabbl
(1889−1953)
Edvin Xabbl XX-asr ilm-fani uchun tom ma’noda yorqin iz qoldirgan shaxsdir. Olim o‘zidan keyin, uning nomi bilan ataladigan qonuniyat asosida evolyutsion rivojlanuvchi galaktikalar olami va Koinotning muttasil va shiddatli kengayishi bilan bog‘liq favqulodda ulkan ilmiy meros qoldirdi. Uning astronomiya sohasida amalga oshirgan kashfiyotlari ko‘lami shu qadar ulkanki, bejizga Xabbl Kopernik zamonasidan buyon dunyoga kelgan eng buyuk astronom deb e’tirof etilmagan.
Edvin Xabbl 1889-yilning 20-noyabr sanasida AQSHning Missuri shtatidagi Mensfild nomli kichik shaharchada dunyoga kelgan. Uning ajdodlari Amerikaga Angliyadan ko‘chib kelishgan bo‘lib, Xabblar shajarasi bu shaharda XVI-asrdan buyon yashab kelgan. Edvin Xabblning otasi Jon Paul Xabbl sug‘urta agenti, onasi Virginiya Jeyms esa uy bekasi bo‘lgan. Xabbl doim o‘z oilasi, ayniqsa ota-onasi haqida eslaganda entikib, samimiy jilmayish bilan yodga olar edi. U doim o‘z do‘stlariga, ota-onasining naqadar mehribon va o‘zaro ahil oila bo‘lishgani haqida gapirib bergan. Haqiqatan ham, Xabbllar oilasi o‘z yaqinlari ichida katta hurmat qozongan, mustahkam va ahil oila bo‘lgan. Xabbllar oilasida Edvindan tashqari yana 7 ta farzand bo‘lgan. Edvin Xabblning ona tomondan bobosining uyida eng oddiy, havaskor teleskop mavjud edi. Bo‘lajak astronom olim, falakkiyot ilmiga qiziqishni aynan shu teleskop orqali, bobosi yordamida shakllantirib borgan.
Yangilаndi: 19.11.2019 17:57
Kimyo tili
Kimyo tili
Kimyo tili. Kimyoga oid atamalar va terminlar etimologiyasi.
Ushbu kitob Ilya Abramovich Leenson (1945-2019) tomonidan yozilgan ruscha «Язык химии» kitobining tarjimasi asosida tartiblangan bo‘lib, elementlar, birikmalar nomlari va boshqa terminlarning o‘zbek tilidagi muqobillari va ularning nomi uchun ham sharhlar tarjimon tarafidan mustaqil kiritilgan.
Asl manba, ya'ni, «Язык химии» kitobi aslida ancha katta bo‘lib, ushbu tarjima uning uchdan bir qismini qamrab olgan xolos. Shu sababli, asl manbaning keyingi boblari tarjima qilinishi asnosida, ushbu kitob ham to‘ldirib boriladi.
Diqqat! Kitobxonlardan va kimyo sohasi mutaxassislaridan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz. Kitob mutlaqo to'g'ri tarjima qilingan degan da'vodan yiroqmiz. Shunga muvofiq, taklif qilingan tuzatishlar, o'rinli ko'rsatilgan xatolarimizni tuzatishga tayyormiz.
Bu kitobni hech qanday rasmiy manba yoki ilmiy lug'at sifatida emas, balki, yordamchi ilmiy-ommbop lug'at sifatida ko'rasizlar degan umiddaman.
Yangilаndi: 11.11.2019 16:27
Parsek
Parsek
Parsek – astronomiyada qo‘llaniladigan masofa birligi. SI tizimiga kirmaydi. O‘zbekcha belgilanishi pk (кирилл алифбосида пк), xalqaro belgilanishi pc. Termin «parallaks» va «sekund» so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidan yasalgan.
Bir parsek masofa – yillik trigonometrik parallaksi bir burchak sekundiga teng bo‘lgan obyektgacha bo‘lgan masofadir.
Muqobil ta’rifiga ko‘ra esa, bir parsek bu – ko‘rish nuriga perpendikulyar bo‘lgan bir astronomik birlik (a.b.) kesmaning bir sekund burchak ostida ko‘rinish masofasidir. Ushbu ta’rifga ko‘ra, demak, bir parsek, katetlaridan biri 1 astronomik birlikka teng bo‘lgan va o‘tkir burchagi 1" bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning katta katetining uzunligidir:
Yangilаndi: 05.11.2019 09:45
Xurshid Aliyev
Xurshid Aliyev
Orbita.Uz minbarining bugungi mehmoni Italiyadagi Turin politexnika institutida ilmiy faoliyat olib borayotgan o‘zbek mutaxassisi Aliyev Xurshid Ma’rufovich bo‘ldi. Aliyev Xurshid Ma’rufovich 1987-yilning 24-fevral sanasida Qo‘qon shahrida tug’ilgan. Oliy ta’limni 2004-2008 yillarda Farg‘ona Politexnika Institutida tamomlagan. Magistrlik himoyasini esa 2010-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida himoya qilgan. 2014-yilda Turin Politexnika institutida buyumlar interneti va sun’iy intellekt sohasida PhD darajasini qo‘lga kiritgan.
