Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Relikt nurlanish

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Relikt nurlanish

Relikt nurlanish nurlanishning yana boshqacha bir nomlanishi – mikroto‘lqinli kosmik fon nurlanishi ham deyiladi. Ushbu nurlanishlar butun Koinotni to‘ldirib turadi. Relikt nurlanish bundan 13,7 milliard yil muqaddam sodir bo‘lgan va hozirgi biz bilgan Koinotning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Ulkan portlashning o‘ta kuchsizlangan, sezilar-sezilmas aks-sadosi hisoblanadi. Koinot yaralgan dastlabki lahzada yuzaga kelgan favqulodda ulkan miqdordagi energiya tashuvchi gamma va rentgen nurlari diapazonidagi elektromagnit nurlanishlarni tashuvchi yuqori energiyali fotonlarning to‘lqin uzunligi vaqt o‘tishi bilan juda ham kattalashib ketdi va hozirga kelib, ushbu to‘lqinlar uzunligi past energiyali mikroto‘lqinlar diapazoniga o‘tib ketgan.

Yangilаndi: 08.07.2019 12:08
 

15 o‘yini yoki Taken

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 35
Juda yomon!A'lo! 

15 o‘yini yoki Taken

(Mumtoz matematik maqolalar turkumidan)

 

Ya.I.Perelmanning "Qiziqarli matematika" (1938) kitobidan tarjima.

 

Raqamlangan 15 ta kvadrat shashka teriladigan qutichaning qiziq tarixi borligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu haqida, tarixchi-tadqiqotchi V.Arens so‘zi bilan hikoya qilamiz.

XIX asrning 70-yillarida, AQSHda "15" o‘yini paydo bo‘ldi; u tez tarqaldi va bu o‘yin ishqibozlari hisobsiz darajada ko‘payib ketganligidan, u chinakam ijtimoiy ofatga aylandi.

Okeanning berigi tarafida, ya'ni Yevropada ham ahvol shunday edi. Bu yerda ko‘nkalarda (ot qo‘shilgan aravadan iborat yo‘lovchi tashuvchi shahar ichi temir yo‘l transporti, tramvayning ajdodi) ham yo‘lovchilar qo‘lida 15 ta shashkali qutichalarni ko‘rish mumkin edi. Idoralarda va do‘konlarda xo‘jayinlar o‘z xizmatchilarining o‘yinga berilib ketib, ishni tashlab qo‘yganliklari sababidan g‘azablanib, ish va savdo vaqtida bu o‘yinni o‘ynashni ta'qiqlab qo‘ydilar. o‘yin-kulgi muassasalarining egalari, odamlarning bu o‘yinga bo‘lgan katta qiziqishdan foydalanib, yirik turnirlar uyushtirar edilar.

o‘yin hatto Germaniya Reyxstagining muhtasham zallariga ham kirib bordi. Reyxstagda oppoq sochli mo‘ysafidlarning o‘z qo‘llaridagi kvadrat qutichaga termulib o‘tirganlarini hali ham ko‘z oldimdan ketmaydi" - deydi o‘sha vaqtlarda Reyxstag deputati bo‘lgan mashhur geograf va matematik Zigmund Gyunter.

Yangilаndi: 13.12.2018 09:13
 

Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 

Eynshteynning mashhur timsoli - tilini chiqargan daho

O‘sha ma'lum va mashhur fotosurat.
Albert Eynshteyn tilini katta qilib chiqarib turibdi.

Fotosuratga turlicha izoh berishadi.
Ular ichida eng keng tarqalgani va ishonchlisi quyidagicha:

Yangilаndi: 22.12.2018 11:04
 

Soniya

E-mail Chop etish PDF

Soniya

SI ning asosiy birliklaridan yana biri bu - soniyadir. Uning amaldagi ta'rifi 1967-yilda qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, soniya - Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng ekanligi belgilangan. Seziy-133 atomining o‘ta nozik sathlari orasidagi kvant o‘tishi deganda, asosiy holat S1/22 uchun, F=4, mF = 0?F=3, mF=0 qo‘zg‘almas o‘tish nazarda tutiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, vaqt birligining mazkur ta'rifi, huddi metrniki kabi, uzoq yillar davomida, turli variantlardagi aniqlash va ta'riflash usullariing murakkab evolyutsion bosqichlardan o‘tib kelishi natijasida shakllangandir. Vaqtning o‘lchov birligini aniqlash, uzunlik va masofa o‘lchov birliklarini aniqlashga nisbatan birmuncha murakkabliklarga ega, chunki, metr va kilogrammlar uchun bir marotaba mukammal etalon tayyorlab olib, uni ishonchli joyda saqlash va zaruriyat bo‘lganda, undan namunalar olish mumkin. Biroq vaqt esa, doimiy harakatda bo‘lib, uning o‘lchov birligini aniqlashda, nisbiy solishtirish ishlarini bajarish kerak bo‘ladi.

Yangilаndi: 23.05.2019 09:36
 

Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari

Yurtimiz ming yillar davomida o‘zining yuksak madaniyati va shonli tarixi bilan jahon maydonida o‘ziga xos shuhrat qozonib kelgan. Ajdodlarimizninh ilm-fanning barcha sohalarida samarali ijod qilib, buyuk ilmiy kashfiyotlar qilishgan. Ular qoldirgan benihoya boy ilmiy me'ros, hozirgi kun uchun ham o‘ta qadrli va dolzarbdir. Buyuk bobokalon ajdodlarimiz - Muso al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, g‘iyosiddin al Koshiy singari o‘tkir mutafakkir allomalarimizning aniq va tabiiy fanlar borasida olib borgan ilmiy faoliyatlariga, jahon hali hanuz tahsinlar o‘qimoqda. Ularning o‘z ilmiy ishlarida foydalangan o‘lchov birliklari ham o‘ziga xos bo‘lib, mazkur allomalarning ilmiy ishlarini o‘rganishda va mohiyat-mazmunini anglashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Umuman olganda, IX-XII asrlar islom uyg‘onish davri deb yuritiladigan, jahon ilm-fani osmonida Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobolarimizning porlashi bilan boshlangan buyuk ilmiy tariximizda ham, shonli o‘tmishimizning keyingi davri - Temuriylar hukmronligi ostida o‘tgan XIII-XV asrlarda ham, va o‘zbek xonliklarining qaror topishidan toki ularning tanazzuligacha bo‘lgan XVI-XIX asrlarda ham, mamlakatimiz hududida muqaddas islom dini va shariat qonunlari ustivor bo‘lganligini e'tirof etish o‘rinlidir. Shunga ko‘ra, xalq kundalik turmushi va savdo munosabatlarida ham, buyuk allomalarimizning ilmiy ishlarida ham, asosan islom dini shariat qonunlarida o‘rnatilgan o‘lchov birliklaridan foydalanilgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:57
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 96 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 817
O'qilgan sahifalar soni : 4681586

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!