Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Ko'zlaringga ishonma...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Ko'zlaringga ishonma...

Inson uchun ko'z - uni o'rab turgan dunyo haqidagi asosiy axborot manbai. Biz ko'zlarimizga mutloq ishonishga ko'nikib qolganmiz. "Ko'zlarimga ishonmadim" so'zi, hayratlanishning eng yuqori darajasini ifodalaydi. Odatiy sharoitlarda bunday ishonch o'zini to'liq oqlaydi. Ko'z va bosh miyaning unga bog'liq bo'limlari o'zaro birgalikda, nozik tahliliy apparatni o'zida namoyon qiladi va u bizga juda turli tuman sharoitlarda: yorqin quyosh nurlarida va yorug'lik umuman kam bo'lganida, tinch holatda va tezkor harakatlanish kabilarda beminnat xizmat qiladi. Bizning ko'zimiz to'r pardasida olinayotgan tasvir, hech qanday nuqsonlarsiz namoyon bo'ladi. U yetarlicha ravshan, manzara to'g'ri, to'g'ri chiziqlar - to'g'ri chiziq bo'lib ko'rinadi, buyumlar atrofida kamalaksimon gardish - xromatik aberratsiya yo'q. Shunga qaramay, ko'zlarimizni ideal asbob deb o'ylashimiz o'rinli emas.

Sinchkovlik bilan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, inson ko'ziga ham linzalardagi barcha nuqsonlar xosdir. Lekin, bizning ongimiz, ko'z to'r pardasidagi nomukammal tasvirdan, bizni o'rab turgan fazo haqidagi to'g'ri tasavvurni hosil qila oladi.

Misol keltiramiz. Uzoqni ko'ra olmaslik holati paydo bo'lgan odam, birinchi marta ko'zoynak taqdi. Dastlabki vaqtlarda u manzarani juda xiralashgan va chaplashib ketgan holda ko'radi. To'g'ri chiziqlar unga qiyshaygan bo'lib, tekisliklar - qiyshiq va qiya bo'lib ko'rinadi. Ba'zan bu yengil bosh aylanishini ham keltirib chiqaradi. Lekin, bir muddat o'tgach, odam, ko'zoynaklar orqali, manzarani ham to'g'ri chiziqlarni ham to'g'ri qabul qila boshlaydi. Atrof uning ko'z o'ngida yana to'g'ri ko'rinishda, xiralashmagan, tiniq holatda namoyon bo'ladi, garchi ko'z to'r pardasidagi tasvir hali-hamon noto'g'ri bo'lsa ham.

Noodatiy sharoitlarda - qachonki ko'zlar mantiqqa to'g'ri kelmaydigan axborot olayotganda, tasvir o'ta keskin bo'lganida, masofa, o'lcham va nisbatlarni to'g'ri chamalash qiyin bo'lganida, yoki, ko'z to'r pardasining ayrim qismlari qandaydir qo'zg'atuvchining davomli ta'siri tufayli charchaganida, bizning miyamiz ham adashishni boshlaydi. Turli xil aldamchi tasavvurlar - ko'z aldanishlari paydo bo'ladi. Shubhasiz, siz o'zingiz ham shunday g'aroyib illuziyalarning turli xillari bilan ko'p marta to'qnash kelgansiz. Biz, ko'zlarimizning qanday qilib xato qilishi haqidagi bir necha tajribalarning tafsilotini keltiramiz. Bundan maqsadimiz, sizning ko'rish hissiyotiga bo'lgan ishonchingizni yo'q qilish emas, balki, timsollarni shakllantirishda, miyaning sintez qila olish xususiyati qanday yuksak ahamiyat kasb etishini isbotlashdir.

Ko'z to'r pardasida ham, xuddi fotoapparatdagidek teskari (to'ntarilgan) tasvir hosil bo'lishini isbotlab beruvchi birinchi tajriba uchun, ikki bo'lak karton, masalan ikkita tabriknoma kerak bo'ladi. Ulardan birida yo'g'on igna bilan, taxminan 0.5 mm atrofidagi tuynuk teshing va uni ko'z oldingizda 2 - 3 sm masofada tutib, u orqali yoritilgan manzaraga - yorug' osmonga yoki chiroqqa qarang. Ikkinchi tabriknomaning chetlari bilan sekin asta ko'z qorachig'ingizni pastdan yuqoriga boshlab to'sing. Ko'zning ko'rish maydonida siz tabriknomaning chetlarining soyasini yuqoridan pastga qarab yo'nalganligini ko'rasiz.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:53
 

