Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - ...Ilm-fan fazosi uzra!

Umumiy fizika kursi. I-jild (S.E.Frish)

E-mail Chop etish PDF

Umumiy fizika kursi. I-jild (S.E.Frish)

Mualliflar: S.E. Frish, A.V.Timoreva

Tarjimon: M. Vohidov

Tematik yo‘nalishi: Nazariy fizika,

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1965-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 26.12.2018 07:53
 

Umumiy fizika kursi. II-jild (S.E.Frish)

E-mail Chop etish PDF

Umumiy fizika kursi. II-jild (S.E.Frish)

Mualliflar: S.E. Frish, A.V.Timoreva

Tarjimon: M. Vohidov

Tematik yo‘nalishi: Nazariy fizika,

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1972-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 26.12.2018 07:54
 

Kosmik nurlar

E-mail Chop etish PDF

Kosmik nurlar

Elektr tokining havo orqali sirqib isrof bo'lishi, elektr energiyasi uzatish tarmoq loyihachi muhandislari uchun muammo sifatida yuzaga chiqishidan ancha avvalroq, ba'zi fizik mutaxassislar, havoning elektr o'tkazuvchanligidek tushunarsiz jumboq bilan qiziqib qoldilar. Avvaliga takomillashmagan asboblar - yaproqli elektroskoplar, keyinchalik ancha mukammal bo'lgan tolali elektrmetrlar nuqul dastlabki zaryadlarini yo'qotar edi, shu bilan birga, asbob aerostatda baland ko'tarilgan sari, bu sirqish orta borardi. Avstriyalik olim V. Gess, havo molekulalarini zaryadlangan ionlarga bo'lib tashlaydigan qandaydir singuvchi nurlanish aynan koinotdan kelishini 1913-yilda isbotlab berdi.

1927-yilda rus fizigi Skobeltsin, magnit maydonli Vilson kamerasida ayrim izlarni, so'ngra esa magnit maydonda deyarli og'maydigan tez zaryadlangan zarralar guruhlarini sezib qoldi. Boshqa olimlarning yangi tajribalari yuqori singuvchanlik xususiyatlarining ham, kosmik nurlar modda bilan ta'sirlashganda ularning odatdan tashqari o'zgarishlarining ham "aybdori" aynan juda yuqori (milliardlarcha elektron volt) energiyali zaryadlangan zarralar ekanligiga shubha qoldirmadi.

Yangilаndi: 10.02.2025 16:02
 

Urban Leverye

E-mail Chop etish PDF

Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811-yilning 11- mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.

Boshlang'ich ta'limni o'z shahrida olganidan so'ng, Kayenna Politexnika maktabiga o'qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o'qishni tashlab, keyinchalik boshqa o'quv yurti - Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. o'qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837-yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko'ra esa, 1839-yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari - "Sayyoralarning yo'llaridagi asriy o'zgarishlarning tadqiqi" nomli risolasi nashrdan chiqqan.

Yangilаndi: 31.01.2025 08:53
 

Soniya

E-mail Chop etish PDF

Soniya

SI ning asosiy birliklaridan yana biri bu - soniyadir. Uning amaldagi ta'rifi 1967-yilda qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra, soniya - Seziy-133 atomining ikkita o'ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o'tishiga muvofiq keladigan yorug'lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng ekanligi belgilangan. Seziy-133 atomining o'ta nozik sathlari orasidagi kvant o'tishi deganda, asosiy holat S1/22 uchun, F=4, mF = 0?F=3, mF=0 qo'zg'almas o'tish nazarda tutiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, vaqt birligining mazkur ta'rifi, huddi metrniki kabi, uzoq yillar davomida, turli variantlardagi aniqlash va ta'riflash usullariing murakkab evolyutsion bosqichlardan o'tib kelishi natijasida shakllangandir. Vaqtning o'lchov birligini aniqlash, uzunlik va masofa o'lchov birliklarini aniqlashga nisbatan birmuncha murakkabliklarga ega, chunki, metr va kilogrammlar uchun bir marotaba mukammal etalon tayyorlab olib, uni ishonchli joyda saqlash va zaruriyat bo'lganda, undan namunalar olish mumkin. Biroq vaqt esa, doimiy harakatda bo'lib, uning o'lchov birligini aniqlashda, nisbiy solishtirish ishlarini bajarish kerak bo'ladi.

Yangilаndi: 05.02.2025 11:38
 

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

E-mail Chop etish PDF

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

Termodinamik haroratning ta'rifi 10-O'TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo'lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O'TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) "Kelvin gradusi" atamasi va °K belgisi o'rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta'rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Kelvin - termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.

2005-yilda O'TXI quyidagini ma'qulladi: (ya'ni, O'TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo'ydi.)

Yangilаndi: 09.06.2026 16:59
 

Qopqondagi pishloq (yoki, moliyaviy piramida haqida)

E-mail Chop etish PDF

Qopqondagi pishloq (yoki, moliyaviy piramida haqida)

Bundan to'rt-besh yil muqaddam Farg'onada asosan yoshlarni va qisman katta yoshdagilarni o'z girdobiga tortgan bir narsa avj olgan edi. O'shanda mening ham bir necha do'stlarim bunga aralashib qolib keyin ancha afsuslanib yurishdi. Yaxshiki tegishli idoralar tezkor choralar ko'rib, qalloblikning payini qirqishdi. Biroq ular, ancha munchasini chuv tushurib ulgurishgan edi..

O'zlarini allambalo tushunarsiz ajnabiy tildagi bolaxonali nomlar bilan atab olgan bir firma, arzimagan buyum va mayday-chuydalarni falon pulga sotar, bunda sotib oluvchilarga ham qandaydir usullarni tavsiya etib, tez boyib ketishga va'dalar berar edi. Firmachilar bir binoni ijaraga olib, bashang kiyingan holda, tillarida rasmiy jumlalarni qo'llab, odamlarni (tuzog'lariga ilingan bechoralarni desa yanglishmagan bo'laman) boplab laqillatib, qo'ynilarini puch yong'oqqa to'ldirib, oqibatda esa, arzimas buyumlarini falon so'mga pullab olishar edi. Matbuotda bunday holatni "Moliyaviy piramida" deb atashadi. Ya'ni, piramida kabi, yuqoridan pastlagan sari kengayib, tarmoq yoyib boradi. Foydani esa faqat eng yuqoridagi, piramidaning cho'qqisidagi(lar) ko'radi. Ular taklif qilayotgan tez boyish sxemasi esa ancha sodda:

Siz bu firma taklif qilayotgan biror buyum yoki xizmatni sotib olasiz. Bu narsalar arzon emas, masalan, kuchni ko'paytiradigan g'ayritabiiy xususuiyati bor bir allambalo shishaga o'xshagan matoh 650$ turadi. Ular taklif qilayotgan buyumlar orasida eng arzoni mana shu. Qolaversa, ularda qandaydir sanoqli sondagi Misr tilla tangalarimiey, qanaqadir taqinchoqlar va ho kazolar, yirik shaharlarga sayohatlar mavjud. Xullas, shulardan birini sotib olasiz va shu bilan birga firmaga a'zo bo'lasiz. Keyin esa, o'zingizga o'xshaganlardan yana uchtasini topib kelasiz. Ular ham o'sha narsalardan sotib olishadi. Ularni siz olib kelganingiz uchun, firmachilar, siz olib kelgan haridorlarning qilgan harid summasidan, adashmasam chorak qismini sizga berishadi. Keyin esa, ular ham o'zlari uchun uchtadan haridor topib kelishadi. Ulardan ham, sizga foyda tariqasida ma'lum ulush tegadi. Shu tarzda piramida davom etaveradi. Qarabsizki siz boyib ketasiz. Faqat dastlabki, haridni qilib, o'zingizga uch nafar haridor topib kelib ularni ham buyumlardan sotib olishga ko'ndirsangiz bas.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:38
 

Segnetoelektriklar

E-mail Chop etish PDF

Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar deb bir qator ajoyib dielektrik xossalarga ega bo'lgan va birinchi navbatda, hatto tashqi bo'lmaganida ham vujudga keladigan, o'z-o'zida elektr qutblanish xususiyatiga ega bo'lgan kristall moddalarga aytiladi. Birinchi marta bu xossalarni fizik olimlar I.V.Kurchatov va P.P. Kobeko, segnet tuzi (NaKC4H4O64H2O) kristallarini tekshirayotganda aniqlagan edilar. Shundan, mazkur sinf dielektriklar uchun segnetoelektriklar nomi kelib chiqqan. Keyinchalik, ba'zi boshqa kristallarning, masalan, bariy titanati, litiy tantalati, kaliy digidrofosfati kristallarining segnetoelektrik xossalarga ega bo'lishi aniqlandi. Segnetoelektriklar o'z dielektrik xossalarining anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, agar elektr maydon muayyan kritallik o'qlar bo'lab hosil qilingan bo'lsa, u holda ε dielektrik doimiy biror haroratlar sohasida maydon kuchlanganligiga kuchli darajada bog'langan bo'la boshlaydi va juda katta (ε~10000) qiymatga erishadi. Bundan tashqari, ε kattalik dielektrikning oldingi holatiga bog'liq bo'ladi. Dielektrikning segnetoelektrik sohasini chegaralovchi haroratga Kyuri nuqtasi deyiladi. Yuqoriroq haroratlarda moddalarning segnetoelektrik xossalari yo'qoladi. Ba'zi segnetoelektriklarda ularning ajoyib xossalari harorat bo'yicha ham yuqoridan, ham pastdan chegaralangan ikkita Kyuri nuqtadi bo'ladi.

 

Yangilаndi: 31.01.2025 17:00
 

Siyrak yer elementlari

E-mail Chop etish PDF

Siyrak yer elementlari


Bu nom bilan 15 ta kimyoviy element: lantan (Z=57) va 14 ta lantanoidlar (Ce, Z=58 dan, Lu, Z=71 gacha)ning tarixiy nomidir. Bu elementlar Mendeleev davriy jadvalining oltinchi davrida joylashgan. siyrak yer elementlari jumlasiga yana skandiy (Z=21) va ittriy (Z=39) kiradi. Chunki bu elementlarning ochilishi va o'rganilishi tarixi siyrak yer elementlariningtarixi bilan chambarchas bog'liqdir.
Tabiatda siyrak yer elementlari odatda bir-biri bilan yaqin uchraydi. Hozirda 250 ga yaqin siyrak yer elementlarining minerallari ma'lum bo'lib, ularni mumtoz siyrak elementlarga qo'shib bo'lmaydi.
XIX-asrda va XX-asr boshlarida 100 dan ortiq siyrak yer elementi kashf etilgani e'lon qilindi, ammo, bu kashfiyotlarning ko'pi xato ekanligi aniqlandi. Haqiqatda esa tabiatda qancha siyrak yer elementi mavju ekanlgini hech kim aniq aytib bera olmadi.
Bu ularning birinchi jumboq tomoni edi. Ikkinshisi esa siyrak ter elemntlarining kimyoviy o'xshashligidir. Bitta siyrak yer elementini boshqasidan ajratib olish uchun ko'p minglab turli xil kimoviy operatsiyalarni olib borishga va yillab vaqt sarflashga to'g'ri kelgan. Nima uchun siyrak yer elementlari juda o'xshash? Buni ham hech kim tushuntirib bera olmadi. Nihoyat uchinchi jumboq: birikmalar tarkibida uch valentli bo'ladigan siyrak yer elementlarini kimyoviy elementlarning davriy sistemasida qanday joylashtirish kerak?
Bu savollarga javob topish asosan fiziklarga qoldi, ammo kimyogarlar ham mumkin bo'lgan hamma imkoniyatlardan foydalandilar. Ular siyrak yer elementlarini bir qatorga (atom massalarining ortib borishi tartibida) to'g'ri joylashtirib, bu elementlarning sonini taxminiy aniqladilar.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:51
 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

E-mail Chop etish PDF

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. O'rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o'lchamlarini va undan Yergacha bo'lgan masofa hisoblab chiqishgan. XVI-asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi. Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassini Marsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX-asrga kelib Marsni o'rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo'qligini aniqlash bo'yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko'p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960-yillarda "Fobos", "Deymos", "Mariner", "Viking", "Mars Global Surveyor" kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.

Yangilаndi: 05.02.2025 15:30
 


Maqolaning 43 sahifasi, jami 55 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14075038

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!