Leonard Eyler
(1707-1783)
Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo'q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo'lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o'rta maktablarda o'tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi.
Leonard Eyler - matematika rivojiga eng salmoqli hissa qo'shgan olimlardan biridir. U o'z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng birinchi bo'lib tadbiq qilgan bo'lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini qo'yib bergan edi. o'sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: "Analizga kirish", "Differensial hisob", hamda, "Integral hisoblash". Eylerning ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o'ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.







G'alati nomli kimyo
Ervin Shryodinger
Orbita.Uz minbarining bugungi mehmoni Italiyadagi Turin politexnika institutida ilmiy faoliyat olib borayotgan o‘zbek mutaxassisi Aliyev Xurshid Ma’rufovich bo‘ldi. Aliyev Xurshid Ma’rufovich 1987-yilning 24-fevral sanasida Qo‘qon shahrida tug’ilgan. Oliy ta’limni 2004-2008 yillarda Farg‘ona Politexnika Institutida tamomlagan. Magistrlik himoyasini esa 2010-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida himoya qilgan. 2014-yilda Turin Politexnika institutida buyumlar interneti va sun’iy intellekt sohasida PhD darajasini qo‘lga kiritgan.


