Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Iogann Kepler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Iogann Kepler

(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qo'llanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bo'lgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa bo'ylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.

Ilg'or fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganish va tadqiq qilish zarur bo'lib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.

Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy o'rganishga kirishgan va ularni o'rta asrlar uchun o'ta aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler bo'ldi.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:06
 

Yashin tezligidagi mineral o'g'itlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Yashin tezligidagi mineral o'g'itlar

 

Farangcha "azote" so'zi rus tili orqali o'zbek tiliga kirib kelgan. Asl farang tilidagi bu so'z "jonsiz" ma'nosini anglatadi. Uni ilk bora, 1772-yilda, DanielRezerford, o'zining magistrlik dissertatsiyasida "aynigan havo" nomi bilan ilm-fanga tanishtirgan. Uning asosiy kimyoviy va fizik xossalarini ham birinchi bo'lib aynan Rezerford bayon qilib bergan edi. "Aynigan havo' va shunga o'xshashg'alati nomlar o'rniga, "azot" atamasini farang kimyogar olimi Antuan Lavuzye 1787-yilda fanga taklif etdi. U azotning yonishda ham, nafas olishda ishtirok etmasligidan kelib chiqib shunday nomni ma'qul ko'rgan ekan. o'sha davr olimlari, azotning ushbu xossalarini birinchi o'ringa qo'yishgan. Garchi keyingi davrlarda azotning butun yer yuzidagi tiriklik uchun nihoyatda muhim element ekanligi bir necha karra isbotlangan bo'lsa-da, biroq uning g'alati nomi hozirgacha saqlanib qolmoqda. Jahonning ko'plab mamlakatlarida, "azot" atamasi o'rniga lotin tilidagi "Nitrogenum" - "Selitra tug'diruvchi" nomi kengroq qo'llaniladi. Siz va biz o'rganib qolgan, davriy jadvaldagi N belgisi ham, aynan shundandir.

Gaz holatidagi azot, haqiqatan ham nafas olish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lekin, aytib o'tganimizdek, azotbutun tabiat, shu jumladan odamzot hayoti uchun nihoyatda muhim modda bo'lib, usiz tabiatda hayotning mavjud bo'lishi imkonsiz bo'lar edi.Yer sayyorasida azot zahiralari bisyor. Uning asosiy qismi atmosferada yig'ilgan - 78%. U ayniqsa, millionlab gektar yerlardagi tabiiy o'simlik dunyosini oziqlantiruvchi mineralo'g'itlarni hosil qilishda asosiy o'rin tutadi. Tabiat tuproqni qanday qilib o'g'itlaydi ekan? Tuproqdagi azotning eng asosiy manbai bu - biologik azotlashtirish jarayonidir. Ya'ni tabiiy jarayonlarda, mikroorganizmlar atmosferadan azotni biriktirib olib, o'simliklarning oziqlanishi uchun yetkazib berib turadi. Qadimgi davrlardayoq, ba'zi o'simlikar, xususan, dukaklilar, tuproqning unumdorligini oshirishi dehqonlarga ma'lum bo'lgan. Biroq, u davrlarda, mohiyat o'simlikning o'zida emas, balki, dukaklilar bilan simbiozga kirishadigan maxsus mikroorganizmlarning faoliyati natijasida, tuproqining azot birikmalari bilan boyishida ekanligini hech kim hayoliga ham keltirmagan. Hozirgi kunda, ilm-fanga anchagina ko'p sondagi azot biriktiruvchilar ma'lum: bakteriyalar, aktinometsetlar, po'panakli va achitqi mohlar, yashil suv o'tlari va ho kazolarning barchasi, o'simliklarga hayotiy muhim modda bo'lgan azotni yetkazib berib turadi.

Yangilаndi: 09.10.2026 13:38
 

Rentgen nurlari tibbiyotda

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 37
Juda yomon!A'lo! 

Rentgen nurlari tibbiyotda

Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o‘ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo‘ldi. Rentgen nurlari, hakimlarga mijoz organizmida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlashga yordam beradi.

Rentgen nurlari 1895-yilda Vyurtsburg universitetining olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar, gamma-nurlanishlari, radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo‘lgan.

Konrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog‘ozli g‘ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o‘chirishi bilanoq, tovlanish to‘xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo‘lmagan nurlanish turi bilan to‘qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to‘siqqa duch kelayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi.

Yangilаndi: 06.03.2018 11:07
 

Nega tun qora parda tortadi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nega tun qora parda tortadi?

(Ayzek Azimovdan tarjima)

AQSHlik kinoijodkorlar tomonida ishlangan "Pinats" nomli hajviy serial bir vaqtlar g'arbiy yarimsharda juda mashur bo'lgan edi. Uni bolalar ham kattalar ham birdek sevib tomosha qilishgan.

O'sha serial qahramonlaridan biri bo'lgan kichkina qizcha, o'zining jahli chiqib turgan opasining oldiga kelib, "nima uchun osmonning rangi moviy?" - deb so'raydi. Opasi achchiqlanish bilan: "Chunki u yashil emasligi uchun!"-deb javob beradi.

Bu epizodni ko'rgan 4-sinfda o'qiydigan qizalog'im Robin rosa qiqirlab kulgan edi. Men vaziyatdan foydalanib uni jiddiyroq ilmiy bahsga tortmoqchi bo'ldim:

- Qizim, nega tun qorong'u ekanligini bilasanmi?"- deb savol berdim.

Qizim o'ylab o'tirmay quyidagicha javob berdi:

- "Chunki u qizil emasligi uchun!"...

Men albatta uning murg'ak aqli bilan shunday taqlidiy javob qaytarishini kutgan edim. Nima ham derdim. Agar qizalog'im men bilan yuqori darajadagi ilmiy suhbatlar qurishni istamas ekan, men uni qiynamasdan, yana o'z kitobxonlarimga yuzlanishim mumkin. Keling aziz mutolaachi, endi nima uchun tungi osmon qora rangda bo'lishi haqida suhbatlashamiz...

Yangilаndi: 31.01.2025 10:43
 

Fransua Viet

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Fransua Viet

(1540-1603)

"Vietning barcha asarlaridan uning yuksak zakovati toshib, sizib chiqib turar edi..."

V.V. Seyten

Fransua Viet - mashhur farang matematigi, u algebraik shakl almashtirishlarning zamonaviy ko'rinishiga asos solgan bo'lib, tenglamalar uchun umumiy formulalarni harflar orqali ifodalashning asoschilaridan biri.

Viet tenglamadagi noma'lumlarnigina emas, balki, berilganlarni ham harfiy ifodalashni birinchi bo'lib fanga joriy qildi. Bu orqali matematikaga yangicha yo'nalish, tenglamalarni ma'lum tamoyillar orqali umumlashtirish - universal formulalar ko'rinishiga keltirish kabi buyuk g'oyani ilm fanga tadbiq etdi. Vietning bu ilmiy innovatsiyasi, uyg'onish davri matematikasining mantiqiy yakunlanishi, va zamonaviy algebraning tamal toshi qo'yilishi bo'lib, Nyuton, Ferma, Dekartlaring ilmiy natijalari aynan Vietning matematik poydevori ustiga qurilgan desak yanglishmagan bo'lamiz.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:25
 


Maqolaning 101 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134866

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)