Aliyev Xurshid ilmiy va mehnat faoliyatini dastlab Toshkentdagi Turin politexnika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. Hozirda Italiyaning Turin shahrida, Turin Politexnika institutida sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Quyida ushbu hamyurtimiz bilan bo‘lgan suhbat matnini havola qilamiz:
1) O‘zingiz tanlagan fan sohasi o‘rganadigan masalalar haqida qisqacha gapirib bersangiz
Men asosan elektronikaning quyidagi sohalari boʻyicha ilmiy ish olib boryapman:
Yangilаndi: 04.11.2019 17:29
Boriy
Boriy
Boriy – beqaror radioaktiv element. Formulasi Bh. Atom raqami 107. 261 dan 272 massa soniga ega izotoplari ma’lum. Eng uzoq yashovchi nisbatan barqaror izotopi boriy-267 bo‘lib, yarim yemirilish davri 17 soniyaga teng.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
107-element sintez qilingani haqidagi ilk xabarni 1976-yilda Dubnadagi yadroviy tadqiqotlar institutida ishlovchi Yuriy Oganesyan boshliq ilmiy guruh tomonidan e’lon qilingan. Ushbu sintez xrom-54 va vismut-209 yadrolarining o‘zaro birlashish reaksiyasi hosilalarining spontan parchalanishi mahsulotlarini tadqiq qilishga asoslangan edi. Boriyning kashf qilingan ilk izotoplarining yarim yemirish davri 5 soniyadan 1-2 soniyagacha bo‘lgan. 1981-yilda, Darmshtadt og‘ir ionlar instituti ham vismut-209 nishonni xrom-54 yadrolari bilan bombardimon qilishga asoslangan 209Bi+54Cr reaksiyasini tadqiq qilgan va bunda, nuklidlarning α-yemirilishi sezish, hamda, uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan yangi texnologiyalarni qo‘llagan. Darmshtadtda olib borilgan eksperimentlar ham, 107-elementning 262-izotopiga taalluqli bo‘lgan α-yemirilishi hodisasini 5 bora payqagan. Nemislarning tajribalarida bu elementning 4,7 va 2,3 soniya yarim yemirilish davriga ega izotoplari aniqlangan.
Yangilаndi: 10.02.2020 16:21
G‘alati nomli kimyo
G‘alati nomli kimyo
Odatda, kimyoviy moddalarning nomi murakkabligi va talaffuzga qiyinligi bilan hammani qiynaydi. Masalan, Siklopentadiyeniltrikarbonilgidridvolfram moddasini, yoki, metilpropenilendigidroksisinnamenilakril kislotasi nomini talaffuz qilish tugul, harflarni adashtirmay, to‘g‘ri o‘qishni o‘zi katta gap. Biroq, kimyoviy formulasi C1289H2051N343O375S8 bo‘lgan oqsilni nomini menimcha birov eslab qolishga harakat ham qilmasa kerak. Chunki, uning nomida 1909 ta harf bor! Agar mabodo kimgadir qiziq bo‘lsa, uning ingliz nomini ilovada[1] keltiramiz.
Biroq, kimyogarlarni odamlar uchun murakkablik tug‘diradigan bunday qiyin nomlarni ataylab o‘ylab topib yurishadi deb ayblab bo‘lmaydi. Masalan, ular ichida ham, kap-katta odam bo‘lib qolsa-da, hali ham multfilm ko‘radigan va kashf qilgan moddalariga multfilm qahramonlari ismini beradiganlari ham bor. Quyida, nomi ilm-fandan yiroq bo‘lgan sohalardan kelib chiqqan kimyoviy moddalardan ayrimlari bilan tanishtiramiz.
Yangilаndi: 26.10.2019 16:41
Nobel-2019. Kimyo sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil.
Nobel-2019. Kimyo sohasida Nobel mukofoti egalarining ilmiy ishlari haqida batafsil
Demak, bu yilgi kimyo bo‘yicha Nobel egalari «litiy-ion batareykalarini ixtiro qilganliklari uchun» ushbu eng nufuzli ilmiy mukofotga munosib ko‘rildilar. Laureatlarning ikkitasi – Jon Gudenou hamda, Stenli Uittingem AQShlik bo‘lsa, uchinchi laureat - Akira Yoshino – Yaponiyalik kimyogardir. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular insoniyatga qayta zaryadlasa bo‘ladigan, yengil, ixcham va xavfsiz tok manbaini – litiy ion batareykalarini taqdim qilganliklari uchun Nobelga sazovor bo‘lishdi.
Yangilаndi: 11.10.2019 07:50
|
|