Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Oltin nisbat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Oltin nisbat

Leonardo da Vinchining yaqin do'sti bo'lgan italyan matematigi Luka Pacholi (1445-1517) o'zining Divina Proportione deb nomlangan risolasini chop etgan edi. Bu risola nomini «Ilohiy proporsiya» deb tarjima qilish mumkin. Unda hozirda oltin kesma deb nomlanadigan va ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan nisbat haqida so'z boradi. Yunon alifbosidagi φ harfi bilan belgilanadigan mazkur oltin nisbat matematikada va tabiatda ham juda hayratlanarli darajada ko'p uchraydi. Oltin nisbatni tasavvur qilishning eng oson usuli bu - shunday kesmani ko'z oldiga keltirish kerakki, uni ikki qismga shunday tarzda bo'linadiki, bunda, kesmaning to'liq uzunligining uning katta bo'lagiga nisbati, ushbu katta bo'lakning kichik bo'lakka nisbatiga teng bo'ladi. Ya'ni, buni (a+b)/b=b/a ifoda orqali bayon qilish mumkin. Va bu nisbat doim 1,61803... qiymatga teng chiqadi.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:42
 

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Zararkunanda dasturlar evolyutsiyasi

Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida

Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda. Xavfsizlik texnologiyalari bilan o'tkir raqobat muhitida, viruslar ham o'z strategiyasini o'zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi qanday boshlangan edi va uning keyingi yo'nalishi qanday bo'ladi? Biz Orbita.Uz'da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm qildik.

Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo'shni shaharcha - Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og'ir ahvoldagi qariya bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin allaqachon kech bo'lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.

Bu hodisaning sababi - Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar yo'qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida ham axborot tarmog'i ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan to'xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko'chirishga to'g'ri kelgan, bemorlarni qabul qilish to'xtatilgan va umuman, kasalxona o'z funksiyalarini bajara olmay qolgan.

Xakerlar hujum obyektini noto'g'ri tanlashgan edi va keyinchalik, o'z xatolarini tushungan holda, serverlardagi ma'lumotlarni tiklash kalitini ham o'zlari taqdim etishgan. Lekin allaqachon kech bo'lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro'y berdi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:33
 

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog'liqligi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog'liqligi

Muayyan ekotizimda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan turlar soni mazkur ekotizim maydoniga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Maydon qanchalik katta bo'lsa, unda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan turlar soni ham ko'proq bo'ladi.

Haqli savol tug'iladi: haqiqatan ham kichik ekotizimlardagi turlar soni yirik ekotizimlardagidan ko'ra kamroq bo'ladimi? Bir tarafdan, maydon qanchalik katta bo'lsa, undagi foydalanishga yaroqli bo'lgan turli ekologik makonlar ham shunchalik ko'p bo'ladi deb umid qilish mumkin. Boshqa tarafdan, masalan nima uchun yaylov maydonining ikki barobar qisqarishi tufayli undagi biologik xilma xillik ham shunga monand kamayadi deb o'ylash kerak o'zi? Tushunarliki, bunda organizmlarning umumiy soni kamayadi albatta, lekin nimaga endi bunda o'sha yaylovda yashaydigan turlar soni ham kamayishi sodir bo'ladi?

Yangilаndi: 20.01.2025 09:35
 

Ko'rinmas yov - IS GAZI

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Ko'rinmas yov - IS GAZI


Is gazi, yoki, uglerod monooksidi - CO bu - hidsiz, ta'msiz va rangsiz gaz bo'lib, yoqilg'ining to'liq yonmasligi natijasida hosil bo'ladi. Is gazi odamlar uchun ham va jonivorlar uchun ham zaharli hisoblanadi.

Is gazi organizmga nafas yo'llari orqali kirib keladi va kislorodning kirishini to'sib, organizm faoliyatini izdan chiqaradi. Organizmda kislorod yetishmovchiligi boshlangach, hammadan ham ko'ra ko'proq bosh miya, asab tizimi hamda, hamda yurak mushaklari bunga sezgirlik namoyon qiladi. Shu sababli ham, is gazidan zaharlangan odam vaziyatning nechog'lik xavfli ekanini o'zi yaxshi anglolmay qoladi. U o'ziga nimadir bo'layotganini bilib tursa ham, fikrini jamlay olmaydi, hushini yig'a olmasdan, dezorientatsiyaga yo'liqadi, hamda, o'zini-o'zi qutqarishga ojizlik qilib qoladi. Odam hatto uyg'oq paytda, es-hushi o'zida bo'lgan, bardam, tetik holatida ham is gazining zimdan ko'rsatayotgan ta'sirini payqashi qiyin bo'ladi. Uyqu paytida esa odam o'z organizmi is gazidan zaharlana boshlaganini umuman sezmay qolishi ham hech gap emas.

Is gazi paydo bo'ladigan joylar

Is gazi odatda yonishni ta'minlash uchun yetarli kislorod bo'lmagan holatlarda, ya'ni, yonilg'i chala yonganda ajralib chiqa boshlaydi. Bunday holat esa pechka o'rnatilgan xonalardagi mo'rilarning tiqilib to'lib qolishidan va ventilyatsiyaning nosozligidan yuzaga keladi. Ya'ni, mo'ri tiqilib qolgan bo'lsa va ventilyatsiya nosoz bo'lsa, ichkariga toza havo kirmaydigan xonada yoqilgan yoqilg'idan oddiy tutunga qo'shilib is gazi ham ko'p miqdorda ajralib chiqa boshlaydi. Mo'ri berkligi sababli, ushbu tutun va is gazi hech qayoqqa chiqib ketolmasdan, xona ichida to'plana boshlaydi va buning natijasida, o'z navbatida xonadagi kislorod miqdori yanada kamayib boradi. Oqibatda yonishni ta'minlab turgan kislorod miqdori yanada va yanada kamayib, chala yonish esa yana kuchayib boradi. Gaz qurilmalarida hosil bo'ladigan tutun gazlarining rangi va hidi bo'lmaydi. Shu sababli ham tutun gazlari va is gazi xonaga sizib chiqa boshlaganini sezmay qolishi mumkin. Qozonda ovqatning kuyib ketishidan ham is gazi yuzaga kelishi va zaharlanish sodir bo'lishi mumkin. Lekin, baribir odatda kishilarning is gazidan zaharlanishi kuzatilgan aksar holatlarda buning sababi nosoz pechka va mo'rilar, hamda, nosoz ventilyatsiya bo'lib chiqadi.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:23
 

Uch og'ayni botirlar haqida masala

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 25
Juda yomon!A'lo! 

Ertakdagi uch o'gayni botirlar: Botir, Qorajon, Jonibek va ularning hotinlari, ya'ni ovsinlar Oysuluv, Saxrizoda va Parizodlarning yoshlarini birga qo'shganda 151 yosh. Shu bilan birga, har bir erkak o'zining hotinidan 5 yosh katta.

Botir - Saxrizodadan 1 yosh katta: Oysuluv va Botirning yoshini bir-biriga qo'shganda 48, Jonibek bilan Oysuluvning yoshi esa 52 bo'ladi. Qaysi erkak qaysi ayolning eri va to'ng'ich botir kim ekanini toping.

Yangilаndi: 14.09.2018 08:50
 


Maqolaning 17 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134903

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!