Rim funti va yapon Iyenasi orasida qanday bog'lik bor?
Bobilliklarning 0.5453 kilogramm vaznga ega kichik mina nomli o'lchov birligi, o'ta yashovchan bo'lib chiqdi va tarixning ming yillik o'zgarishlariga bardosh berib, vatani - Bobil podsholigi qulaganidan ming yillardan so'ng atak-chechak qila boshlagan Rim saltanatining o'lchov birliklariga ham asos bo'lib xizmat qildi. Bu metall quymalari bo'lib, ular bir vaqtning o'zida ham tangalar ham vazni yozib qo'yilgan metall qadoq toshlari edi. Bunday ko'rinishdagi ham bul ham qadoq tosh metallarni qadimgi Lotin Ossk va Sabin qabilalari o'zaro birlashib, Rim davlatining eng birinchi tamal toshini qo'ygan davrlarda zarb etishgan.






.jpg)


1054-yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko'plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g'alati yorqin obyektning paydo bo'lishiga guvoh bo'lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo'lgandi. Yangi paydo bo'lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so'ngra yana ko'zdan g'oyib bo'lgan. o'sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o'ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o'sha qismida eng o'tkir ko'z ham arang ilg'aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar "Qisqichbaqasimon tumanlik" deb atay boshlashgan.