Metallar tabiati
Metallar nisbatan og'ir, yarqiroq bo'lib, shaffoflik xususiyati yo'q. Metallar mustahkam, lekin ularning shaklini bolg'alab ishlov berish yoki, chig'irlash orqali o'zgartirish,shuningdek, eritish va payvandlash mumkin. Metallar yaxshigina elektr va issiqlik o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Buning barchasi uchun ular metall bog'lanishlardan minnatdor bo'lishlari kerak. Bu bog'lanishning tabiati shundaki, metallardagi har bir atom, o'z atrofida ko'p miqdordagi xuddi o'zi kabi atomlar bilan o'ralgan. Ulardan har biri tashqi elektron qavatida oz sondagi elektronlargagina ega bo'lib, bu elektron qavatlar shunday to'soladiki, arang tutib turiladigan tashqi elektronlarni biror bir atomga bog'lashning iloji bo'lmaydi. Atomlar, to'g'rirog'i ionlar o'z joyida qolayotgan vaqtda, "elektron gazlari" ionlar orasida erkin harakatlanib, ularni o'zaro bog'laydi.
Elektronlarning erkinligi va ularning elektr maydonida harakatlana olishi tufayli, metallar o'tkazgich xususiyatiga ega bo'ladi. Erkin elektronlarning tashqaridan tushayotgan yorug'lik nurlarining katta miqdorini yutishi va qayta akslantirishi tufayli metallar shaffof emas va ular yarqiraydi. Erkin elektronlarning issiqlik energiyasini erkin tashiy olishi tufayli metallar yuqori issiqlik o'tkazguvchanlik xususiyatiga ega bo'ladi.
Bu maqolada metalarning elektr, issiqlik o'tkazuvchanlik, hamda, optik xususiyatlari qaralmaydi. Asosiy e'tibor, ularning mexanik xususiyatlariga qaratiladi.
Metallat har xil bo'lsa ham, ulardagi metall bog'lanishlarining tabiati bir xil. U metall atomlarining zich va tartibli joylashgan. Bunday struktura esa, siqilishga qarshilik ko'rsata turib, unga nisbatan siljishga kamroq qarshilik ko'rsatadi. Shu tufayli metalllar egiluvchandir. Atomlarning zich joylashuvi, metallarning solishtirma og'irligining ham asosiy izohidir. Metallarning mexanik xususiyatlari, erkin elektronlarning metall bog'lanishlarga nisbatan to'g'ri keladigan kristall strukturasi tufayli vujudga keladi.
1665-yildayoq Robert Guk kristallar shaklini qatorga tartibli terilgan g'o'lachalar tarzida modellashtirgan edi. Lekin faqat oradan 250 yil o'tibgina uning, o'sha paytda fanga ma'lum bo'lgan metallarning' kristall strukturasining aniq modelini yasagani ma'lum bo'ldi.