Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Galliy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Galliy

Galliy - to'rtinchi davrning o'n uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 31. Formulasi Ga. Oddiy modda shaklidagi galliy oqish-kumush tusli, yumshoq mo'rt metall

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi

Ushbu elementning tabiatda mavjudligi haqidagi Dmitriy Mendeleyev 1869-yilda ilmiy bashorat bergan. Mendeleyevning o'zi 31-raqamli elementi «eka-alyuminiy» degan shartli nom bilan qayd etgan va uning muhim fizik va kimyoviy xossalarini ham bayon qilib bergan. Xususan, uning qaydlarida, 31-element oson eriydigan metall bo'lishi taxmin qilingan.

Yangilаndi: 21.01.2025 08:59
 

Mezelson-Shtal eksperimenti

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Mezelson-Shtal eksperimenti

Uotson va Krik o'z tajribalari orqali DNK strukturasining qo'shspiral shakliga ega ekanini ma'lum qilgach, har qanday ilmiy gipoteza singari, ushbu gipoteza ham boshqa olimlar tomonidan eksperimental tekshirishlardan o'tkazildi. Xususan, 1957-yili Kaliforniya texnologiya universitetining molekulyar biologiya bo'yicha mutaxassislari Metyu Mezelson (1930 y.t.) va Franklin Shtal (1929 y.t.) tomonidan qator eksperimentlar seriyasi amalga oshirildi. Ular qo'llagan uslub molekulyar miqyosda juda o'xshash bo'lgan strukturalarning massasini farqlash imkonini bergan.

Yangilаndi: 21.01.2025 07:49
 

ppm - milliondan ulush

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

ppm - milliondan ulush

ppm - muayyan nisbiy kattalikning asosiy ko'rsatkichga nisbatan 1·10-6 ulushiga teng bo'lgan o'lchov birligidir. Termin inglizcha parts per million so'zlarining birinchi harflaridan yasalgan bo'lib, pi-pi-em deb o'qiladi. Matematik belgilanishlarda ppm birligi o'rniga shuningdek mln-1 deb belgilash holatlari ham uchraydi, ba'zan esa matn ichida shunchaki oddiy o'zbekcha qilib «m.u.» («m.u.» - milliondan ulush degani bo'ladi). Matematik jihatdan ppm quyidagi nisbatlarga teng bo'ladi:

Yangilаndi: 20.01.2025 16:14
 

Chigirtka va tub sonlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Chigirtka va tub sonlar

Shu kunlarda sayyoramizdagi eng g'aroyib va sirli-jumboqli davriy biologik fenomenlardan biri - Shimoliy Amerikada magicicada sikada chigirtkalarining 17 yilda bir chiqadigan turining yer sirtiga chiqish hodisasi kuzatilmoqda. Bu tur chigirtkani odamlar faqat har 17 yilda ko'radilar xolos. Ular har 17 yilda, aprel-may oylarida, yuzadan 20 sm pastdagi tuproq qatlamining harorati 17 °C ga yetganda tuproqdan yoppasiga ko'tarilib, tashqariga chiqa boshlaydi va yaqin oradagi daraxtlarni ishg'ol qilib, quloqni qomatga keltiruvchi shovqin chiqaradi. Avvalgi safar bu chigirtkalar 2004 yilda yuzaga chiqqan edi. Bu safargi sikadalar chiqishi 17-maydan e'tiboran kuzatila boshlangan. Entomologlar uchun ayni kutilgan damlar keldi!

Yangilаndi: 20.01.2025 16:36
 

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

Bizning sayyoramiz qandaydir qattiq jinslar va metallar uyumidan hosil bo'lgan inert massa emas, balki, ulkan hajmli yaxlit tirik organizm bo'lishi mumkinmi?

Lavlok «Margarita olami» nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, Yerdagi tirik organizmlar uyg'unligi natijasida, sayyora bilan qayta aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida «qora» (yorug'likni yutuvchi) va «oq» (yorug'likni akslantiruvchi) «margaritkalar» yashar emish. Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasining turlicha o'zlashtirilishi natijasida, ular orasida raqobat yuzaga kelib, natijada, populyatsiya balansida bu narsa o'z ta'sirini ko'rsatgan va mo'tadil harorat barqaror bo'lishi uchun, ular muayyan o'sish templariga rioya qilishga majbur bo'lishgan emish.

Yangilаndi: 20.01.2025 16:39
 


Maqolaning 11 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134866

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!