Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 52
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 117-element ochilgani rasman tasdiqlandi

Germaniyaning Darmshtadt ilm-fan shaharchasida faoliyat olib borayotgan xalqaro fizik-yadroshunos olimlar guruhi, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvali tartibi bo'yicha 117-elementni sintez qilishga muvaffaq bo'lishdi. Bu haqda, 1-may kuni, Phys.Rev.Lett. jurnalida e'lon qilingan.

Bungacha, ushbu elementni 2009 va 2010-yillarda Rossiya Federatsiyasining Dubna ilm-fan shaharchasidagi Yadro tadqiqotlari Birlashgan institutining kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasida ikki marta sintez qilingan edi.

Yangilаndi: 28.01.2025 16:29
 

NBYGJZ YBCBS

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

NBYGJZ YBCBS

(ZPYWE LSJQUPHSBGJZB IBRJEB)

PSCJUBOWRUBWA TBZUJEBHJ WTICW NBRPMB PSRBMJ TJAMBS WDIWO LSJQUPHSBGJZB, ZB'OJ NBYGJZ YBCBS BMNBTIJOJTI UFYOJLBTJ IBRJEB NB'MWNPU CFSJTIOJ NBRTBE RJMHBO FEJL.

Yuqoridagi ikki satr g'alati yozuvlar nimani anglatishini tushunolmay xunob bo'lmayapsizmi ishqilib? Albatta kimlardadir bu borada ma'lum tushunchalar bordir; lekin saytimizning ko'plab o'quvchilari uchun yuqoridagi so'zlar g'alati va tushunarsiz tuyulishi tabiiy. Boshingizni qotirmay, maqsadga ko'cha qolay: ushbu maqola kriptografiya, ya'ni, kodlash orqali maxfiy xat-xabar almashinish haqida. Mazkur yozuvlarning mazmuni bilan maqola so'ngida tanishishingiz mumkin. Qiziq bo'ladi degan umiddaman.

Agar XX-asr boshlarigacha ham, kriptologiyaning ahamiyati, diplomatik qutqular belgisi yoki, sarguzasht roman yozuvchilarining kitobxonni jalb qilish vositasi sifatida qaralgan bo'lsa, asr o'rtalari va yakuniga kelib u jahondagi deyarli har bir kishi uchun kundalik foydalanadigan oddiy maishiy yumushlar tarkibiga singib ketdi. Shuningdek kriptologiyaning ilmiy, ayniqsa matematik tashkil qiluvchi asosining murakkablik darajasi ortdi.

Xat-xabarni shifrlash va shifrdan yechish anchayin murakkab ish; uning uchun huddi shoxmotchilarniki singari kuchli mantiqiy va aqliy salohiyat talab etiladi.

Yangilаndi: 14.04.2025 09:41
 

Litosfera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Litosfera

Yerning ichki tuzilishi

Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo'lib o'rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.

Yer qobig'i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog'li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o'zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig'ini o'rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog' jinslari harorati o'rtacha har 33 metrda 1 °C ga ko'tariladi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:25
 

Metamateriallar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Metamateriallar

Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi uchun, roman sahifalaridan real hayotga ko'chib o'tish imkoni paydo bo'ldi. Bu haqida Science va Nature ilmiy jurnallaridagi duet-maqolalar xabar bermoqda.

Ko'rinmas odam filmini ko'pchiligimiz ko'rganmiz. Ko'rinmas uchar texnika va yoki dengizda kemalarni ko'rinmas qilib qo'yadigan vositalar borligi haqida ham hayrat aralash eshitganimiz bor. Lekin narsalarni haqiqatan ham ko'rinmas qilib qo'yish mumkinmi? Hozirgi zamon fizikasi uchun bu vazifa g'oyat murakkab ishdir. Lekin qanchalik ajabtovur bo'lmasin, buyumlarni ko'rinmas qilib qo'ya oladigan texnik vositalarni ishlab chiqish borasida olimlarda allaqachon muayyan yutuqlar mavjud. Xususan, hozirda jahonning yetakchi ilmiy dargohlarida, jism sirtiga kelib tushayotgan elektromagnit to'lqinlarni, shu jumladan odam ko'zi ko'radigan yorug'lik nurlarining akslanish, sinish va qaytish jarayonlarini boshqarishni ko'zda tutuvchi usullar ustida ish olib borilmoqda. Ushbu muddao yo'lida olimlarga eng yaqin dastyor vosita bo'ladigan material sifatida esa fanda metamateriallar deb nomlanadigan, qator g'ayrioddiy xossalarga ega bo'lgan sun'iy moddalardan foydalanish ko'zda tutilgan. Metamateriallarning eng mayda miqyosda strukturasi elektromagnit to'lqinlarni anchayin g'ayrioddiy usul bilan boshqarish imkonini beradi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:16
 

Kislorod

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Kislorod

Kislorod - Yer sayyorasi atmosferasida tarqalganligi bo'yicha ikkinchi kimyoviy element (azotdan so'ng) . U barcha tirik organizmlar uchun goyat muhim va zaruriy element hisoblanadi. Kislorod boshqa elementlar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi va turli moddalar tarkibida asosiy o'rin tutuvchi hisoblanadi.

Kislorod - Mendeleev davri jadvalining 16 guruhiga tegishli bo'lib, lotincha Oxygen so'zidan O ramziy ifodasi bilan belgilangan. Atom raqami - 8. Har bir atomida sakiztadan protonlar mavjud bo'ladi. Shuningdek kislorod yadrosida sakkiztadan neytronlar bo'ladi.

Yangilаndi: 10.02.2025 07:47
 


Maqolaning 100 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134904

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov