Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Siyrak yer elementlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Siyrak yer elementlari


Bu nom bilan 15 ta kimyoviy element: lantan (Z=57) va 14 ta lantanoidlar (Ce, Z=58 dan, Lu, Z=71 gacha)ning tarixiy nomidir. Bu elementlar Mendeleev davriy jadvalining oltinchi davrida joylashgan. siyrak yer elementlari jumlasiga yana skandiy (Z=21) va ittriy (Z=39) kiradi. Chunki bu elementlarning ochilishi va o'rganilishi tarixi siyrak yer elementlariningtarixi bilan chambarchas bog'liqdir.
Tabiatda siyrak yer elementlari odatda bir-biri bilan yaqin uchraydi. Hozirda 250 ga yaqin siyrak yer elementlarining minerallari ma'lum bo'lib, ularni mumtoz siyrak elementlarga qo'shib bo'lmaydi.
XIX-asrda va XX-asr boshlarida 100 dan ortiq siyrak yer elementi kashf etilgani e'lon qilindi, ammo, bu kashfiyotlarning ko'pi xato ekanligi aniqlandi. Haqiqatda esa tabiatda qancha siyrak yer elementi mavju ekanlgini hech kim aniq aytib bera olmadi.
Bu ularning birinchi jumboq tomoni edi. Ikkinshisi esa siyrak ter elemntlarining kimyoviy o'xshashligidir. Bitta siyrak yer elementini boshqasidan ajratib olish uchun ko'p minglab turli xil kimoviy operatsiyalarni olib borishga va yillab vaqt sarflashga to'g'ri kelgan. Nima uchun siyrak yer elementlari juda o'xshash? Buni ham hech kim tushuntirib bera olmadi. Nihoyat uchinchi jumboq: birikmalar tarkibida uch valentli bo'ladigan siyrak yer elementlarini kimyoviy elementlarning davriy sistemasida qanday joylashtirish kerak?
Bu savollarga javob topish asosan fiziklarga qoldi, ammo kimyogarlar ham mumkin bo'lgan hamma imkoniyatlardan foydalandilar. Ular siyrak yer elementlarini bir qatorga (atom massalarining ortib borishi tartibida) to'g'ri joylashtirib, bu elementlarning sonini taxminiy aniqladilar.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:51
 

Jozayya Uillard Gibbs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Jozayya Uillard Gibbs

Jozayya Uillard Gibbs (inglizcha Josiah Willard Gibbs) - Amerika fizigi, buyuk fizik-kimyogar, matematik va mexanik. Kimyoviy termodinamika asoschisi, termodinamikaning matematik nazariyasi, vektor tahlillari va statistik fizika fanlarining poydevorini qurgan buyuk olimlardan biri. Uning mazkur sohalarda amalga oshirgan tadqiqotlari va nazariy qarashlari, zamonaviy ilm-fan rivojiga juda katta ta'sir o'tkazgan.

Jozayya Gibbs, 1839-yilning 11-fevral sanasida, Konnektikut shtatining Nyu-Heyven shahrida tug'ilgan. o'rta ta'limni, 15-yoshida, Hopkins maktabida tamomlab, Yel kollejiga o'qishga kirgan va 1858-yilda, mazkur kollejni a'loga tamomlab, eng ilg'or o'quvchilar safida, matematika va lotin tili bo'yicha yutuqlari uchun maxsus mukofotga erishgan. Shundan so'ng u, 1863-yilda Yeldagi Sheffild Ilmiy Maktabida, "Tishli uzatmalar uchun g'ildirak tushlarining shakli haqida" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda yoqlaydi va AQSH tarixida birinchi bo'lib, "Texnika fanlari doktori" ilmiy unvonini qo'lga kiritadi. Keyingi ikki yil davomida u Yel universitetida lotin tili va tabiiy fanlar falsafasi fanlaridan dars beradi. 1866-yilda, ta'limni davom ettirish maqsadida Yevropaga yo'l oladi va avvaliga Parij va Berlinda bir yildan yashab, ta'lim oladi. Keyin esa Geydelbergga ko'chib o'tadi va o'sha yerda mashhur olmon olimlari Kirxgof va Gelmgoltslar bilan tanishadi. o'sha yillarda olmonlar kimyo, fizik-kimyo va termodinamika borasida yetakchi ilmiy salohiyat egalari hisoblanishar edi. Gibbs ular bilan o'z g'oyalari va ilmiy qarashlari borasida fikr almashib, chuqur tajriba orttirishiga erishgan.

