Suyuq kristalli displey
1960-yillarda paydo bo'lgan Suyuq Kristalli Displeylar (SKD yoki, LCD -liquid-crystal display) haqiqiy texnik inqilobni amalga oshirdi. Aynan ular tufayli hozirda, maishiy xizmatimizda tasvirning o'ta sifatli va tiniq ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan tekis ekranli televizorlar, kompyuter monitorlari, va boshqa ko'plab texnikalarga ega bo'ldik. Bunday ekranlar keng miqiyosli va energiya tejamkorligi bilan ham benazirdir.

1888-yilda Avstriyalik olim Fridrix Reynitser (1857-1927) murakkab efirlardan biri - xolesterilbenzonatning erish haroratini aniqlash uchun laboratoriya tajribalari olib borar edi. Uning hayratlanishiga sabab bo'lib, bu murakkab modda ikki xil erish harorati nuqtasini namoyon etdi. Xolesterilbenzonat 145.5 °C da loyqa va xira suyuqlikka aylanar edi, 178.5 °C da esa u yana qaytadan shaffof va tiniq xususiyat kasb etardi.
O'z tajribalarining natijalaridan jiddiy hayratlangan olim, muammo haqida nemis fizigi Otto Lemanni (1855-1922) voqif qiladi. O'sha vaqtlarda fanga moddaning faqat uch xil faza holati ma'lum bo'lib, u qattiq, suyuq va gaz bo'lishi mumkin xolos degan tushuncha humkron edi. Lemann mazkur qiziqarli jumboqni tadqiq qilib, Xolesterilbenzonatning loyqalangan ko'rinishdagi xira suyuqlik holati to'rtinchi faza bo'lishi kerak degan xulosaga keldi. Bu fazani olim "Suyuq kristall holati" deb atadi.Hozirgi davrda fanga minglab shunday fazaga ega moddalar ma'lum.







mizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz uni eshitgunimizcha, u o'z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo'l bosib o'tadi. Tovush tezligi sharoitga qarab tez o'zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog'liq ravishda


