Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Eng uzoq va eng be'mani fizik tajriba

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 

Eng uzoq va eng be'mani fizik tajriba

Sizningcha, biror ilmiy tajriba qancha muddat davom etishi mumkin? 1 haftami, 1 oymi? Albatta, yillab davom etadigan eksperimentlar haqida ham eshitgansiz. Masalan, biologiyada muayyan turlarning ko'payishi, yoki, seleksiyada, yangi navlar olinishiga qaratilgan tajribalarga, tabiiyki, uzoq yillar ketishi mumkin.

Biroq, aniq fanlarda va xususan, fizikada, odatda bunday uzoq muddatli tajribalar kamdan-kam bo'ladi. Lekin, fizikada bundan naq 93 yil avval boshlangan va yana qariyb bir asr davom etishi kutilayotgan bir g'alati tajriba borki, ushbu maqolada shu haqida to'xtalmoqchimiz. Bu eksperiment haqiqatan ham, eng uzoq davom etayotgan tajriba sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan va shuningdek, eng bo'lmag'ur befoyda tajriba sifatida ham biroz istehzoga olingan.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:50
 

Snelliusning sindirish qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Snelliusning sindirish qonuni

Snellius qonuni nurning (yoki, boshqa to'lqinlarning) bir muhitdan ikkinchisiga o'tishidagi sinishi, yoki, boshqacha aytganda, yo'nalishini o'zgartirishini bayon qiladi. Masalan, yorug'lik nuri havo orqali o'tib kelib, shishaga tushganda, u sinadi va yo'nalishini o'zgartiradi. Nur yo'nalishining o'zgarishi, ushbu muhitdagi to'lqin tezligining farq qilishi bilan bog'liqdir. Siz Snellius qonunini juda oddiy tajriba orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin. Buning uchun, shaffof shisha stakandagi suvga qalamni solib qo'yib, yon tomondan qarasangiz, qalam sizga sinib qolgandek ko'rinadi.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:43
 

Arman Tursunov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Arman Tursunov

Orbita.Uz minbaridagi navbatdagi intervyu yurtimizdan yetishib chiqqan yosh olim - Arman Altayevich Tursunov bilan uyushtirildi.

Astrofizika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh olim Arman Altayevich Tursunov 1991-yilning 22-fevral sanasida Yangiyo'lda tug'ilgan. Hozirda fizika-matematika fanlari doktori. Arman Altayevichning asosiy ilmiy qiziqishlari doirasiga qora tuynuklar, relyatvistik jetlar, o'ta yuqori energiyali kosmik nurlar, astrofizik jarayonlar, elektromagnit maydonlar va torlar nazariyasi singarilar kiradi.

-Arman, suhbatni oilangiz haqida boshlasak? Shuningdek, o'qigan oliygohlaringiz, alma-mater haqida gapirib bering?

-Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahrida, kasbi nazariyotchi fizik va muhandis bo'lgan Altay Tursunov va vrach Tamara Tursunovalar oilasida dunyoga kelganman. Yangiyo'lda o'qiganman, avvaliga 22-maktabda, keyin esa 5-gimnaziya-maktabda (hozirda bu oddiy maktab). Maktabni tamomlab, H.H.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga, fortepiano sinfiga o'qishga kirganman. Ko'p o'tmay, O'zbekistonda fortepiano maktabi juda kuchli ekani va iste'dodli musiqachilar, mendan ham iste'dodlilari juda ko'p ekanini angladim. Ustiga ustak, bizda klassik musiqachi kasbi anchayin qiyin kasb bo'lib, bu borada ko'plab muammolar, xususan, konservatoriyadan keyin munosib ishga joylashish singari masalalar mavjud. Shu kabi «ha» va «yo'q»larni taroziga tortib ko'rib, otam singari fizika bilan shug'ullanishga qaror qildi. Shunday qilib, 2007-yilda O'zbekiston Milliy Universitetining fizika fakultetiga o'qishga kirdim va unda avvaliga, 2011-yilda bakalavr bosqichini, keyin esa, magistraturani (2013) tugalladim.

Yangilаndi: 06.10.2026 09:17
 

Virus

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Virus

XIX-asrning 80-yillarida quturish kasalligi sabablarini tekshirar ekan, Lui Paster, quturishdan o'lgan hayvonlarning umurtqa miyasi kasallik manbai va tarqatuvchisi bo'lishi ehtimolini payqadi. Lekin, u quturishni qo'zg'atuvchi bakteriyalarni topa olmadi. Paster yuqumli kasalliklarni bakteriyalar tomonidan qo'zg'atilishi haqidagi o'z nazariyasini tugallashidan avval, ushbu kuzatishlar uning barcha kasalliklarni mikroorganizmlar tashiydi degan aqidasiga shubha uyg'ota olmagan edi. Xususan, quturish bilan bo'lgan holatda Paster, ushbu yomon xastalik qo'zg'atuvchisini, ya'ni, infeksion agentini ko'rishga shunchaki mikroskopi ojizlik qilmoqda deb ishongan. Va keyinchalik, odatdagidek u haq bo'lib chiqdi.

Yangilаndi: 30.01.2025 08:40
 

Lyumen

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Lyumen

Lyumen - Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ga ko'ra, yorug'lik oqimining birligi hisoblanadi. O'zbekcha belgilanishi lm, (кирилл алифбосида лм), xalqaro belgilanishi ham lm.

Ta'rifida ko'ra:
bir lyumen yorug'lik kuchi 1 kandela bo'lganda 1 steradian fazoviy burchakdagi nuqtaviy manbadan tarqaladigan yorug'lik oqimiga teng bo'ladi:

1 lm = 1 kd × 1 sr = 1 lk × m2

Yangilаndi: 21.01.2025 09:06
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14134824

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)