Rutkitlar evolyutsiyasi va aniqlash usullari
Kirish
Kompyuterlarga xakerlik hujumlari uyushtiruvchi badniyat kimsalar arsenalida rutkitlar boshqa zararkunanda dasturlarchalik ko'p qo'llanilmaydi. Masalan, Bitdefender kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, aniqlanayotgan zararkunanda dasturlar orasida rutkitlar 1% dan ham kam ulushni tashkil qiladi. Lekin, aniqlangan barcha holatlarning barchasi yirik xakerlik hujumlari bilan bog'liq. Masalan, badniyat kimsalar tomonidan Remsec nomli rutkit vositasida o'tkazilgan kiberjosuslik harakati Strider nomli APT-kiberjosuslik harakati tomonidan olib borilgani ma'lum. Bunda Strider to'dasi Belgiya, Shvetsiya, Eron, Rossiya va Ruanda mamlakatlaridagi davlat organlariga xakerlik hujumi uyishtirgan va shifr kalitlarini o'marib, serverlarning IP-manzillari va boshqa muhim ma'lumotlarni o'g'irlashgan.








Butunjahon kvant kuni, yoki, butunjahon kvant fani kuni – 2021-yildan buyon, har yili 14-aprel kuni nishonlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bayram sanasiga butun dunyo bo‘ylab kvant mexanikasi sohasida izlanib kelayotgan olimlar tomonidan asos solingan bo‘lib, sanani nishonlashdan maqsad – keng jamoatchilik uchun kvant fani va texnologiyalarini tushunishda yordam ko‘rsatish, hamda, ushbu fanning ilg‘or jabhalaridagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirishdir.
Agar siz Indoneziya mamlakatining geografik joylashuviga e'tibor qaratsangiz, u juda katta maydonni egallagan, son-sanoqsiz katta va kichik orollardan iborat ulkan arxipelagda yastanib yotganiga guvoh bo'lasiz. Sayyoramizdagi eng ajabtovur va qiziq tabiiy chegaralardan biri - Uolles chizig'i ham aynan shu mamlakat hududidan o'tadi. Uolles chizig'ining o'ziga xosligi shundaki, u masalan qirg'oq, yoki tog' tizmasi, yoxud bo'g'oz singari, biror geografik mintaqa va hududlarni o'zaro ajratib turuvchi tabiiy chegara emas; balki, u bir-biridan tamomila tubdan farq qiluvchi butun boshli hayvonot va o'simlik olamlarini o'zaro ajratib turuvchi bio-geografik chegaradir.


