Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari

Ko'plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko'pchilikning ko'z o'ngida avvalo o'sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o'ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko'plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to'ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo'shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o'rin berilgan.
Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz.
Yangilаndi: 06.02.2025 07:47
Buyrak dializi
Â
Buyrak hastaliklari bilan og‘rigan bemorlar, maxsus tibbiy apparat - gemodializator va uning ixtirochilaridan o‘ta minnatdor bo‘ladilar. Bu uskunaning vazifasi inson buyraklari bajarishi lozim bo‘lgan ish - qondan siydik va boshqa moddalarni ajratib olishdir. Undan buyrak faoliyatini tiklash muolajalari yoki, bemorga buyrak transplantatsiyasi amaliyotini qilish operatsiyasigacha bo‘lgan davrda foydalaniladi.
Yaratgan hech kimning boshiga kasallik va dard solmasin. Taasufki, issiq jon, hech kasalliklardan mutloq himoyalngan emas... ba'zan insonning eng muhim ichki a'zolari, masalan, yurak, buyrak kabilar, ma'lum hastaliklar yoki surunkali zararli odatlar natijasida, o‘z ish faoliyatidan chetlashib, tabiiy funksional vazifasini bajara olmay qoladi. Bunday holatda organ, uning faoliyatini quvvatlovchi apparatga muhtoj bo‘ladi. Shunday apparatlardan biri - buyrak yetishmovchiligi bilan jabr chekayotgan bemorlarga yordam beruvchi gemodializ apparatidir. Uni sun'iy buyrak deb atash mumkin va u ham xuddi tabiiy vazifadoshidek, qon tarkibidagi toksik moddalarni ajratib chiqarib tashlaydi. Buyrak transplantatsiyasiga buyurilgan bemorlar, operatsiya qilingunigacha gemodializator apparatiga ulab qo‘yiladi.
Yangilаndi: 19.03.2018 08:15
|
Kvant elektrodinamikasi
Tabiat hodisalarini bayon qiluvchi fizik nazariyalar ichida shubhasiz eng aniq va mukammal nazariyalardan biri bu - kvant elektrodinamikasi sanaladi. Xususan, kvant elektrodinamikasi yordamida fiziklar, fotonlar - yorug'likni tashkil qiluvchi eng kichik birliklar ekanligini tasdiqlashga muvaffaq bo'lishdi hamda ularning zaryadlangan zarralar bilan qanday o'zaro ta'sirlashishini tasvirlab beruvchi ixcham va ajoyib matematik modelni barpo qilishdi. Ushbu modelga asoslanib esa, XX-asr ikkinchi yarmi fizikasi yanada ulkan qadamlar bilan olg'a ketdi.
Kvant elektrodinamikasining (KED) tamal toshini 1928-yilda ingliz fizigi Pol Dirak qo'ygan. Keyinchalik, 1940-yillar yakunidan boshlab mazkur nazariyani yetuk fiziklar Richard Feynman, Julian Shvinger, hamda, Sin-Itiro Tomonagalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Kvant elektrodinamikasining asosiy mohiyati shundaki, zaryadlangan zarralar (elektronlar) o'zaro ta'sirlashib, fotonlarni yutadi yoki aksincha, chiqaradi. Fotonlar esa, o'z navbatida elektromagnit kuchlarni o'zi bilan tashib yuradi. Shunisi qiziqki, garchi mazkur fotonlar o'zaro ta'sir kuchlarini ta'minlab beruvchi vazifasini bajarsa hamki, haqiqatda esa "ko'rib" bo'lmaydi, chunki ular "virtual" zarralardir. Ularning mavjudligi esa, bilvosita bilinadi: o'zaro ta'sirlashuvchi zarrachalar, fotonlarni yutishi yoki chiqarishida, o'zining yo'nalishini, yoki tezligini o'zgartiradi. Tasavvur uchun murakkab bo'lgan bunday o'zaro ta'sirlarni esa, olim Richard Feynman ishlab chiqqan to'lqinli "Feynman diagrammalari" vositasida tushuniladi va grafik ko'rinishda ifodalanadi. Ushbu diagrammalarga ko'ra fiziklar muayyan o'zaro ta'sirlar uchun ehtimollik ko'rsatkichlarini hisoblab chiqadilar.
Yangilаndi: 11.02.2025 07:39
Uilyam Garvey
Katta va kichik qon aylanish doirasi
(1578-1657)
Hozirgi kunda oddiy maktab o'quvchisidan tortib, deyarli barcha savodli kishilar uchun kundek ravshan bo'lgan, juda sodda tushuntiriladigan shunday ilmiy haqiqatlar borki, ularni qachonlardir odamlar umuman bilishmagani, odamlardan ba'zilari, ya'ni olimlar bu haqiqatni ochib, hattoki isbotlab berishganida ham u haqida ko'pchilik doimiy shubhada bo'lganini tasavvur qilish mushkul. Shunday yaqqol ilmiy haqiqatlardan biri - tirik organizmlardagi katta qon aylanish tizimi haqidagi haqiqat ayniqsa qiyinchilik paydo bo'lgan va odamlar tomonidan qabul qilinishi ham g'oyat mushkul kechgan.
Deyarli bir yarim ming yil davomida Galen shaxsi va uning ta'limoti butun tibbiyotda katta hukmronlik qildi. Unga ko'ra, odamlar arterial va venoz qonlari - mohiyatan umuman boshqa-boshqa suyuqliklar bo'lib, ulardan birinchisi tanaga harakat va issiqlik, ikkinchisi esa, ozuqa moddalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi degan yanglish tushunchada edilar. Boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin emas edi. Chunki bu fikrga qarshi fikrni ilgari surgan yoki, unga nisbatan shubhali va yangicha g'oyalarni o'rtaga tashlagan har qanday kishi, xoh u olim, xoh oddiy tabib bo'lsin - o'ta jiddiy jazolanar edi. Galen ta'limoti ortida butun boshli nasroniy cherkovi turardi va o'rta asrlar sharoitida bu ko'pchilik ilg'or fikrli kishilar uchun hayot-mamot masalasiga aylanardi. Masalan, 1533-yilda Ispaniyalik tabib Migel Servet cherkov ruhoniylari tomonidan dahriy deb e'lon qilindi. Sababi u o'zi yozgan tibbiyotga oid risolasida, o'zi kashf etgan kichik qon aylanish tizimi haqida bir necha sahifalik tafsilotlarni bayon qilgan edi. Oqibatda cherkov uni omma ko'z o'ngida "xudo yuz o'girgan" dahriy sifatida, o'zining "bid'atchi" kitobi bilan birgalikda gulxanda yondirildi. Faqat tasodif tufayligina Servet yozgan risolaning uch nusxasi Jenevada saqlanib qolgan edi. Umuman olganda, qon aylanish tizimini tadqiq qilgan ilk olimlar xuddi Migel Servet singari, tom ma'noda cherkovning xurofot va johiliyat alangasida qovurilib chiqishga majbur bo'lishgan. Ular ko'p emas - Migel Servetdan tashqari, Bolonyalik Karlo Ruini, Pizalik Andrea Chezalpino hamda Angliyalik Vilyam Garveylar tirik organizmlarda qon aylanishi tizimlarini ilmiy tekshirgan ilk olimlar hisoblanishadi. Aynan Uilyam Garvey - bu masalada oxirgi nuqtani qo'ygan bo'lib, uning xizmatlari, tibbiyotning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:05
|