Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika

Erta bahorda unib chiqqan momaqaymoq o'simligi va gulini barchamiz ko'rganmiz. Uning parashyutchalarini puflab uchirib ko'rmagan inson ham kam bo'lsa kerak. Hech tasavvur qilib ko'rganmisiz: anao'sha siz puflab uchirib yuborgan momaqaymoq parashyutchalariningsoni nechta bo'lar ekan? Ulardan har biri, uchib borib tushgan yeridan unib chiqib, keyingi yili yana bir momaqaymoq o'simligiga aylansa, siz puflagan bitta momaqaymoqdan unib chiqqan keyingi avlodning soni qancha bo'lar edi? Bitta momaqaymoq boshchasidagi parashyutchalar sonini sanash - zerikarli ishdir balki. Lekin natija shunchalik qiziqki, sabr bilan ularni sanab chiqsa arziydi.

Keling shu masalani matematika yordamida yechishga urinib ko'ramiz.

Bitta momaqaymoq boshchasida kamida 100 ta urug' bo'lar ekan. Ba'zilarida bu son 200 dan ham ortishi mumkin. Biz masalamiz uchun, standart taqribiy qiymat 100 ni olaqolamiz.

Yangilаndi: 31.01.2025 08:54
 

Tezkor zarrachalarning energiyasi va impulsi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Tezkor zarrachalarning energiyasi va impulsi

Yangilikni bayon qilishda, avvaldan ma'lum bilimga suyanish kerak. O'quvchi E=Mc2 formulani biladi deb qabul qilamiz.

Bu formulani Eynshteyn kashf qilgan. Endilikda biz, tezkor zarrachalarning energiyasini qanday hisoblashni yoki shunchaki yerda yotgan toshda ham, foydalanilmay yotgan behisob energiya zaxiralari mavjudligini aynan u tufayli bilamiz. U mazkur formula amaliyotda birinchi marta zarur bo'lishidan ancha avval (1919-yilda birinchi marta yadroviy parchalanish qayd etilishidan ancha avval) keltirib chiqargan edi. 1905-yildayoq Eynshteyn, tezkor zarrachalarning energiyasi va impulsini odatiy formulalar E=mv2/2 yoki P=mv bilan hisoblab bo'lmasligini isbotlab bergan edi. U yana ko'plab narsalarni isbotlab berdi, u bizning asosiy tushunchalar: zamon, makon, harakat, Yorug'lik va massalar haqidagi tasavvurlarimizni tom ma'noda o'zgartirib yubordi. Lekin biz uchun hozircha uning energiya va impuls haqida nimalar degani muhimroq.

Eynshteyn kashfiyotinining mohiyatini tahminan shunday bayon qilish mumkin. Olamda Yorug'likdan tezkorroq hech narsa yo'q. Va bir Yorug'lik boshqasidan tezroq bo'lishi mumkin emas. Har qanday Yorug'lik (bo'shliqda) domiy bir xilda tezlik bilan harakatlanadi. Shu tufayli ham Yorug'lik tezligini birlik uchun qabul qilish qulay. Boshqa har qanday harakat, masalan biror jismning harakati Yorug'likning tarqalish tezligidan yuqori bo'lishi mumkin emas, ya'ni, har qanday jismning tezligi doimo birdan kichik.

Yangilаndi: 08.10.2026 16:53
 

Barbara Mak-Klintok

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Barbara Mak-Klintok

(1902 - 1992)

Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo'lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasida 1983-yilda fiziologiya va tibbiyot yo'nalishlaridagi Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

 

Barbara Mak-Klintok 16-mart 1902-yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri tavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko'chib o'tdi va Barbara Bruklindagi o'rta maktabda o'qiy boshladi. Uning onasi Barbaradagi tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishni ma'qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919-yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o'qishga kirishiga to'sqinlik qilmadi. U mazkur universitetda Botanikadan chuqur ta'lim oldi. 1923-yili bakalavr diplomini qo'lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927-yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi. Lekin, o'sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug'ullanishi qat'iy ta'qiq ostida bo'lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo'nalishida qayd etilgan edi. Shu yildan e'tiboran olima ayol, o'zi ta'lim olgan universitetda Botanika fanidan o'qituvchi bo'lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o'quv yurtidagi O'qituvchilik faoliyati 1931-yilgacha davom etdi.

Yangilаndi: 31.01.2025 08:58
 

Oltin va Kumush munosabatlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Oltin va Kumush munosabatlari

O‘zbek romanchiligining mumtoz va shedevr namunasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»asarida bosh qahramon Otabekning hijriy hisob bilan 1265 yil 26 Javzoda Kumushbibiga yozgan maktubida shunday jumlalar bor: «Men Sizni Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim». Albatta, bu asardagi qahramnolarning o‘zaro sadoqatini aslida hech qanday o‘lchov va qiyos bilan ifodalab bo‘lmaydi. Oilaga sadoqat, vafo, mehr va muhabbatning qiyosini ustoz Qodiriy o‘z qahramoni - Otabek tilidan eng oily va yuksak insoniy qadriyatlar ekanligiga urg‘u bermoqda. Albatta, bu badiiy o‘xshatish. Lekin uning zamirida o‘ta teran ifoda mavjud: insoniyat tarixida va rivojlanish bosqichlarida bu ikki nodir metallar pul va moddiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat va davlat qudrati kabi tushunchalarning etaloni sifatida, hamisha muhim va tutgan. Hozirgi zamonda ham davlatning xalqaro maydondagi obro‘ - qudrati haqida gapirilganda, uning oltin zahiralari haqida eslatib o‘tiladi. Shohsupadagi g‘olib sportchilarga Oltin va Kumush medallar taqdim qilinadi.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:48
 

Shaxmat taxtasi haqida afsona va haqiqat...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Shaxmat taxtasi haqida afsona va haqiqat...

Maktabda matematika fanini yaxshi o'qigan bo'lsangiz, progressiyalar haqida yaxshi eslasangiz kerak. Balki xuddi mening matematika o'qituvchim singari sizning ustozingiz ham, shaxmat taxtasidagi katakchalar tartibiga muvofiq, bug'doy donlari berishini so'rab, podshoni tang holatga tushirib qo'ygan ziyoli haqidagi eski afsonani aytib bergandir. Keling shu afsonani batafsil tahlil qilib chiqamiz. Avvalo afsonaning o'zini eslab olsak:

Shaxmat o'yini Hindistonda ixtiro qilingan. Bunday ajoyib o'yinni ixtiro qilinganligini eshitgan hind podshosi - Sheram, o'yindagi yurishlar va holatlarning turli-tumanligi, uning o'ta qiziqarli va ayni vaqtda kuchli zehn talab qiladigan, murakkab aql mashg'uloti ekanligidan kuchli ta'sirlanib, ixtirochining zakovatidan lol qolibdi. Sheramga, bu o'yinni uning fuqarolaridan biri ixtiro qilganini aytishibdi. Podshoda shunday ajoyib o'yinni ixtiro qilgan odam bilan shaxsan tanishish va uni munosib taqdirlash fikri paydo bo'libdi. Xizmatchilariga shaxmat ixtirochisini uning huzuriga topib keltirishni tayinlabdi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, shaxmatni ixtiro qilgan kishi, podsho toj-taxti huzurida hozir bo'libdi. U, kamtarona kiyingan Seta ismli olim bo'lib, shogird olib, ularga ilm o'rgatish orqali, xususiy tarzda tirikchilik qilar ekan.

Yangilаndi: 29.01.2025 15:38
 


Maqolaning 103 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134867

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!