Yangilаndi: 18.02.2025 08:23
 

De Broyl nisbati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

De Broyl nisbati

Kvant zarrachasining to'lqin uzunligi uning impulsiga teskari proporsionaldir

Subatom dunyosining eng qiziq jihati shundaki, ushbu olam vakillari bo'lmish elektronlar, fotonlar va shu kabilar biz ko'nikib qolgan makrodunyo obyektlariga mutlaqo o'xshamaydi. Ular o'zini tutishida na to'lqin tabiatini va na zarracha tabiatini namoyon qiladi, balki, vaziyatga ko'ra, ham to'lqin ham korpuskulyar xossalar namoyon qiluvchi tamomila o'zga olamdirlar. Kvant zarrachalari olami deb nomlanuvchi bu mikrodunyo vakillarining yuqoridagi xossalarini kashf qilish va tushunib yetishning o'zi mushkul bo'lgan edi. Ushbu bir-biriga bog'liq, lekin anglash uchun g'oyat murakkab bo'lgan turli fizik xususiyatlarni, ya'ni kvant zarrachalarning ham korpuskulyar va ham to'lqin xossalarini yagona aniq matematik tenglama orqali umumlashtirib ifodalash esa, bundan ham mushkul vazifa o'laroq namoyon bo'lar edi. Aynan shu mujmal va mushkul vazifa de Broyl nisbati orqali oydinlashdi.

Yangilаndi: 31.01.2025 09:07
 

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari

14-iyul kuni Pluton mitti sayyorasiga yetib borgan New Horizons koinot apparati, ushbu mitti sayyora atrofini bir bora to'liq aylanib chiqqach, unga doir eng tiniq va keng ko'lamli fototasvirlarni Yerga uzatdi. Fortepiano o'lchamidagi ushbu koinot apparati, Pluton va uning 5 nafar tabiiy yo'ldoshlarini tadqiq qilish maqsadini ko'zlab, to'qqiz yil mobaynida 48280320 kilometr (3 milliard mil) masofani bosib o'tishiga to'g'ri keldi.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:12
 

Ajoyib geometrik obyektlar - egri chiziqlar haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Ajoyib geometrik obyektlar - egri chiziqlar haqida

Egri chiziqlar matematiklarni qadim davrlardanoq qiziqtirib keladi. To'laligicha egri chiziqli obyektlarga bag'ishlangan va ularni o'rganish tarixi haqida hikoya qiladigan kattagina tarixiy kitob yozish ham mumkin. Biroq egri chiziqning o'zi nima? Unga qanday ta'rif berish mumkin?

Mashhur nemis matematigi Feliks Klyayn kunlardan bir kun achchiqlanish bilan xitob qilib: "Egri chiziqqa ta'rif berishdan ham mujmal narsa yo'q!" - degan edi. Klyayn achchiqlanganicha bor. Bir qarashda juda sodda ko'rinadigan shunchaki egri chiziq tushunchasi eng kuchli matematiklar uchun ham biroz murakkab tushunchalar qatoriga kiradi. Shunga qaramay, egri chiziqlarning matematikadagi, ayniqsa texnikadagi muhim ahamiyatini inobatga olsak, ularni o'rganish bejizga ilm-fan oldidagi dolzarb masalalar sirasiga kirmasligini anglab yetamiz. Quyida ushbu murakkab geometrik obyektga imkon qadar sodda ta'riflar keltirishga harakat qilamiz.

Yangilаndi: 20.02.2025 10:41
 


Maqolaning 87 sahifasi, jami 110 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14135083

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis