Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

 

-Aytingchi, suvda atom bormi?

-Ie, domlajon, suvda atom nima qilsin. Axir atom - Bombaku!

Mashhur kinofilmdagi, mashhur qanotli ibora. Lo'ttiboz talabaning domlaga qilgan nag'masida uning modda tuzilishi haqidagi tasavvuri qanchalik yuzaki ekanligi namoyon bo'lgan. Biroq u nazarda tutgan narsa - atom bombasi esa, insoniyat o'ylab topgan va yasagan eng dahshatli, eng vayronkor va eng xavfli ommaviy qirg'in qurolidir. Bu haqda sevimli shoirimiz Erkin Vohidov ham kuyunib:

Atomni ijod etib,

dahshat balo bunyod etib,

oqibatni yot etib,

hayron o'zing...

deb yozgan edilar.

Haqiqatan ham, atom bombasi - yadroviy parchalanish natijasidagi reaksiya zanjiriga asoslangan katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan xarakterli bo'lgan, ommaviy qirg'in vositasi bo'lib, uning qo'llanilishi tufayli bus butun shaharlar vayron, yuz minglab insonlar qurbon bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada atom bombasi va uning "otasi" - yadroshunos olim Robert Oppengeymer haqida fikr almashamiz. Va maqolamiz davomida, ushbu dahshat qurolining yasalishi borasida ba'zi bir jihatlarda, butun bashariyatni Xudo saqlagani haqidagi muhim tarixiy faktlarni bilib olasiz...

Yangilаndi: 10.02.2025 16:05
 

Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 24
Juda yomon!A'lo! 

Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi

Elektronlar atomlarda ma'lum qatlamlar - qobiqlar bo‘ylab taqsimlanadi va bu qobiqlar K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bu qobiqlar mos ravishda, asosiy kvant soni n=1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ga muofiqlikni ta'minlaydi. Yadroga eng yaqin qobiq bu - K qobig'i. Har bir qobiqdagi elektronlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdori 2n2 ifoda orqali aniqlanadi. Shu tarzda, biq kvantli qobiqda, (eng kichik radiusli qobiq - K da) ikkitadan ko‘p elektronlar bo‘lishi mumkin emas, ikkinchi, ikki kvantli qobiqda (L-qobiqda) 8 tadan ko‘p, M, N, O, hamda P, qobiqlarda esa mos ravishda 18, 32, 50, 72, va 98 tadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas

Yangilаndi: 04.01.2019 12:13
 

Inert gazlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Inert gazlar

1962-yilda kimyoga bag'ishlangan ilmiy jurnallarda ilk bora XePtF6, XeF2, XeF4, XeF6 kabi yangi kimyoviy birikmalar formulalari paydo bo'ldi. Bu ktilmagan hodisa bo'lib, sababi hali hech kim shu choqqacha inert gazlarning birorta ham kimyoviy birikmalarini ololmagan edi. Davriy jadvalning o'ng tomonida jolashgan geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon kimyoviy elementlari to'plami inert gazlar deyiladi.

Inert gazlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishishi ularning tarixidagi ikkinchi kutilmagan hodisa bo'ldi. Birinchi kutilmagan hodisa esa 1894-yildan 1898-yilgacha, ya'ni ushbu elemetlarning kashf etilishi davrida yuz bergan edi. o'sha vaqtdayoq atmosferaning tarkibi yaxshi o'rganilgan deb hisoblanardi va unda elementar tabiatning yana noma'lum gazlari borligi hech kimning hayoliga kelmagan edi.

Yangilаndi: 09.10.2026 13:37
 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

Bernxard Rimanning ishlari, XIX asr aniq va tabiiy fanlar sohasidagi eng buyuk ilmiy yutuqlar sirasiga kiradi. Uning ilmiy ishlari bayonini, kichik bir kitobchaga joylashtirish mumkin, biroq, ularning mazmun mohiyati, o'z vaqtida ham, hozirda ham haqiqiy ilmiy hayratlarga sabab bo'lib kelmoqda. Riman XIX asr ilm fani samosining eng yorqin yulduzlaridan biri bo'lgan...

