Platina guruhi metallari

Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh "Platina metallari" deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo'lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan.
Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba'zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo'shimcha (yo'ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo'lgan.
Yangilаndi: 09.10.2026 13:29
|
Pit Xeyn superellipsoidi
1965-yilda Daniyalik olim, ixtirochi va konstruktor Pit Xeyn (1905-1996) turli obyektlar uchun badiiy bezak va interyer elementi sifatida ishlatish maqsadida "supertuxum" yoki, "superellipsoid" ixtiro qildi. Ushbu ellipsoidning o'ziga xosligi shundaki, u har ikki tarafida o'ta barqaror tik tura oladi va ag'anab ketishi amri maholdir.
Superellipsoidning uch o'lchamli shakli |x/a|2,5+|y/b|2,5=1 formula orqali aniqlanadigan superellipsning x o'q atrofida a/b=4/3 bo'yicha aylanishidan hosil qilinadi. Umumiy holatda superellipsoidning tenglamasi (|x|2/a+|y|2/a)a/b+|z|2/a=1 ko'rinishida bo'lib, bunda a va b albatta noldan katta sonlar bo'lishi lozim.
Yangilаndi: 06.02.2025 08:47
Uran

Uran - Quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi, hajmi bo'yicha esa Yupiter va Saturndan keyingi uchinchi sayyoradir. Uran sayyorasini tungi osmonda qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi va shu tufayli uzoq asrlar davomida mazkur sayyora haqida odamlar bilishmagan. Uranni 13-mart, 1781-yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel kashf etdi. Gershelning kashfiyotiga qadar ham Uranni boshqa olimlar ham kuzatishgani ma'lum, lekin ular har safar bu sayyorani oddiy yulduz sifatida qabul qilaverishgan. Masalan, uni 1690-yilda Jon Felmstid 6 marta kuzatib, biroq uni Buzoq yulduz turkumiga mansub 34-yulduz sifatida qayd etadi. 1750-1769 yillar orasida farang astronomi Pyer Sharl le Monyer ham Uranni 12 marta kuzatib, baribir uni yulduz sifatida qabul qiladi. Umuman olganda Gershelgacha bo'lgan vaqtda Uran 21 marta astronomlarning teleskopi obyektivida namoyon bo'lgan. biroq uning quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi sayyora ekanligini aynan Uilyam Gershel hammadan avval fahmladi.
Yangilаndi: 13.02.2025 08:09
|
Atom fabrikalari

Astrofizik Ser Fred Xoyl (1915-2001) 1940-yillar boshida, galaktikalarning tuzilishini tadqiq qilar ekan, bir g'alati faktga e'tibor qaratdi: ma'lum bo'lishicha, og'ir yadroli elementlar eski, "qariya" galaktikalarda ko'proq va aksincha, yangi, nisbatan yosh galaktikalarda kamroq uchrar ekan. Xoyl shunday xulosaga keldi: demak, atomlarning hammasi ham, birdaniga, bir vaqtda paydo bo'lmagan.
Quyosh tizimi massasining 99% dan ziyod qismini Quyoshning o'zi tashkil qiladi. Quyosh esa, asosan vodorod va geliy plazmasidan tashkil topgan. Biroq, mazkur elementlar sayyoralarda, aytaylik, Yerda nisbatan kam tarqalgandir. Sayyoralar tarkibida, nisbatan og'ir va murakkab atomli elementlar ko'proq uchraydi. Xususan, Yerimizda kislorod, uglerod va temir kengroq tarqalgandir. Ushbu elementlar qayerdan kelib qolgan?
Yangilаndi: 29.01.2025 08:46
Indiy
Ushbu 2014-yildagi Kimyogarlar kuni kasb bayrami, an'anaga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning joylashuv tartibiga ko‘ra, 49-element - INDIY nomi ostida nishonlanadi. Chunki, ushbu muhim kasb bayrami, joriy 2014-yilda, ta'sis etilgan 1965-yildan buyon, 49-marta nishonlamoqda. Shu sababli saytimizda, mazkur element haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qildik.
Indiy - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining V-davr, uchinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 49. In (lotincha Indium) ramziy ifodasi bilan belgilanadi. Nomlanishining kelib chiqishi, mazkur elementning yorqin emission ko‘k-havorang (Indigo rangi) spektral chizig‘i tufaylidir. Oddiy modda sifatidagi Indiy - kumushsimon-oqish rangdagi, oson eriydigan, oson ishlov beriladigan, juda yumshoq metall. Kimyoviy xossalariga ko‘ra Alyuminuy va Galliyga, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra esa Ruxga o‘xshashib ketadi.
Yangilаndi: 27.12.2018 13:52
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 90 sahifasi, jami 110 sаhifа |