Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo'llanish sohalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Sun'αy radαoaktαv αzotoplarnαng olαnαsh usullarα va qo'llanαsh sohalarα

Jadvalda sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyot, hamda, fan-texnikaning turli sohalarida keng miqiyosda qo’llaniladigan radioaktiv izotoplarning ishlab chiqarish usullari, olinish reaksiyasi va uning asosiy qo’llanish sohalari haqida ma’lumot keltirilgan.

Uchinchi ustindagi qavs ichidagi birinchi belgi (harf) – bombardimon qilinadigan zarrachani ifodalaydi: p – proton, d – deytron, n – neytron, α – alfa-zarra.

Yangilаndi: 29.01.2025 08:44
 

"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi

Econimic Timesning ma'lumot berishicha NASA tomonidan ochiq koinotga chiqarilgan "Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqqan. Mazkur teleskopning kosmik missiyasidan asosiy ko'zlangan maqsad - Quyosh tizimidan tashqarida, Yer turkumidagi va hayot mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan ekzosayyorlarni qidirib topish hisoblanadi. "Muammo kosmik teleskopning mustaqil ravishda" xavfsiz ish rejimiga o'tganligidan aniqlanib, teleskop avtomatik boshqaruv tizimi algoritmlarida ko'zda tutilgan bunday ish rejimi, odatda uning tashqi konstruktsiyasi yoki harakat mexanizmlarida biror jiddiy muammo kelib chiqsa faollashadi. Nosozlik kutilmagan hol bo'ldi deyish qiyin. Bu kabi vaziyatlar avval ham ro'y bergan edi. Lekin bu safargisi ancha jiddiy bo'lib, "Kepler"ning olamshumul missiyasini so'roq ostiga qo'ymoqda.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
 

π sonining verguldan keyingi 10000 ta raqami

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

π sonining verguldan keyingi 10000 ta raqami

πshloqli

πrogdan

πstali

πtssa afzal deydi

πnhona

πchirlab

πchoqchi usta

πrmat amaki.

 

Aylana diametrining aylana uzunligiga nisbatini ifodalovchi π soni haqida hammaiz maktab kursida ma'lumot olganmiz. U odatda yaxlitlanib, 3.14 tarzida qo'llaniladi va bu kundalik hisob-kitoblar uchun yetarli daraja hisoblanadi. Lekin olimlar orasida π sonining yanada aniq va mukammal qiymatini keltirib chiqarishga bo'lgan urinishlar mana ikki ming yildan ziyod vaqt davomida davom etib kelayotganligi, bu sonning nafaqat matematikada, balki butun ilm-fan sohasida o'ziga xos ahamiyati bor ekanligiga ishoratdir. π sonini aniq hisoblash tarixi haqida yana boshqa bir maqolada bayon qilmoqchimiz. Ushbu post esa, aniqlik ishqibozlari uchun mazkur sonning verguldan keyingi dastlabki 10000 (o'n ming) ta raqamini taqidm etadi. Albatta yuqorida ham aytagnimizdek, π ning odatda verguldan keyingi ikkita raqam bilan belgilangan aniqlik darajasi matematik va geometrik, hatto arxitektura borasidagi hisoblashlar uchun kifoya qiladi. Lekin matematika o'z nomi bilan aniq fan. Aniqlik qancha kuchli bo'lsa, shuncha yaxshi! Ushbu maqola bilan esa, hech bo'lmaganda, oddiy qiziqish uchun tanishib qo'yish zarar qilmaydi degan umiddamiz...

Yangilаndi: 30.01.2025 09:02
 

Eng katta koeffitsiyentlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Eng katta koeffitsiyentlar

Kimyoga oid tenglamalarni ko'rganingingizda albatta ularda qo'llanadigan koeffitsiyentlarga e'tibor bergansiz. Kimyo sohasi mutaxassislari ularsiz deyarli ishlay olishmaydi. Fan o'qituvchilari ham oliygoh va o'rta-maxsus bilim dargohlarida ta'lim olayotgan, bo'lajak kimyogarlardan, kimyoviy tenglamalardagi keoffitseintlarga jiddiy e'tibor qaratishni talab qilishiadi. Bu koeffitsiyentlar nima uchun kerak o'zi? Axir ularni to'g'ri qo'ya olish shunchalik muhimligidan, ba'zan kerakli koeffitsiyentlarni qo'yish anchayin mushkul va vaqt oluvchi mashg'ulotga ham aylanishi mumkin. Kimyo fanini o'qitishga bag'ishlangan horijiy jurnallardan birida (uning asosiy mushtariylari kimyo o'qituvchilari bo'lishgan) mharrir quyidagicha kimyoviy formula uchun mos koeffitsiyentlarni qo'yishni topshiriq sifatida chop etgan va birinchi bo'lib to'g'ri javobni yo'llagan mushtariyga mukofot va'da qilgan:

{Cr[CO(NH2)2]6}4{Cr(CN6)8}+KMnO4+HNO8C2Kr2O7+CO2+KNO8+Mn(NO8)2+H2O

Albatta, ushbu birikma uchun koeffitsiyentlar tanlashning imkoni yo'q deguvchilar ham topiladi. Lekin, yaxshilab urinib ko'rilsa, buni uddalasa bo'ladi.

Yangilаndi: 09.10.2026 13:36
 

Samodagi shaffof chiziqlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Samodagi shaffof chiziqlar

(Ayzek Azimovning shu nomli hikoyasidan tarjima)

O'g'lim ba'zan maktabdoshlari kalaka qilishayotganidan shikoyat qilib qoladi. Chunki amerikaliklarga xos bo'lmagan Azimov familiyasi o'smir yoshidagi bolalar uchun boshqa istalgan narsa kabi ermak obyekti bo'lishi ajablanarli emas. Lekin uning darg'azab ko'zlaridan bilamanki, u o'zini kalaka qilinishiga sabab bo'layotgan ushbu familiyani, boshqa odatiyroq familiyaga, masalan, Smit yoki Braunga almashtirishni ich-ichidan istaydi. Men o'g'limni chin dilimdan tushunaman. Sababi, bir paytlar o'zim ham ushbu familiyam tufayli bir qancha yoqimsiz sarguzashtlarni boshdan kechirishimga to'g'ri kelgan.

Farzandim bilan bu yoqimsiz mavzuda gaplashgan paytlarimda, o'zimga ham harbiy xizmat o'tagan askarlik davrlarim yodimga tushib ketadi. Xizmatda bizni topografik xaritalar bilan ishlashga o'rgatishgan. Bu mashg'ulot, aytaylik, kundalik saf tayyorgarligidan yaxshiroq va yoqimliroq edi. Biz xaritalarni obdon o'rganardik va koordinatalarni aniq belgilashni mashq qilardik. Bu hammasi qiziqarli va yoqimli edi. Lekin, kunlardan bir kun, serjant og'zidan men uchun "mash'um" atama yangradi va mening safdoshlarimga hazil-kalaka uchun gap topildi. o'shanda xizmatdoshlarimdan aksariyati "azimut" degan ilmiy atamani umrida birinchi bor eshitishi edi. "Azimut" so'zini eshitgani hamonoq, safdagilarning deyarli hammasi tirjaygan bashara bilan yarq etib menga qaragan. Ular o'zlari kutmagan holda, men uchun yangi laqabga ega bo'lishgandi.

Men harbiy xizmat oxirigacha safdoshlarimning ba'zan samimiy, ba'zan ahmoqona hazil-huzullariga arang chidadim. Lekin nima ham qila olardim. El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Men xizmatim tugallanib, demobilizatsiya bo'lgunimcha xizmatdoshlarim uchun Ayzek Azimut bo'lib qolaverdim. Eng alam qiladigani esa, meni azumut deb kalaka qilgan har bir askar, o'zini xuddi kuchli yumor hissiga ega, ajoyib hazilkashdek ko'rsatishga urinardi. Men esa vaziyatga bardosh berish uchun, mashhur shoirning "Bu - armiya, janob!"[1] degan iborasini takrorlashdan o'zga chora topolmaganman. Harholda o'sha be'manigarchiliklardan qutulib ketdim.

Yangilаndi: 31.01.2025 10:48
 


Maqolaning 96 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134963

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!