Georg Fridrix Bernxard Riman, 1826-yilning 17-sentyabrida, Germaniyaning Gannover shahri yaqinidagi kichikroq bir qishloqda tavallud topgan. U oilada 4 qiz va 6 farzandning ikkinchisi bo'lib, otasi Napoleon yurishlari qatnashchisi, Lyuteran cherkovi pastori, onasi esa ishlari unchalik yurishmagan advokatning qizi bo'lgan ekan. Ularning oilasi kamtarona hayot kechirgan. Farzandlarni maktabda o'qitish uchun ro'zg'ordan pul orttira olmagan ota-ona, ularga uyda, o'z qaramog'ida ta'lim berishga majbur bo'lishgan. Rimanning arifmetikaga bo'lgan qiziqishi va iste'dodi 6 yoshidayoq yuzaga chiqib, unga bu borada dars berishga otasining bilimlari cheklanib qoladi. Shunda Rimanning otasi, taxminlarga ko'ra, Lyuteran cherkovidagi hamkasblaridan, yoki, doimiy ibodatga keluvchi xudojo'ylardan biri bo'lgan Shults ismli kishi bilan, o'g'lining matematika borasida o'qishi yuzasidan kelishuvga erishadi. Biroq tezkorlik bilan Shultsning ham Rimanga o'rgatadigan narsalari qolmaydi. Shults, iste'dodli o'quvchisining otasiga, o'g'lining qobiliyati o'zinikidan yuksakroq ekani, hamda, uni kuchliroq ustoz qaramog'iga berish lozimligi haqida tan olib qaytarib kelgan ekan. Riman qolgan bilimlarni mustaqil ravishda egallashga majbur bo'lgan. 14 yoshida u o'zi iste'dodi va tirishqoqligi bilan o'rta maktab rahbariyatini qoyilqoldiradi va uni maktabga qabul qilishadi.

Anchayin xudojo'y va Lyuteran e'tiqodiga sodiq bo'lgan otasi, Rimanni ham cherkov xizmatiga kirishni va ilohiyot bilan shug'ullanishini istagan. Biroq, yetishib chiqayotgan yosh iste'dod egasining qo'rs va yopiq xarakteri, bunday rejalarni yuzaga chiqishiga to'sqinlik qilgan. U doimo, ko'pchilik oldida gapirishga va kishilar bilan chiqishib ketishga qiynalgan. Ko'pincha o'z dunyosiga sho'ng'ib ketib, xayolida matematik gipotezalar ustida tinmay fikrlar ekan.

Yangilаndi: 12.02.2025 08:06
 

Gilbert maslalari. O'tkir matematiklar uchun murakkab muammolar.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 86
Juda yomon!A'lo! 

Gilbert maslalari.
O'tkir matematiklar uchun murakkab muammolar

Olmon matematigi David Gilbert tomonidan 1900-yilda e'lon qilingan 23 ta murakkab matematik masaladan iborat ro'yxat, XX-asr matematiklarining bir necha avlodi uchun ilmiy faoliyatdagi eng oliy maqsad o'laroq gavdalangandi.

1900-yilning 8-avgust sanasida Butunjahon matematiklarining II-xalqaro kongressida olmon matematik olimi David Gilbert (1862-1943) "Matematika muammolari" deb nomlanuvchi tarixiy ma'ruzasini o'qib eshittirdi. Mazkur ma'ruzada 23 ta murakkab matematika masalalar ro'yxat tariqasida beyon qilingan bo'lib, ma'ruzachining ta'rifiga ko'ra, matematika fanining keyingi taraqqiyoti ko'p jihatdan ushbu masalalarning yechilishi bilan uzviy bog'liq bo'lishi taxmin qilingan. Gilbert haq bo'lib chiqdi. U o'sha kongressda bayon qilgan ro'yxatdagi murakkab matematik masalalarning yechimiga keyingi bir necha avlod matematiklar uchun eng oliy ilmiy maqsadga aylandi. Hozirda Gilbert masalalarining aksariyati o'z yechimini topgan, lekin ular ichida hanuz olimlarga tinchlik bermayotganlari ham bor.

Gilbertning o'sha mashhur ma'ruzasidan uch yilcha avvalroq boshqa bir nufuzli olim Anri Puankare (1854-1912) Syurix kongressi uchun shunga o'xshash ma'ruza tayyorlagandi. o'z ma'ruzasida Puankare matematik analiz va matematik fizika orasidagi o'zaro uzviylik masalalariga e'tibor qaratgan bo'lib, ularning hal etilishi ya'ni, isbotlanishi matematika va fizikaning keyingi rivoji uchun ulkan qadam bo'lishini ta'kidlagan.

Parij kongressi uchun Gilbertga shunga o'xshash ma'ruza qilish taklifi bilan chiqishganida, olim bu fikrni Puankarega nisbatan behurmatlik bo'lishini aytib rad etgan edi. Lekin, Gilbertning do'sti va salohiyatda undan kam bo'lmagan boshqa bir matematik olim German Minkovskiy, uni bu borada umuman boshqacha yo'l tutish mumkinligiga ishontirdi. Uning maslahatiga ko'ra, Gilbert o'z ma'ruzasida o'sha davrning eng murakkab masalalari sifatida qaralayotgan, hamda, yaqin kelajak matematiklari hal etishi (isbotlashi) lozim deb qaralgan muammolarni o'rtaga tashlashi kerak edi. Shunday qilib, Minkovskiyning maslahati bilan, Gilbert mana yaqin 100 yildan ziyod vaqtdan buyon dunyo matematiklarini aqlini shoshirib kelayotgan 23 ta muhim va murakkab matematik masalalar ro'yxatini e'lon qildi.

Yangilаndi: 29.01.2025 10:02
 


Maqolaning 97 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134963

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)