Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Natriy va kaliy: faol elementlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Natriy va kaliy: faol elementlar

1800-yilga kelib kimyogarlar natriy va kaliy elementlarining tabiatda mavjudligi haqida ma'lum nazariy bilimlarni to'plab qo'ygan edilar. Lekin ularni hech bir kimyogar amalda erkin holda olishni uddalay olmayotgan edi.

Umuman olganda natriy va kaliy juda keng tarqalgan elementlar sirasiga kiradi. Yer qobig'ining 2.5% dan biroz ko'proq qismi natriy ulushiga va yana 2.5% dan sal ozroq qismi kaliy xossasiga to'g'ri keladi.

Yangilаndi: 06.02.2025 07:54
 

Ko'zlaringga ishonma" turkumidan: xaritalar bizni qanday aldaydi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

"Ko'zlaringga ishonma" turkumidan:
xaritalar bizni qanday aldaydi?

Turli gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o'yinlaridan holi o'tgan bolaligimizda biz odatda ko'chada, mahalladagi tengqurlar bilan harakatli o'yinlar o'ynab vaqt o'tkazar edik. Ko'chada o'ynash imkonsiz bo'lgan kunlari, qo'shni bolalar bilan uyda to'planib, turli intellektual o'yinlar, masalan, xaritadan biror shahar, yoki mamlakatni topish o'yinini o'ynardik. Bu o'yinlar orqali o'zimiz bilmagan holda dunyoning siyosiy xaritasini ancha yaxshi o'zlashtirib olganmiz. Egallangan bilimlar esa, keyinchalik katta sinflarda, geografiya va tarix darslarida juda asqotgandi. o'shandayoq, dunyodagi eng katta mamlakat - Rossiya, eng kichik qit'a - Avstraliya, eng katta orol esa - Grenlandiya ekanligini yaxshi bilib olganman.

Lekin men keyinchalik bir narsaga e'tibor qaratib qoldim: odatda, xaritalarda Avstraliya qit'asi Grenlandiya orolidan ko'ra kichikroq ko'rinadi (quyidagi xaritaga qarang):

Yangilаndi: 30.01.2025 09:10
 

Kimyo bo'yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kimyo bo'yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti

7-oktyabr sanasida jahon ilm-fan ayvonidagi eng nufuzli mukofot bo'lmish Nobel mukofotining kimyo sohasi bo'yicha 2015-yilgi laureatlari e'lon qilindi. Mukofot qo'mitasining qaroriga muvofiq, kimyo yo'nalishi bo'yicha Nobel Mukofoti-2015 bir-biridan mustaqil ravishda aynan bir xil murakkab ilmiy mavzuda tadqiqot olib borgan va muayyan amaliy natijalarga erishgan uch nomzod orasida teng taqsimlanadigan bo'ldi.

Ulardan birinchisi - biokimyogar olim Tomas Robert Lindal bo'lib, u 28.01.1938 da Stokgolmda tug'ilgan, ya'ni, Nobelning vatandoshi hisoblanadi. Hozirda esa Londondagi "Onkologik tadqiqotlar Imperial fondi"da ilmiy xodim bo'lib faoliyat yuritadi. Asli Shvetsiyalik bo'lishiga qaramasdan, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning mahalliylashtirilgan fuqarosi sanaladi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:44
 

Dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 42
Juda yomon!A'lo! 

Dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama

Ingliz matematigi Yan Styuart o'zining "Noma'lumni izlab: dunyoni o'zgartirgan 17 ta tenglama" nomli asarida (Ian Stewart, "17 equations that changed the world" - London, 2012), ilm-fan tarixidan eng muhim 17 ta matematik tenglamalarning kashf etilishi tarixi va ularning insoniyat uchun keltirgan amaliy ahamiyati haqida so'z yuritadi. Olim shuningdek mazkur tenglamalarning hozirgi kundagi amaliy dolzarbligi haqida ham aniq misollar keltirib o'tadi. Ushbu maqolamizda, Yan Styuart nazdida eng yuksak matematik tenglamalar deb topilgan o'sha 17 tenglama haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Matematika ixlosmandlari uchun qiziq bo'lishi aniq. Demak boshladik:

1. Pifagor teoremasi

Yangilаndi: 29.01.2025 15:33
 

Qop-qora qoralik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Qop-qora qoralik

Qop-qorong'u xonada qora mushukni topish mushkul, ayniqsa, aslida qora mushuk qorong'u xonada yo'q bo'lsa!

Falsafiy bahslarda ishlatiladigan ushbu so'z o'yini odatda ba'zi fiziklarning g'ashini keltiradi. Aslida "qop-qorong'u xona" yoki "qora mushuk" - ko'rib bo'lmaydigan narsalarni ramziy ifodalash uchun unchalik ham omadli o'xshatish emas. Sababi, tabiatdagi barcha narsalar, hatto eng qora ko'mir ham qandaydir miqdordagi yorug'lik nurini akslantiradi. Faqat bizning ko'zimizning bunday akslangan nurlarni ilg'ash xususiyati juda past bo'lgani uchun, ularni ko'ra olmaymiz.

Lekin biz keltirgan ushbu xulosa, fantast yozuvchilarga va orzumand fizik mutaxassislarga xalaqit qila olmaydi. o'zida har qanday yorug'lik nurini yutib qoladigan va o'zidan hech qanday yorug'lik akslantirmaydigan mutlaq qora jism haqida orzu fiziklarning azaliy orzulari sirasiga kiradi. Mutlaq qora jism haqidagi farazlar avvalo mumtoz va zamonaviy fizika chegarasida - Maks Plank izlanishlarida jiddiy ko'rib chiqilgan edi. Uzoq yillar mobaynida mutlaq qora jism aslida tabiatda uchramaydigan, faqat olimlar tasavvuridagi faraziy narsa sifatida qaralgan. Lekin, mutlaq qora jism haqidagi fikrlar, 2008-yilga kelib ancha o'zgara boshladi. Aynan o'sha yili "qop-qora qoralik", "eng qora jism", yoki, "superqora jism" olishga muvaffaq bo'lgan amerikalik olimlar haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur g'ayrioddiy material uglerod nanotrubkalaridan tayyorlangan bo'lib, uning mohiyati, uglerodning bitta atom qalinligida silliqlangan plastinasidan iboratdir. Nazariy jihatdan ta'riflanishicha, mutlaq qora jism o'ziga kelib tushayotgan har qanday to'lqin uzunligidagi nurlarni, ularning tushish burchagidan qat'iy nazar, to'liq o'ziga yutib yuborishi kerak.

Yangilаndi: 25.09.2026 09:36
 


Maqolaning 95 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134963

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!