Kimyoviy elementlar sonining chegarasi bormi?
"Kimyoviy element" bu - borliqda mavjud bo'lgan va muayyan turkumga mansub bo'lgan barcha atomlardir. o'sha "turkum"ni aniq ta'riflash masalasi, so?nggi uch yuz yil ichida juda ko'p marta qayta ko'rib chiqildi. Aytmoqchimizki, kimyoviy element tushunchasini ta'riflash uchun ilk urinishlardan birini amalga oshirgan va buning uchun qadimgi yunon tilidagi "atom" va "element" so'zlarini qo'llashni ma'qul topgan olim Jon Daltondan boshlab, shu kungacha bu boradagi munozaralar tinayotganicha yo'q. o'rni kelganda aytib o'tmoqchimizki, "element" so'zi qadimgi Yevropa xalqlari tilida shuningdek "betartiblik" ma'nosini ham anglatgan ekan. Tasodifmi yoki - yo'q, bunisi qorong'u, lekin harqalay, kimyoviy element tushunchasining aniq ta'riflash va elementlarni tartiblash masalasida Daltondan keyin ham "element" so'zining o'sha yunoncha ma'nosiga monandlik amalda kuzatildi. Bizga ma'lumki, Mendeleyev Davriy qonunining boshlang'ich ta'rifida kimyoviy elementlarning atom massasi inobatga olinadi va buyuk kimyogar rus olimining fikriga ko'ra aynan shu jihat elementlarning davriylik xossalarini belgilaydi. Lekin davriy qonunning hozirgi umumqabul qilingan zamonaviy talqini, Mendeleyev o'zi ta'riflagan shaklidan ancha farq qiladi. Davriy qonunning zamonaviy ta'rifiga ko'ra, muayyan atomning qaysi elementga tegishli ekanligini belgilaydigan jihat, uning yadrosining zaryadi hisoblanadi (yadroning zaryadi esa undagi protonlar soniga ekvivalent bo'ladi). Masalan, siz ko'rayotgan atomning yadrosida bittagina proton bo'lsa, u doimo vodorodga tegishli bo'ladi.
Yangilаndi: 09.10.2026 13:29
|
Mashhur son haqida eski va yangi gaplar
Muqaddima
Siz ayrim sonlarning "xosiyatli" va ayrimlarining "bexosiyat" ekani haqidagi uzun-quloq uydirmalarni albatta eshitgan bo'lsangiz kerak. Masalan, ayrimlar 7 raqamiga boshqacha (ijobiy) ko'z bilan qarashsa, aksincha 13 ga salbiy yondoshuv bilan boqishadi. Aslida sanoq tizimidagi hech bir son xosiyatli yoki bexosiyat bo'la olmaydi. Sonlarga nisbatan salbiy yoki ijobiy xususiyat nuqtai-nazaridan yondoshish va ulardan qandaydir g'ayritabiiy "xosiyatlar" kutish - bo'lmag'ur irim-sirimdan boshqa narsa emas.
Lekin matematikada shunday son borki, ushbu sonni matematik mutaxassislar va ayniqsa geometriya shinavandalari haqiqatan ham "ardoqlashadi". U haqida ming yillardan buyon butun boshli jild-jild kitoblar bitilgan. Ushbu son riyoziyot va handasa ilmining eng o'tkir zehnli olimlarini-yu, qiziquvchan talabalarini hali hanuz o'ziga maftun etib kelmoqda. Hatto bu son haqida Gollivudda kinofilm ham ishlangan! Ha mayli, gapni cho'zmaylik. So'z - π soni haqida bormoqda. Keling, ushbu maqolamizda biz ham mazkur ajoyib va qiziqarli sonning o'ziga xos jihatlari haqida fikr almashinamiz.
Yangilаndi: 20.02.2025 10:44
21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!
Bugun 21-iyul - Insoniyatning tarixda ilk bora yerdan tashqaridagi osmon jismi - Oyga qadam bosgan kuni. 1969- yilning aynan shu kuni, 20:17:39 (UTC) da AQSHning Apollon-11 fazoviy kemasida astronavtlar Nil Armstrong hamda Edvin Oldrindan iborat ekipaj, oy modulini, tabiiy yo'ldoshning g'arbiy qismidagi "Sokinlik dengizi" hududida qo'ndirishga muvaffaq bo'lishdi. Astronavtlar oy sirtida 21 soat 36 daqiqa df 21 soniya vaqt davomida bo'lib, u joyga ilmiy tadqiqot asbob uskunalari hamda AQSH bayrog'ini o'rnatish ishlarini amalga oshirdilar. Oyga dastlabki qadamni qo'ygan inson bu - Nil Armstrong edi. Ushbu tarixiy hodisa 21-iyul 02:56:15 UTCda amalga oshdi. 15 daqiqadan so'ng oy yuzasiga ikkinchi astronavt Edvin Oldin ham qadam bosdi. Ular 21,55 kg oy tuprog'idan namuna olib fazoviy stantsiyaga qaytish uchun tayyorlana boshladilar. Bu vaqtda fazoviy kemaning uchuvchisi Maykl Kollins ularni oy orbitasida kutib turdi. Mazkur tarixiy voqea insoniyatning ilm fan va texnika borasidagi eng buyuk muvvafaqiyatlaridan biri sifatida tarixning oltin sahifalaridan joy oldi. ta'kidlash joizki, mazkur fazoviy dastur alsilda ilmiy mohiyatdan ko'ra siyosiy mafkuraviy maqsadlarni ko'proq ko'zlagan edi. Chunki, koinotga ilk parvozni amalga oshirga inson - Yuriy Gagarinning va sobiq ittifoqning muvaffaqiyatlari, kosmik tadqiqotlar borasida AQShni o'ziga xos "poyga"da ortda qoldirayotgan edi. Shu tufayli mazkur dastur, Apollon-11 va oyga qadam g'oyasi, prezident Kennedi tomonidan "milliy maqsad" sifatida e'tirof etilgan. Astronavtlar yerga qaytgach, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan. Quyida ular oy sirtidan olib kelgan fotosuratlardan naminalarni havola etamiz.
Yangilаndi: 05.02.2025 11:38
|
Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?
Agar qadimgilar o'ylaganidek, Yer - uchta fil va xo'kiz ko'tarib turadigan yassi shakldagi makon bo'lganida, xaritashunoslarning ishi birmuncha yengil bo'lardi. Biroq Yer faqat "lokal" yassi bo'lib, uning faqat kichik-kichik qismlarinigina xaritaga tushirish, ya'ni, tekislikka proyeksiyalash oson xolos. Lekin, katta hududlar, mamlakat va mintaqalar, qit'a va materiklar xaritasini proyeksiyalashda xaritashunoslar turli xil ilmiy yondoshuvlar bilan asoslangan xaritalarni tuzishga majburdirlar va bunda shunchaki Yer sirti topologiyasini qog'ozga tushirish bilan ish bitib qolmaydi. Qadimgi tamaddunlar o'z chegaralarini kengaytirar ekanlar, o'z sarhadlarining imkon qadar aniq xaritalarni yaratishga muttasil urinib kelganlar.
Yangilаndi: 25.09.2026 09:34
Uglerod zanjirlari
Organik birikmalarning xilma xilligi Uglerod atomining boshqa atomlar bilan o‘zaro bog‘lanib, zanjir hosil qila olishi tufaylidir. Bunday zanjirlarning uzunligi hech narsa bilan cheklanmaydi va ular o‘ta murakkab yo‘nalishlarda tarmoqlanishi mumkin.
Eng sodda organik birikmalar faqatgina uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday bog‘lanishga ega moddalar uglevodorodlar deyiladi. Uglevodorodlar juda foydali moddalardir. Ular aralashma holatida neft mahsulotlari va tabiiy gaz tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari uglevodorodlar turli tuman mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy hom-ashyo hisoblanadi.
Yangilаndi: 18.03.2018 12:45
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 93 sahifasi, jami 110 sаhifа |