Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Lyuks

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Lyuks

Lyuks – SI Xalqaro Birliklar Tizimi tarkibidagi, yoritilganlik o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi lk (кирилл алифбосида лк), xalqaro belgilanishi lx.

Ta’rifiga ko‘ra, bir lyuks bu:

Yorug‘lik oqimi bo‘yicha, 1 lyumen yorug‘lik tushayotgan 1m2 sirtning yoritilganligidir.

Ya'ni:

Yangilаndi: 10.02.2020 14:35
 

Karantin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Karantin

Biz o'zbeklarda "chilla" tushunchasi bor. Chaqaloq tug"ilganidan boshlab qirq kun mobaynida chilla saqlanadi, ya'ni, uni begona ko'zlardan pana tutiladi. Yangi kelin-kuyov ham to'ydan keyin qirq kun ichida chillali bo'ladi deyiladi. Bu ularning baxtiga ins-jinslarning yomon nazari tushmasligi uchun qilinadi. Yoz chillasi - saraton va qish chillasi qahratonni ham siz yaxshi bilasiz. Bularning hammasi qirq kun davom etadi. o'zbek udumlarida chilla qachon va qanday paydo bo'lganini bilmayman. Har holda, buning o'tmishi juda uzoq ekani aniq. Va albatta bu, xalqimizning uzoq asrlar mobaynida tajribasidan o'tgan, amalda o'z nafini bergan amaliyot ekaniga ham men ishonaman. Chilla - qirq kun davom etadigan jarayondir. Shu sababli, uning ma'nosi ham fors-tojik tilidagi "qirq" ma'nosini beruvchi chilla so'zidan kelib chiqqan. Marg"ilondagi Childuxtaron mahallasi nomi "qirq qiz" degan ma'noda tarjima qilinadi. Chiltor - qirqta tor, chilyosin qilish esa, Hazrati Yosin surasini qirq marta o'qib dam solishdan iborat bo'ladi.

Yangilаndi: 03.02.2025 09:21
 

Seziy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Seziy

Seziy - atom raqami 55 bo'lgan, oltinchi davrning birinchi guruhiga mansub element. Formulasi Cs. Oddiy modda shaklidagi seziy sarg'ish-kumush tusli, yumshoq ishqoriy metall.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi

Seziy spektral tahlil vositasida ochilgan eng birinchi elementdir. Uni nemis olimlari Robert Bunzen va Gustav Kirxgof tomonidan 1860-yilda, Germaniyadagi Bad-Dyurkxaym mineral suvidan optik spektroskopiya vositasida kashf qilingan. Element nomi uning emission spektrda ikkita yorqin moviy chiziq namoyon qilishiga ishora sifatida qo'yilgan. Lotincha caesius so'zi «havorang» degan ma'noni beradi.

Yangilаndi: 22.01.2025 08:50
 

Barrel

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Barrel

Barrel – asosan AQSh va Britaniyaning sobiq mustamlakalari hududida keng tarqalgan hajm o‘lchov birligi. SI tizimiga kirmaydi va nostandart, ya'ni, o‘nlik sanoq tizimiga tushmaydigan ulushli birliklari tufayli birmuncha noqulay birlik bo‘lib, qolaversa, suyuq va quruq (sochiluvchan) moddalar uchun turli xil barrel o‘lchamlari mavjudligi holatni yanada chigallashtiradi.

Qanday moddaning hajmi o‘lchanayotganiga qarab, quruq barrel va suyuq barrel, hamda, bundan tashqari, hammasidan alohida, neft barreli ham bo‘ladi. Quruq barrel bilan asosan don-dun va shunga o‘xshash moddalarning hajm birligidagi miqdori ifodalanadi. Boz ustiga, donning har bir turi uchun alohida barrel qo‘llanadi, masalan, bug‘doy uchun boshqacha, arpa uchun boshqacha va makkajo‘xori uchun boshqacha barrel bo‘lishi mumkin.

Yangilаndi: 23.04.2020 15:15
 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi

Ilmiy manbalarda C/2020 F3 (NEOWISE) nomi bilan qayd etilayotgan kometani shu kunlarda shimoliy yarimsharda shom oqqandan keyin kuzatish imkoni mavjud bo'lmoqda. Kometa ancha xiraligi sababli uni oddiy ko'z bilan ko'rish qiyin.

Mazkur kometaning o'ziga xosligi shundaki, u juda cho'zinchoq parabolik orbitaga ega bo'lib, juda uzoq davriylikda - har 6766 yilda bir marta qaytar ekan. Shu yilning 27-mart kuni kashf qilingan mazkur kometani Samarqandlik havaskor astronom Ma'ruf Karaev suratga olishga muvaffaq bo'ldi. Quyida ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz:

Yangilаndi: 21.01.2025 09:01
 


Maqolaning 16 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13399908

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)