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 159
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay KopernikNikolay Kopernik

(1473-1543)

Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo'lib, bu shaharga Germaniyadan ko'chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to'rtinchi farzand bo'lgan. O'n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to'qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo'lajak olim roppa rosa o'n yoshga to'lgan vaqtda to'satdan qayg'uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o'lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o'zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o'qishi va tarbiyasi muammolari tog'asi

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo'lgan qiziqishlarini o'zining ilmiy faoliyatiga asos bo'ladigan darajada shakllantirdi. 1497-yil 9-mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o'zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to'lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o'rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko'rishga undadi.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:27
 

Quyosh tutilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh tutilishi

2015-yil 20-mart kuni sayyoramizda navbatdagi Quyosh tutilishi hodisasi kutilmoqda. Bu tutilish to'liq tutilish bo'lib, asrimiz boshidan hisoblaganda to'qqizinchi to'liq tutilish hisoblanadi. 20.03.2015 Quyosh tutilishi asosan shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz Okeani ustida sodir bo'ladi. Uning qisman tutilish fazasini Afrikaning shimoliy hududlari, Yevropa va Yevroosiyoning shimoliy-g'arbiy qismlarida kuzatish mumkin bo'ladi. Ushbu to'liq fazadagi Quyosh tutilishini quruqlikning juda oz qismida kuzatiladi. Xususan, to'liq tutilish yo'lagiga to'g'ri keladigan quruqlik qismlari sifatida Farer orollari ham Spitsbergen arxipelagini keltirish mumkin xolos. 20-martdagi Quyosh tutilishining maksimal fazasida, Quyoshni to'sib qo'yuvchi Oy diskining Quyosh gardishidan kattaligi 1.0445 gacha yetadi. To'liq tutilish davomiyligi 1337 soniya (2 daqiqa va 47 soniya) ni tashkil qiladi. Soya uzunligi esa, 462.6 km dan iborat bo'ladi. Tutilish Toshkent vaqti bo'yicha soat kunduz 12:40 da boshlanadi. To'liq faza (ya'ni, Quyosh gardishining to'liq tutilishi) Toshkent vaqti bilan 14:09 da Islandiya yaqinidagi Shimoliy dengiz akvatoriyasida yuz beradi. Oy soyasining Yer sirti bo'ylab sayohati, jami bo'lib 4 soat, 9 daqiqa va 21 soniya davom etadi.

Taasufki, bu safargi Quyosh tutilishi vatanimiz hududidan faqat qisman ko'rinadi.

Fiziklar va astronom olimlarni doim ilhomlantiradigan Quyosh tutilishi hodisasi, o'ziga xos, kamyob va ajoyib tabiat hodisasi bo'lib, ilm-fandan yiroq bo'lgan odamlar uchun ham vahimaga soladigan va zavqlantiradigan muhim voqea hisoblanadi. Ilgari zamonlarda Quyosh tutilishidan kishilar qo'rqib, sarosimaga tushishgan bo'lsa, hozirda ilm-fanda andak bo'lsa-da xabardor bo'lgan har qanday shahs, avvalo bunday noyob tabiat hodisasini o'tkazib yubormasdan, uning jozibasidan bahra olisha intiladi.

Yangilаndi: 05.02.2025 11:48
 

HAFTANING QAYSI KUNI?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

HAFTANING QAYSI KUNI?

Ishonchim komilki, xuddi men kabi Siz ham, ancha avval bo'lib o'tgan biror voqeaning haftaning qaysi kunida bo'lgani eslashingizga, yoki, kutilayotgan kunning haftaning qaysi kuniga to'g'ri kelishi haqida hisob-kitob qilishingizga ko'p marta to'g'ri kelgan. Masalan, tug'ilgan kuningiz haftaning qaysi kunida bo'lganini, yoki, kelasi yilgi Navro'z bayrami haftaning qaysi kunida bo'lishi bilan qiziqqan bo'lsangiz kerak. Aksariyat hollarda, biror bir bayram kunining haftaning qaysi kunida bo'lishini bilish, dam olish kunlarining taqsimotini tasarruf qilish uchun qiziqish uyg'otadi. Bunday hollarda, odatda, uyali telefon apparati ilovasidagi, yoki, devorga ilingan yil taqvimigatezkorlik bilan ko'z yugurtiriladi. Bu albatta oson usul.

Lekin siz qidirgan sana bir necha yil avvalgi bo'lsachi? (masalan, o'zingiz dunyoga kelgan kun). O'sha yilga taalluqli taqvimni topishingiz mushkul. Keyingi yillarning taqvimi ham qo'l ostingizda bo'lmasa, kelajak sanalarning hafta kunini ham aniqlashingiz mushkul bo'lib qoladi. Bunday hollarda bizga - matematika yordamga keladi!

Biz foydalanayotgan joriy taqvimning o'ziga xosliklarini bilgan holda, istalgan yilning istalgan sanasi uchun haftaning qaysi kuni bo'lishini oddiy arifmetika orqali hisoblab topish mumkin.

Dastavval shuni ta'kidlaymizki, dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, O'zbekistonda ham rasman foydalaniladigan taqvim - Grigorian taqvimidagi oddiy yil - 365 kundan iborat. Biroq, bir kecha kunduz (sutka) aslida biz qabul qilganimizdek to'liq 24 soat emas. Ya'ni, taqvim sutkasi, haqiqiy tabiiy sutka - Yerning o'z o'qi atrofida to'liq aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqtdan 3 daqiqa va 56.5 soniya qisqa. Mazkur ≈4 daqiqa kundalik "ortiqcha" vaqt yig'ilib borib, uch yilda 1440 daqiqaga yetib qoladi. Bu esa to'liq bir kunni tashkil etadi. Shu tufayli, har 4 yilda bir marta kabisa yili keladi va o'sha yig'ilib qolgan ortiqcha daqiqalardan iborat bir kun, fevral oyining oxirgi - 29 sanasi qilib belgilanadi. Bu orqali, amaliy taqvimni tabiiy taqvim bilan muofiqlashtiriladi.

Yangilаndi: 09.10.2026 09:43
 

Xristian Gyugens. Qadimgilar ko'rmagan egri chiziq haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Xristian Gyugens. Qadimgilar ko'rmagan egri chiziq haqida

Xristian Gyuygens (1629-1695) fanda bevosita Galileyning izdoshi edi. Lagranjning so'zi bilan aytganda Galileyning muhim kashfiyotlarni mukammalashtirish va rivojlantirish Gyuygensga nasib etdi.

Gyuygens birinchi marta Galileyning g'oyalari bilan qanday tanishgani haqida hikoya mavjud: 17 yoshli Gyuygens yuqoriga otilganjism parabola bo'ylabharakat qilishini isbotlamoqchi bo'ladi, ammo Galileyning kitobida isbotini ko'rib, Gomerdan so'ng Iliadani yozishni istamadi. Galileyning ilmiy yo'li, qiziqishlari Gyuygensga qanchalik yaqinligi kishini hayratga soladi. Ba'zan yoshargan Galiley o'zining kuzatish trubasini mukammallashtirayotgandek, qirq yil oldin to'xtatilgan astronomik kuzatishlarni davom ettirayotgandek tuyuladi. U ancha kuchli teleskop yordamida uchta birlashgan yulduz kabi ko'rinuvchi Saturn sirini ochmoqchi bo'ladi va nihoyat, 92 marta kattalashtiruvchi teleskopda (Galileyniki 20 karrali edi) kuzatib, yonidagi yulduzlar deb Saturnning halqasi qaralganini payqaydi. U yana 1610-yili ko'ndalang qilib qo'yilgan masala yer va Yupiterdan farqli sayyoralarda yo'ldoshlar mavjudmi degan masalaga qaytadi. U vaqtda Galiley Medichi ga boshqa sayyoralarda yo'ldoshlar topilmaydi, Medichi uyidan (Yupiterning yo'ldoshlari uning sharafiga qo'yilgan edi) boshqa birorta ham shoh uyi xususiy yulduzga ega bolishni orzu qilmasa ham bo'ladi, - deb yozgan edi. Gyuygens 1655-yili Saturnning yo'ldoshi Titanni kashf etdi. Ehtimol, davr o'zgargandir, Gyuygens o'zi kashf etgan yo'ldoshni birovga sovg'a tarzida taklif etmadi.

Yangilаndi: 25.09.2026 09:32
 


Maqolaning 104 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134866

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis