Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Matematika va navigatsiya: kenglik va uzunlik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Matematika va navigatsiya: kenglik va uzunlik

Deyarli 400 yil mobaynida ochiq dengizda turgan kemaning joylashuvini aniq belgilash vazifasi, ilm-fan va texnika oldidagi eng muhim vazifa o'laroq dolzarb bo'lib kelgan edi. Ushbu muhim vazifa yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, hamda bajarilgan tajribalar oxir oqibatda astronomiya, navigatsiya sohalarining yanada taraqqiy etishiga hamda, dengiz xronometrining ixtiro qilinishiga sabab bo'ldi.

Yer yuzining istalgan qismidagi - xoh quruqlik xoh dengizda bo'lsin, muayyan nuqtaning joylashuvini aniqlash uchun geografik koordinatalardan foydalaniladi. Bunda qaralayotgan nuqta sirt yuzasida joylashganligi sababli, ikkita koordinata yetarli bo'ladi. Bu koordinatalardan birini biz "uzunlik", ikkinchisini esa, "kenglik" deb nomlaymiz. Bu narsani yaxshiroq tushunib olish uchun, biz kemada Atlantika okeanidagi biror meridiandan o'tuvchi P nuqtada turibmiz deb tasavvur qilamiz. Agar biz turgan ushbu P nuqtamiz Yer ekvatoridan shimolda joylashgan bo'lsa, ushbu nuqta joylashgan yerni "shimoliy kenglik" deb ataymiz, agar mazkur nuqta ekvatordan janubda bo'lsa, unda bu joy "janubiy kenglik"da joylashgan bo'ladi. Kenglikni unchalik murakkab bo'lmagan kuzatishlar orqali aniqlash mumkin. Uzunlik esa, "nolinchi meridian" deb nomlanuvchi meridian chizig'i, hamda, berilgan nuqtadan o'tuvchi meridian chiziqlari orasidagi ekvator yoyi bilan aniqlanadi. Nuqta joylashgan uzunlikni, uning nolinchi meridiandan qaysi tarafda joylashganligiga qarab,"g'arbiy uzunlik", "sharqiy uzunlik" deyiladi.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:47
 

Sobiq "irkit o'rdakcha" va hozirda "serviqor oqqush". Titan elementi haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Sobiq "irkit o'rdakcha" va hozirda "serviqor oqqush".

Titan elementi haqida

 

Butun boshli kimyoviy elementlar davriy jadvalida, 22-raqamli element - titanchalik "kamsitilgan" biror bir boshqa elementni topish qiyin. Ilm-fan inqilobi yuz bergan XX asrning o'rtalariga qadar hatto eng kuchli kimyogar mutaxassislar orasida ham titan haqida batafsil ma'lumot biluvchilar juda-juda kam edi. Garchi bu element tabiatda eng keng tarqalgan elementlar sirasiga kirsa ham, uning taqdiri shunday g'alati bo'lgan.

Yer qobig'ining 1/200 qismini aynan titan tashkil etadi (bu foiz hisobida 0.57% demakdir). Sizga bu raqam unchalik katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin hisoblab ko'rsangiz natijadan hayratda qolasiz: har 1 tonna yer qobig'ida 5 kg atrofida titan mavjud. Tabiatda tarqalganligi bo'yicha titan kimyoviy elementlar ichida 10-o'rinda turadi. Qanday qilib kimyogarlar, "burnilarining tagida" bo'lgan shunday ko'p miqdorli elementni uzoq vaqtgacha payqashmagan ekan? Axir taqqoslasak, yer qobig'idagi titan miqdori xlordan uch barobar, fosfordan esa olti barobar ko'p bo'lib chiqmoqda-ku?! (Ushbu elementlar keng tarqalgan elementlar sanaladi - lol). Shuningdek titan, tabiatda mis, qo'rg'oshin, qalay singari metallardan ko'ra 60-300 barobar ko'proq uchraydi. Shunday bo'lsa ham, negadir u o'zini element sifatida kashf etilishini juda uzooooq kutishiga to'g'ri keldi...

Yangilаndi: 10.02.2025 15:57
 

Marsdagi tong...

E-mail Chop etish PDF

Marsdagi tong...

 

Marsni tadqiq qilish maqsadida Arizona Oy va Sayyoralar universiteti laboratoriyasi rahbarligi ostida Ball Aerospace & Technologies firmasi tomonidan loyihalab, «Mars Reconnaissance Orbiter» kosmik apparati bortiga o'rnatilgan «HiRISE» (High Resolution Imaging Science Experiment) yuqori aniqlikdagi fazoviy kamerasi tufayli biz, yaqin qo'shnimiz - Mars sayyorasida tongning qanday otishi, Quyoshning zenitdagi holati, Marsdagi kezib yurgan Marsaxod tadqiqotchi apparatlarini kuzatishimiz mumkin.

 

 

Yangilаndi: 09.03.2018 11:03
 

"Ko'zlaringga ishonma" turkumidan: Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo'l qaysi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

"Ko'zlaringga ishonma" turkumidan:
Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo'l qaysi?

 

Avvalgi maqolada xaritalarning asl voqe'lik bilan nomuvofiqliklari haqida suhbatlashgan edik. Ma'lum bo'ldiki, proyeksiyalashdagi nisbatlarning proporsionalligiga faqat ekvatorda aniq rioya qilinar ekan. Shu sababli, Merkator xaritalarida shimoliy va janubiy qutbga yaqin joylashgan geografik obyektlar, aslidagidan ko'ra kattaroq taassurot uyg'otadigan tarzda ifodalanar ekan.

Lekin, geografik obyektlarning xaritada nomuvofiqliklar bilan ifodalanishi Merkator proyeksiyasidagi yagona g'alati jihat emas. Undan ham qizig'i shuki, geometriya o'qituvchingiz zo'r berib uqtirgan qonunni inkor etgan holda, Merkator xaritalarida ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa to'g'ri chiziq bo'lmaydi! Ha, bu haqiqatan ham shunday. Ishonmayotgan va nima uchun bundayligiga qiziqayotgan bo'lsangiz, ushbu maqolani ham erinmay o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

Yangilаndi: 30.01.2025 09:08
 

Tesserakt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Tesserakt

Bolalarni ham, kattalarni ham birdek o'ziga maftun qila oladigan matematika bo'limlaridan biri - fazoviy o'lchamlarning to'rtinchi yo'nalishini tekshirish bo'lsa kerak. Biz kundalik hayotimizda ko'nikib qolgan uch o'lchovli fazo haqidagi tasavvurlarimizdan farqli o'laroq, to'rt o'lchovli fazoda matematik, geometrik va fizik tushunchalar yanada kengroq ma'no kasb eta boshlaydi. Ilm-fan peshvolaridan tashqari yana dindorlar orasida (nasroniy dinining ayrim oqimlarida) ham to'rtinchi o'lchamlik haqida muayyan qarashlarni uchratish mumkin. Ularning fikricha, emishki, to'rtinchi o'lchamilik fazosi bu - "narigi dunyo" bo'lishi kerakmish. Nima ham derdik, nasroniy dindorlarning fikri o'z yo'liga, lekin bizni to'rtinchi o'lchamning matematik va fizik juhatlari va undan kelib chiquvchi ajoyib xulosalar qiziqtiradi. Xususan, to'rtinchi o'lchamga oid hisoblashlar, fizika fanida bizni o'rab turgan olam, atrof-koinotning mohiyatini tushuntirib berishda foydalaniladigan nazariyalarning uzviy bir qismini tashkil qiladi.

Yangilаndi: 12.02.2025 07:47
 


Maqolaning 94 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134963

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis