Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Maxfiy tovushli buyruqlar orqali xakerlar smartfonlarga beruxsat kira olishadi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Maxfiy tovushli buyruqlar orqali xakerlar smartfonlarga beruxsat kira olishadi

Hozirgi kunda global axborot xavfsizligi masalasi bilan bir qatorda, odamlar orasida juda ommalashgan narsa - shaxsiy axborotlarni saqlovchi qurilmalarning ham axborot xavfsizligi muammolari yuzaga chiqmoqda. Smartfonlarning keng tarqalishi bilan yer yuzida millionlab odamlar turli ijtimoiy tarmoqlarga va portallarga o'z qo'l telefonlaridan osongina kirib, foydalanishmoqda. Smartfonlar nafaqat global tarmoqqa kirish imkonini beradi, balki, ularning xotirasida asosan o'ta shaxsiy mazmundagi fayllar, turli yozishmalar, tanish-bilishlarning aloqa manzillari kabi, muhim va konfedensial ma'lumotlar ham saqlanadi. Bunday ma'lumotlar esa, yomon niyatli xakerlardan himoya qilish, ularning maxfiyligini kerakli darajada ta'minlay olish zarur.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:40
 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari. (2-qism)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.
(2-qism)

 

Ko'plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko'pchilikning ko'z o'ngida avvalo o'sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o'ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko'plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to'ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo'shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o'rin berilgan.

Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz. (Maqolaning davomi)

Yangilаndi: 06.02.2025 07:50
 

Alfa-Yemirilish

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Alfa-Yemirilish

Alfa (α) - yemirilishning kashf etilish va uni o‘rganish tarixi Ernest Rezerford nomi bilan bog‘liq. α-yemirilish, α-zarra degan nomlari ham u taklif etgan. Bu voqea radioaktivlik kashf etilgandan keyin bir oz vaqt o‘tgach sodir bo‘ldi. O‘shanda Rezerford uran tuzlarining nurlanishini endi tekshira boshlagan edi. Tajribalar bu nurlanish bir jinsli emasligini ko‘rsatdi. Uning bir qismini yupqa alyuminiy folga yutar, boshqa qismi esa undan bemalol o‘tib ketar edi. Olim ularni mos ravishda α-va β-nurlar deb atadi. Biroz keyinroq nurlanishning yana bir tarkibiy qismi aniqlandi, u yunon alifbosining uchinchi harfi bilan γ-nurlar deb ataldi.

α-zarralar Rezerford uchun uzoq yillar davomida atom yadrolarini tekshirish uchun yagona qurol bo‘lib qoldi. α-zarralarining tabiatini aniqlashda ham u birinchi bo‘ldi. α-zarra har ikki elektronini yo‘qotgan geliy- 4 atomi yadrosi ekanligini aniqlandi:.

Yangilаndi: 09.12.2018 12:14
 

Ta'sir etuvchi massalar qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Guldberg va VaageTa'sir etuvchi massalar qonuni

Kimyoga oid ilmiy va o'quv adabiyotlarida "ta'sir etuvchi massalar qonuni" ushbu fundamental fanning eng asosiy qonunlaridan biri sifatida keltiriladi. Kimyoviy o'zaro ta'sir jarayoni ta'sirlashayotgan massalarning miqdoriga bog'liq ekanini ham organik kimyo, ham anorganik kimyo sohalaridan kelib chiqayotgan faktlar yaqqol isbotlab turardi. Avvaliga G. Roze 1851-yilda va keyinroq Bunzen 1853-hamda, Gledston 1855-yillarda kimyoviy reaksiyalarning borishida muayyan sharoit hozirlansa, unda reaksiya yo'nalishini o'zgartirib, kimyoviy shakl almashinishlarni teskari tomonlama qayta tashkil qilish mumkinligini ko'rsatib berishdi. 1857-yilda esa, farang kimyogari Sent-Kler Devil (1818-1881) kimyoviy birikmalarning parchalanishi, ularning to'liq parchalanish haroratidan ham pastroq haroratlarda ham boshlanishi mumkinligini isbotlab berdi.

Yangilаndi: 04.02.2025 13:51
 

Robert Boyl (1627-1691)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Robert Boyl (1627-1691)

Robert Boyl ilm-fan tarixida shunchaki kashshof olim sifatida emas, balki, ilm-fanni tizimlashtirib, tartibga solgan tashkilotchi olim sifatida ham yorqin iz qoldirgan. Uning modda tuzilishining korpuskulyar nazariyasi bo'yicha ilmiy ishlari atom-molekulyar ta'limot yo'lidagi eng muhim qadamlardan biri bo'lgan edi. Robert Boylning ilmiy tadqiqotlari kimyo fanining yangitdan tug'ilishiga sabab bo'lgan edi. Hozirgi zamon ilm-fanida eng fundamental, eng muhim fanlardan biri bo'lmish - kimyo fanini mustaqil fan sifatida shakllantirgan olim sifatida ham aynan Robert Boyl tan olinadi. Aynan Boyl, kimyoda o'ziga xos yondoshuv va uslublar mavjud bo'lishi kerakligini va bu fanni eskicha uslubda, ya'ni, tibbiyot tarkibida o'rganishdan foyda kam ekanini isbotlab bergan edi. Juda ko'p sonli rangdor reaksiyalar va cho'ktirish reaksiyalarini o'tkazish orqali, Boyl shuningdek analitik kimyo faniga ham asos solib berdi.

Robert Boyl 1627-yilning 25-yanvar sanasida dunyoga kelgan. o'z zamondoshlari Robert Boylning otasi Richard Boylni o'ta manfaatparast, tamagir va yulg'ich odam sifatida eslab qolishgan. Robert Boyldek mashhur va hassos olimning shunday noinsof kishining farzandi bo'lganiga ishongisi kelmaydi odamni... Biroq tarixiy haqiqat aynan shunday: Richard Boyl - o'ta kalondimog', shuhratparast, urishqoq odam bo'lib, qirolicha Yelizavetta zamonida u Kork gersogi maqomiga erishgan edi. U katta-katta yer egalarini qaqshatib, kerak bo'lsa ular bilan urush, qon to'kish orqali ko'pchilikning yer-joylarini tortib olgan. Shu tarzda u o'z yer-mulklarini kengaytirib, boyib borgan. Uning naq 14 nafar farzandi bo'lgan va Robert Boyl ular ichida eng kenjalaridan biri, aniqrog'i 13-chi farzand bo'lgan.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:42
 


Maqolaning 19 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134903

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)