Asteroidlar

Asteroidlar - juda kichik o'lchamlardagi sayyoralardir. Ular asosan Mars va Yupiter orbitalar orasidagi fazoda harakatlanadilar. Asterodlarning o'lchamlari bir necha yuz kilometrlargacha bo'lishi mumkin. Eng kichik asteroidlarning diametri 1 km atrofida bo'ladi. Asteroidlarda atmosfera mavjud bo'lmaydi.
1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini ochdi. Uranning Quyoshdan uzoqligi Titsius-Bode qonuniyatiga muofiq kelardi. Agar haqiqatan ham Titsius-Bode qonuniyati butun Quyosh tizimida amal qilsa, demak, Mars va Yupiter oralig'ida ham qandaydir sayyora bo'lish zarur edi. Shuni inobatga olib, XVIII-asrning 90-yillarida Frans Ksaver, 24 nafar astronom olimdan iborat ishchi guruh tuzib, Quyoshdan tahminan 2.8 a.b. masofada, ya'ni, Mars va Yupiter oralig'idagi sayyorani qidirish ishlarini olib bordi. Biroq fan tarixidagi dastlabki asteroid - "Serera" tasodifan, 1801-yil, 1-yanvarda, Ksaver ishchi guruhiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan Ilatliyalik astronom Piatssi tomonidan kashf etildi. Bu yangi yuz yillikning birinchi tuni edi. Keyingi uch asteroid, Pallada, Vesta, va Yunona 1801-1807 yillar orasida kashf etildi. Vestadan keyin uzoq vaqt astronomik kuzatuvlar besamar ketib, boshqa asteroid koinotda yo'q degan fikrga ham kelib qolindi. Keyingi, navbatdagi asteriod topilgunicha esa 38 yil vaqt o'tdi. Uni Karl Lyudvig Xenke topdi va "Asteya" deb nomladi. Xenke sal kam 2 yildan so'ng "Gebu" asteroidini ham aniqladi. Shundan so'ng astonomlar yana faol ravishda yangi asteroidlarni qidirishga tushdilar. Shundan so'ng, ya'ni, 1845 yildan boshlab, har yili kamida bitta asteroid kashf etib kelinmoqda. Bu jarayonda faqat 1945 yil istisno bo'lib, mazkur yilda fanda birorta ham yangi asteroid qayd qilinmagan.
Yangilаndi: 05.02.2025 15:29
|
DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi
2015-yilning 6-mart kuni NASAning DAWN koinot kemasi mitti sayyora - Sereraga yetib bordi va uning atrofida aylanish orbitasiga chiqishga muvaffaq bo'ldi. 2015-yilga mo'ljallangan dasturning ilk bandlariga ko'ra, Dawn Serera orbitasida 2015-yilning iyul oyigacga faoliyat ko'rsatishi ko'zda tutilgan. Avvallari fazoga uchrilgan sayyoralaro avtomatik fazo stansiyalaridan faqrli o'laroq, Dawn o'ziga belgilangan vazifalar yuzasidan tashrif buyurishi lozim bo'lgan osmon jismlari - Vesta asteroidi hamda Serera mitti sayyorasini "uchib o'tish" yo'nalishida, ya'ni, yaqinidan uchib o'tayotib o'rgnadigan apparat sanalmaydi. Balki u o'zi yo'nalgan osmon jismi orbitasi atrofida ma'lum muddat aylanib, keyin esa navbatdagi manzil tomon yo'l oladigan fazoviy apparat sanaladi. Xususan u, Sereraga yetib borgunicha, Vesta asteroidi atrofidas deyarli bir yil aylanib, undasn keyingina, aniqrog'i, 2012-yil sentyabrida mitti sayyoraga yo'l olgan edi.
Dawn sayyoralararo apparatining asosiy maqsadi Vesta asteroidi va Serera mitti sayyorasini o'rganishdan iborat bo'lib, bu apparat 2007-yilning 27-sentyabr kuni Kanaveral kosmodromidan Delta-2 7925H raketa eltuvchisi tomonidan uchirilgan edi. Parvoz vaqtidagi massasi 725 kg bo'lgan. o'rganish uchun Vesta va Serera tanlanishining sababi sifatida esa, NASA mutaxassisari tomonidan, bu ikki osmon jismining bir-biriga qarama-qarshi turdagi asteroidlar sinfiga mansubligi bilan izohlashgan edi. Ya'ni, Vesta asteroidi - yaxlit tog' jinsiga o'xshash, suvsiz osmon jismi bo'lsa, Serera esa - taxminan 100 km gacha bo'lgan qalin muz qatlamiga ega bo'lgan va shaklan sfera shakilga yaqin osmon jismi hisoblanadi. Bundan tashqari, Vesta asteroidi Yer sirtiga yetib keladigan meteoritlarning asosiy manbai sanaladi.
Yangilаndi: 31.01.2025 11:01
Kalkulyatorlar haqida ikki og'iz
Kalkulyatorlar matematikani o'rgatmaydi, lekin ayrim hisob-kitoblarni yaxshiroq tushunishda, yoki, hisoblashlarni tezroq bajarishda ko'mak beradi. Ularning ayniqsa katta sonlar bilan ishlashdagi amaliy ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi. Biroq, kalkulyator bilan hisoblash va miyani ishlatib qo'lda hisoblash qo'llaniladigan matematik uslublar o'rtasida katta farq bor...
Aytaylik, bizga 183 sonining 5 darajali ildizini, ya'ni, ni chiqarish kerak. Quyida, ushbu nisbatan sodda matematik amalni ikki xil yo'l bilan hisoblab chiqish usullarini ko'rsatamiz. Birinchisida - maktabda olingan matematik bilimlar asosida, o'qituvchilarimiz aytganidek, "miyani ishlatib", qog'oz va qalam vositasida hisoblaymiz. Ikkinchisida esa, cho'ntak kalkulyatoridan foydalanib, xuddi bozordagi savdogarlar singari hisoblaymiz (lekin bozorda hecham ni hisoblashga to'g'ri kelmasa kerak ).
Yangilаndi: 07.02.2025 13:54
|
Bor - sahro elementi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o'rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas.
Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning ustun bo'yicha qo'shnilarida, xususan alyuminiydan keskin farqlab turuvchi jihati shuki, bor - metall emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo'lib, keyingi suhbatimiz ushbu element haqida bo'ladi.
Yangilаndi: 14.04.2025 15:29
Yashil nur
Ushbu sayt tematikasiga mos maqolalar tayyorlash maqsadida, yaqin ikki yildan buyon faqat ilmiy-ommabop adabiyotlar mutolaasi bilan cheklanayotgan edim. Lekin, o'tgan haftada Jyul Vernning "Yashil nur" kitobi qo'limga tushib qoldi va uni uch kun ichida mutolaa qilib tugatdim (unchalik ham katta kitob emas). Albatta, ushbu asar ham ko'p jihatdan, ilmiy faktlarga badiiy tasvir berish orqali ijodiy bezatilgan. Lekin, qiziqarli bo'lsa-da, biroq, quruq ilmiy faktlar bilan kifoyalanuvchi ilmiy-ommabop asarlardan farqli o'laroq, "Yashil nur" harqalay, voqe'likni yuksak badiiy did bilan bayon qilingan, tasvirlash uslubi ham muallifga xos tarzda juda mukammal bo'lgan ajoyib asar ekan. o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
Yangilаndi: 06.02.2025 10:18
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
|
Maqolaning 88 sahifasi, jami 109 sаhifа |