Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Atomni parchalash

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Atomni parchalash

1896-yili farang olimi Anri Bekkerel (1852-1908) ba'zi atomlarning radioaktiv ekanligini, ya'ni nurlanishini tasodifan kashf qildi. Keyingi yili ingliz olimi J. Tomson (1856-1940) elektr chiroqlaridan taralayotgan yorqin nurlar, aslida zaryadlangan zarrachalar bo'lib, ular o'z o'lchamlariga ko'ra atomdan ancha kichik ekanligini aniqladi. Bu - atom atrofida aylanib yuruvchi elektronlar edi. Bir qancha muddatdan so'ng, ingliz olimi Ernest Rezerford (1873-1937) mazkur hodisa atomlarning parchalanib, boshqa bir atomlar hosil bo'lishi ekanligini aniqladi. Parchalanish jarayonida bu atomlar ham o'zidan zarrachalar oqimi (nurlanishi) chiqarardi. Rezerford bu zarrachalarni alfa va beta zarrachalar deb nomladi. 1911-yilda Rezerford bunday zarrachalar oqimini zarqog'oz ya'ni oltin folga tomon yo'naltirdi. Ulardan aksariyati folga orqali o'tib ketdi, lekin ayrimlari undan sapchib, orqaga qaytdi. Rezerford atomlarning moddaning qattiq qismi ekanligi haqidagi, ko'p asrlik saqlanib kelayotgan tushuncha xato ekanligini fahmladi. U atomlarining markazida musbat zaryadlangan va katta zichlikka ega zarracha - yadro joylashganligini, zarqog'ozga urilib qaytgan zarrachalar aynan yadrodan sapchiganligini ko'p sonli tajribalar orqali isbotladi. 1912-yildan boshlab Rezerfordning yoniga Daniyalik olim Nils Bor (1885-1862) qo'shildi. Ikki yuksak zehn sohiblari hamkorlikda ilmiy faoliyat yurita boshlashdi. Aynan Bor, atom va uning atrofida aylanuvchi elektronlarning sxematik ko'rinishi, sayyoralarning o'z orbitasi Quyosh atrofida aylanishi kabi ekanligi haqidagi fikrni o'rtaga tashladi. Bor g'oyasiga ko'ra har bir turdagi atomda, faqat o'ziga xos bo'lgan miqdordagi elektronlar mavjud bo'lib, ular atomdan turli xil uzoqlikdagi ma'lum masofalarda, xuddi sayyoralardek aylanishi fikri ilgari surilgan edi.

Yangilаndi: 05.02.2025 11:43
 

Maglev

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Maglev

Maglev - rus yoki, boshqa slavyan xalqlariga mansub kimsaning familiyasi emas, balki poyezdning nomi! Maglev - havoda muallaq harakatlanuvchi poyezd. Bu jumlalarni o'qib ko'zlaringizga ishonmagandirsiz? Ishonavering bu uzoq kelajak haqidagi fantastika emas, balki aynan bugungi kunimiz!

Keling avval uning nomini tahlil qilsak: u ikkita so'z "Magnit" va "Levitatsiya" so'zlarining bosh bo'g'inlarining o'zaro birlashtirlishdan yasalgan atama.Poyezdning nomi, uning qanday tamoyil asosida harakatlanishini ifodalamoqda. Magnit levitatsiyasi - magnit maydoni ta'sirida, tortish kuchining yengib, havoda muallaq turish hodisasidir. Bunda magnit maydoni kuchi, yerning tortish kuchi va jismning og'irlik kuchini o'zaro muvozanatlashdi natijasida, jism yerga tushib ketmasdan, boshqacha aytganda, yer sirtiga teginmasdan havoda osilib muallaq turushi mumkin bo'ladi.Buni fizika tilida "magnit yostiqchasi" ham deyiladi. Ana shu ajoyib fizik hodisani esa poyezdlar harakatiga tadbiq etish orqali, an'anaviy g'ildirakli va sershovqin poyezdlarni, o'ta yuqori tezlikka ega, shovqinsiz poyezdlar bilan almashtirish mumkin.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:12
 

Quyma ichiga nazar...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Quyma ichiga nazar...

Solishtirma og'irlik ajoyib narsa. U haqida bilish ko'p hollarda insonga naf keltirishi tayin. Masalan men, yaqindagina xorij safaridan yaqinlarim uchun sovg'a salomlar oldim. Qo'l mehnati bilan tayyorlanadigan suvenirlar do'konida savdo qilayotgan habash yigit menga, vazni taxminan 1.5 kg keladigan globuschani tavsiya qildi. Narxi esa bir oz qimmat. Sababini so'raganimda, u globuschaning maqtash asnosida, uning to'liq mis metallidan ekanligini va qolipga quyilishda u g'ovaklarsiz, yaxlit holatda quyilishini, shu tufayli narxi bir oz qimmatligini tushuntirdi. Qolaversa, namunaga badiiy bezak berish, materiklar va okeanlar, orollar, davlatlar chegaralarini o'yib tushirish ancha mashaqqatli mehnat ekan. Buni tushunaman, albatta, qo'l mehnati oson yumush emas. Qolaversa, suvenir menga juda yoqib qolgandi. Uni sotib oldim...

Lekin, habash yigitning (o'zini aytishicha u usta ekan) suvenir misdan yaxlit quyilganligi haqidagi gapi menda shubha uyg'otdi. Men, o'zimni xayolan, zargarga buyurtma asosida tayyorlatilgan tojning tarkibini aniqlagan Arximed kabi tasavvur qildim. Mehmonxonaga kelgach suvenirning haqiqatan to'liq misdan yasalganligi yoki, habash "usta" menga lag'mon ilganmi-yo'qmi tekshirib ko'rishga qiziqdim. Albatta, shunday chiroyli suvenirni o'rtasi bo'shliqmi, yoki yaxlitmi, shuni bilish uchun qiziqish yuzasidan ichini teshib ko'rish yaramaydi. Bu jarayonda menga - fizika yordam beradi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:19
 

Faza o‘tishlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Faza o‘tishlari

Siz tonggi shabnam yoki deraza oynasidagi qirovni albatta kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun shabnam, shunchaki "tomchi" yoki, qirov ham shunchaki "muz" deyilmaydi? Ona tilimizdagi mazkur so‘zlarning bir biriga sinonim emasligi maktab o‘quvchisiga ham ayon. Buning sababini esa ona tili fanidan emas, balki, - fizikadan qidirish eng to'g'ri yo‘ldir...

Moddalar asosan uch xil holatda mavjud bo‘ladi (moddaning agregat holatlari): qattiq, suyuq va gazsimon. Moddaga berilgan energiya miqdorini orttirish yoki kamaytirish orqali, uning o‘z holatini o‘zgartirishga "majbur qilish" mumkin. Odatda bu issiqlik energiyasi ko‘rinishidagi kinetik energiya orqali amalga oshiriladi.

Yangilаndi: 04.01.2019 13:21
 

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi

E-mail Chop etish PDF

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi

Kino sanoati oxirgi yillarda fazoviy janglar, o'zga sayyoraliklar, boshqa galaktikalik kelgindilar bilan insoniyat o'rtasidagi urush tasvirlangan mahsulotlar bilan tez-tez chiqish qilmoqda. Ayniqsa xorij kinosida bunga misollar bisyor. "Oblivion", "Dunyolar jangi", "Yulduzlar darvozasi" kabi filmlarni ko'pchiligingiz ko'rgansiz. Bu filmlar ssenariychi va rejissorlarning boy fantaziyalarini namoyon etadi. Lekin, tangri bunday ofatdan barchamizni saqlasin deyman...

Yuqorida sanab o'tganimiz kabi filmlarda, ko'pincha jang sahnalari ochiq koinotda yoki, biror bir osmon jismida, masalan Oyda yuz beradi. Film qahramoni, kelgindilarga qarata biror quroldan o't ochadi. Kelgindi o'zga galaktikalik ham qandaydir bizga notanish quroldan foydalanadi. Endi, kelgindining qurolini qo'ya turaylik.Lekin, masalan, o'zimizning qurollar, xususan artilleriya to'pchisi shunday jangda ishtirok etsa qanday effekt berarkin? Rejissorlarning koinotda quroldan o't ochish bo'yicha fantaziyalari haqiqatga to'g'ri kelarmikin?

Yangilаndi: 12.02.2025 08:53
 


Maqolaning 107 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13399780

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)