Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Relikt nurlanish

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Relikt nurlanish

Relikt nurlanish nurlanishning yana boshqacha bir nomlanishi - mikroto'lqinli kosmik fon nurlanishi ham deyiladi. Ushbu nurlanishlar butun Koinotni to'ldirib turadi. Relikt nurlanish bundan 13,7 milliard yil muqaddam sodir bo'lgan va hozirgi biz bilgan Koinotning paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan Ulkan portlashning o'ta kuchsizlangan, sezilar-sezilmas aks-sadosi hisoblanadi. Koinot yaralgan dastlabki lahzada yuzaga kelgan favqulodda ulkan miqdordagi energiya tashuvchi gamma va rentgen nurlari diapazonidagi elektromagnit nurlanishlarni tashuvchi yuqori energiyali fotonlarning to'lqin uzunligi vaqt o'tishi bilan juda ham kattalashib ketdi va hozirga kelib, ushbu to'lqinlar uzunligi past energiyali mikroto'lqinlar diapazoniga o'tib ketgan.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:18
 

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Termodinamik harorat birligi - Kelvin

Termodinamik haroratning ta'rifi 10-O‘TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) "Kelvin gradusi" atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta'rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Kelvin - termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.

2005-yilda O‘TXI quyidagini ma'qulladi: (ya'ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)

Yangilаndi: 27.11.2018 11:58
 

Uglerod dunyosi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Uglerod dunyosi

Kitobxon e'tiboriga havola etilayotgan ushbu ilmiy-obbabop asar, mashhur amerika fantast va ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Ayzek Azimov (Isaac Asimov) tomonidan yozilgan. Eng sodda uglerod birikmalaridan boshlab eng murakkablari - polimerlargacha hikoya qilar ekan, muallif mutolaachini organik kimyo olamiga olib kiradi. Moddalarning xossalari va bu xossalarning modda tarkibi bilan bog‘liq ekanligi bilan tanishtiradi. Shuningdek bu moddalarning tabiatdagi va tirik jonzotlar hayotidagi, hamda, texnika va maishiy turmush uchun ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Muallif hikoyalarni qiziqarli va tushunarli olib boradi. Kitob yengil mutolaa qilinadi.

Kitob, kimyo sohasi mutaxassis bo‘lmagan, lekin mazkur g‘oyat qiziqarli fan bilan tanishish maqsadida bo‘lgan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Kitob kimyo sohasiga qiziqib kirib kelayotgan maktab o‘quvchilariga va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalariga ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz..

Yangilаndi: 22.12.2018 11:05
 

Differensial tenglamalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 59
Juda yomon!A'lo! 

Dlfferensial tenglamalar

 

Mualliflar: R.S. Guter, A.R. Yanpolskiy

Tematik yo‘nalishi: Oliy matematika,

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1978-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: o‘zbek tili kirill alifbosida.

 

Yangilаndi: 22.11.2018 14:04
 

Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

Avvalgi maqolalarimizda, Ginnesning rekordlar kitobida kimyoga oid keltirilgan ajabtovur raqamlar haqida suhbatlashgan edik. Keling, endi ushbu mashhur kitob sahifalaridan, fizikaga oid "eng-eng-eng" sifati bilan keltiriladigan ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Sun'iy hosil qilingan eng issiq haroratga oid dastlabki rekord, sovuq urush davrida sinab ko'rilgan vodorod bombasining portlash markazida yuzaga kelgan. Vodorod bombasi portlashida 400000000 °C (to'rt yuz million daraja!) jahannam hosil bo'ladi. bu boradagi amaldagi rekord esa 2010-yilda Katta Adron Kollayderi (KAK) da qayd qilingan bo'lib, unda yorug'lik tezligiga yaqin tezliklargacha tezlanish olgan qo'rg'oshin elementi ionlarining o'zaro to'qnashuvidan 10 trillion K darajadagi harorat hosil bo'lgan.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:47
 


Maqolaning 13 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13399907

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov