Amorf Holat
Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo'ldi. Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha - amorf jismining eng oddiy misolidir.
Amorf holat - kristall va gazsimon holatlar orasidagi oraliq holat bo'lib, zarralar kristalldagidek tartibli joylashmagan, lekin gazdagidan tartibliroq joylashgan bo'ladi.
Yunonchadan tarjima qilganda "amorf" so'zi "shaklsiz" degan ma'noni anglatadi. Bu moddalarning bunday nom olishiga sabab, ular kristallardan farqli, tabiatan ko'pyoqliklar shakliga ega emas.
Agar eritma tez sovitilsa, suyuqlik kristallana boshlamasdanoq qotadi. Atomlar panjaraga tartib bilan joylashishga ulgura olmaydi va suyuqlikka xos bo'lgan tartibsiz joylashishini saqlab qoladi. Biroq bu suyuq modda bo'lmay, qattiq modda bo'ladi. Uning yopishqoqligi suyuqliknikidan ancha katta va kristallning yopishqoqligiga yaqin bo'ladi.






1961-yil 12-aprelda ilk marta inson koinotga parvoz qildi. Bu rus yigiti
Quyma po'lat
Ona sayyoramiz - Yerda okeanlarning o'rni beqiyos. Okeanlar hayotning shakllanishida muhim o'rin tutgan. Yerdan boshqa samoviy jismlarda ham okeanlar bormikan? Agar bo'lsa, o'sha okeanlarda ham hayot mavjud bo'lishi mumkinmi? Hozirda olimlar shu savollar yuzasidan izlanishlar olib borishmoqda. Hozirda Quyosh tizimidagi ayrim mitti sayyoralarda va tabiiy yo'ldoshlarda ummonlar borligini aniq bilamiz. Shuningdek, ayrim osmon jismlarida ham okean mavjudligi haqida taxminlarga egamiz. Ular haqida yaqinroq va to'liqroq bilish uchun esa, mazkur osmon jismlari tomon kosmik apparatlar uchirilgan.
Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?