Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Qog'ozni buklash haqidagi masala

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Qog'ozni buklash haqidagi masala

Tarixda bir odil podshoh zamonasida bir odam devorga ignani sanchib qo'yib, ipni esa o'n qadam naridan otib ignaning teshigidan o'tkazib yuborar darajada mahorat kasb qilgan ekan. Shu darajada bu ishni puxta o'zlashtiribdiki, oxiri avval ignani otib, keyin esa ipni otib, har ikkalasi havodaligida ignadan ipni o'tkazib yuborar ekan. U o'zidan boshqa hech kim uddalay olmaydigan bu qilig'ini namoyish qilish va podshohni qoyil qoldirib, undan in'om olish uchun saroyga boribdi. Podshohga o'z mahoratini ko'rsatib, saroydagi hammani hayron qoldiribdi. Lekin, podshoh bu jarayondan unchalik ham ta'sirlanmabdi va oxirida a'yonlariga shunday buyuribdi: -"Bu odamga o'n tilla berib, yana o'n darra urib kuzatib qo'yinglar!"

Haligi odam hayronmish. Nimaga endi, o'n tilla in'omdan tashqari, yana o'n darra kaltaklanishi ham kerak? Hamma bu gapning hikmatini bilish uchun podshohga yuzlanibdi. Shunda odil podshoh, o'zidan izoh kutayotganlarga qarab:

-"Bu odam ignadan ipni otib o'tkazadigan mahorat kasb qilibdi. Hech kim qilolmaydigan bu ishni uddalagani uchun unga o'n tilla mukofot berdim, biroq, hech kimga foydasi bo'lmaydigan, bo'lmag'ur ahmoqona ishni o'rganishga va uddalashga umrini sarflagani uchun o'n darra urdirdim, toki boshqalarga ham ibrat bo'lsin!" - degan ekan.

Ushbu hikoyani keltirishdan maqsad, 2001-yilda butun dunyo matematika jurnallarida shov-shuv bo'lgan bir voqeaga nisbat bermoqchiman. o'shanda, matematika jurnallari xuddi qandaydir buyuk bir ilmiy kashfiyot haqida yozgandek bong urishgandi. Lekin oradan mana 15 yil o'tib, bu haqida deyarli endi hech kim eslamayapti.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:26
 

Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси

 

Mualliflar: Voronina, N.F. Shibenko

Tematik yo'nalishi: Elektrotexnika, xavfsizlik texnikasi

Tarixi: Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti, 1983 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O'zbek tili kirill alifbosida.

Hajmi: 22 mb

Yangilаndi: 10.02.2025 15:13
 

Koinotning qurilish ashyosi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 30
Juda yomon!A'lo! 

Koinotning qurilish ashyosi

Kitobda kimyoviy elementlarning tasniflanish tizimi va ularning xossalari haqida qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Muallif muayyan kimyoviy element haqida so'z yuritarkan, uning turmushda va texnikada ishlatilishi, fizik va kimyoviy xossalari va hatto sanoatda va san'atda qo'llanishi borasida mukammal ifodali so'z yuritadi. Matn davomida, davriy jadvaldagi har bir elementga alohida-alohida to'xtalib, shu bilan birga, elementlarni inson hayoti, texnika va ilm-fan uchun ahamiyatiga qarab, guruhlarga taqsimlagan holda ko'rib chiqiladi. Bu orqali, nafaqat bizning galaktikamiz, balki, butun Koinotning qurilish materiali hisoblanadigan kimyoviy elementlar haqida kitobxonga sodda, tushunarli va ommabop tilda ma'lumot yetkazishga harakat qilingan.

Kitob uzoq 1974-yilda nashrdan chiqqani va o'tgan 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda, xususan, kimyoda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo'lganini e'tiborga olib, mavzular zamonaviy kimyo ilmi yutuqlari asosida tarjimon tomonidan baholi qudrat to'ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.01.2025 13:50
 

Quyosh o'rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko'ramiz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 42
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh o'rnida boshqa yulduzlarni tasavvur qilib ko'ramiz

Rossiyaning Aerokosmik tadqiqotlar markazi - Roskomos qiziq bir infografikani havola etdi. Unda, agar bizning yulduzimiz - Quyosh o'rnida boshqa yulduz bo'lganida, u Yerdan qanday ko'rinardi? - degan savol qo'yilgan va musavvir fantaziyasiga ko'ra chizilgan tasvirlar orqali Quyosh o'rnida boshqa yulduzlar bo'lganda qanday ko'rinishi namoyish qilib berilgan. Ushbu infografikani saytimiz o'quvchilariga ham ilindik. Marhamat, tanishing:

Yangilаndi: 22.01.2025 11:49
 

Gaz niqobi - protivogaz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 62
Juda yomon!A'lo! 

Gaz niqobi - protivogaz

Protivogaz - nafas olish organlarini, ko'z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.

Protivogazlarning ikki turi, ya'ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.

Filtrlovchi protivogazlar odamni o'zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o'z nomiga ko'ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o'tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o'sha muhitning o'zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo'lmaydi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:22
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 109 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 13399662

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov